1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi


Download 3.09 Mb.
bet36/108
Sana15.11.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1776812
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   108
Bog'liq
xorijiy investitsiya maruza (2)

4.1-jadval


2000, 2005, 2010 − 2017 yillarda O’zbekiston Respublikasida jami asosiy kapitalga yo’naltirilgan investitsiyalar va yalpi ichki mahsulot o’zgarish dinamikasi, milliard so’mda

Yillar


Yalpi ichki mahsulot

Asosiy kapitalga yo’naltirilgan investitsiyalar

Mlrd so’mda.

O’tgan yilga nisbatan % da

Mlrd so’mda.

O’tgan yilga nisbatan % da

2000

3255,6

103,8

744,5

101,0

2005

15923,4

107,0

3165,2

105,7

2010

62388,3

108,5

15338,7

108,7

2011

78764,2

108,3

17953,4

103,8

2012

97929,3

108,2

22797,3

112,7

2013

118986,9

108,0

28694,6

112,1

2014

144867,9

108,1

33715,3

109,6

2015

171369,0

108,0

41670,5

109,6

2016

199325,1

107,8

49770,6

107,7

2017

249136,4

105,3

60719,2

107,1

Hisob-kitoblar shuni ko’rsatadiki, O'zbekistonda yalpi ichki mahsulot 2000 yildagi 3,2556 trillion so’mdan 2017 yilga kelib 249,1364 trillion somgacha, ya’ni 76,5 martaga ortganligini guvohi bo’lib turibmiz. Shu davr mobaynida, investitsiyalar hajmi 81,35 barobar ortganligini ko’rish mumkin.


Bu iqtisodiyotga investitsiyalar jalb qilish orqali yalpi ichki mahsulot o'sishiga ishora bo'lsa-da, lekin biz iqtisodiy islohotlarni va iqtisodiy erkinlashtirish dasturi ijrosini chuqurlashtirish sharoitida mamlakatning iqtisodiy o'sishini ta’minlash uchun investitsiya hajmining barcha turini doimiy o'sishini ta'minlash muhim ahamiyatga ega ekanligini qayd etish lozim.
Quyidagi jadvalda (4.2-jadval) 2000, 2005, 2010-2016 yillar uchun MDH ning ba’zi davlatlari bilan O’zbekistonning yalpi ichki mahsulotning o’zgarish dinamikasi qiyosiy xususiyatlari keltirilgan, 2010-2015 yillar davomida O'zbekistonda yalpi ichki mahsulot o'sish sur'atiga ega bo’lib, 2016 yilga kelib pasayish tendensiyasiga ega bo’lgan.
Jadvalda ko'rinib turganidek, Rossiyada YaIM o'sish sur'atlari 2000 yildan 2015 yilga nisbatan mos ravishda 110,0% dan 98,8% gacha pasaygan. Qo'shni Qozog’istonda YaIM o'sish sur'ati 2000 yilda 109,8% dan 2016 yilda 99,2% gacha kamayadi.


4.2-jadval.
Yalpi ichki mahsulotning o’zgarish dinamikasi (2000, 2005, 2010-2016 yillar uchun) foizda



Mamlakatlar

YaIM ning yillar bo’yicha o’zgarishi

2000

2005

2010

2011

2012

2013

2014

2015

2016

O’zbekiston

103,8

107,0

108,5

108,3

108,2

108,0

108,1

108,0

106,0

Qirg’iziston

105,4

99,8

99,5

106,0

99,9

110,5

104,1

103,5

103,2

Qozog’iston

109,8

109,7

107,3

107,5

105,0

106,0

104,3

101,2

99,2

Rossiya

110,0

106,4

104,5

104,3

103,4

101,3

100,6

96,3

98,8

Qirg'iziston Respublikasida YaIM ni yaratish borasida Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari kabi keyingi o'n yil mobaynida deyarli o'zgarishlar yuz bermadi, 2000 yilda erishilgan yalpi ichki mahsulot 105,4 % bo’lgan bo’lsa, 2016 yilda ozroq o’zgarish bo’lib, 102,2% ga teng bo’lgan. 2011 yilda erishilgan o'sish 106,0% ga qisqartirildi va faqatgina 2013 yilda yalpi ichki mahsulotning o'sish sur'ati 110,5% gacha o'sdi, 2016 yilda bu ko'rsatkich 102,2 foizni tashkil etdi.
Yanada ko’proq e'tiborga loyiq tomoni shundaki, asosiy o’zgarishlar xususiy sector tomonidan sanoat va qishloq xo’jaligiga keng qamrovli dastur asosida investitsiyalar yo'naltirilgan bolib, bunda faqat ayrim korxonalarga yo’naltirilgan “nuqtaviy” yondashuv emas, balki respublika miqyosida shakllantirilgan va yangi strategiyani amalga oshirish uchun mo’ljallangan investitsiyalarni jalb etish asaosiy o’rinni egallaydi.

Investitsiya siyosati nafaqat kapital mablag’lar miqyosini oshirishni, balki ularning takror ishlab chiqarish tarkibiy tuzilmasini takomillashtirishni, investitsiyalarni ko’proq samarali va raqobatdosh ishlab chiqarishlarga yo’naltirishni ko’zda tutadi.


Mamlakatimizda investitsiya muhitining barqarorligi va investitsion jozibadorlikning to’g’ri yo’lga qo’yilgani ham xorijiy investitsiyalarning kirib kelishi uchun zamin bo’lmoqda. 2017 yilda ajratilgan jami to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiya va kreditlarning xajmi 2420,4 million dollarni tashkil etishi buning isbotidir. Investitsion jozibadorlik obyekt sifatida muayyan bir miqyosda, ya’ni bironta loyiha, korxona, mintaqa, tarmoq hamda mamlakat darajasida ko’rilishi mumkin. E’tiborli jihati shundaki, mazkur tizimda korxona asosiy tayanch nuqta hisoblanib, har bir investitsiya loyihasi muayyan bir korxona miqyosida amalga oshiriladi, ushbu korxona esa iqtisodiy faoliyat turidan kelib chiqib, muayyan tarmoqqa (sohaga) tegishli bo’ladi. Shuningdek, u ma’lum bir mintaqada joylashgani sababli mintaqaviy investitsiya jozibadorlikni aks ettirsa, barcha mintaqalar birlashtirilganda mazkur ko’rsatkich mamlakat darajasida aks ettiriladi.
Investitsiya siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri iqtisodiy rivojlanishga erishish va eng avvalo, mamlakatning eksport salohiyatini mustahkamlash, tashqi savdoni erkinlashtirish shu jumladan, valyuta bozorida joriy operatsiyalar bo'yicha milliy valyuta konvertatsiyasini ta'minlash hozirda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Investitsiya siyosatini oqilona tashkil etish va tashqi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash xorijiy investitsiyalarni mamlakat iqtisodiyotiga faol jalb qilinishiga sababchi bo’ladi, bank-moliya sektori hamda real sektor iqtisodiyotiga chet el kapitalini ko’plab kirib kelishi, asosiy iqtisodiyot tarmoqlarida strategik maqsadlar va loyihalarni amalga oshirilishiga sabab bo’ladi. Oqilona investitsiya siyosatini yuritish va tashqi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash borasida bir qator hal qilish zarur bo’lgan masalalar kun tartibida dolzarb masalalardan biri hisoblanmoqda.
O'zbekistonda tuzilmaviy investitsiya siyosatini samarali amalga oshirilishi boy mineral resurslardan foydalanishni o'z ichiga olgan, birinchi navbatda, yoqilg'i-energetika va oziq-ovqat bilan ta'minlash, shuningdek, tog'-kon sanoati kabi strategik muhim tarmoqlarini jadal rivojlantirish va umuman, iqtisodiy islohotlarni hukumat tomonidan belgilab berilgan “Harakatlar strategiyasi” asosida rivojlantirishni nazarda tutadi. Ayni paytda, mamlakatning ayrim tarmoqlariga yuqori texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy qilish uchun investitsiyalar kiritishga mustahkam asos mavjud, shuningdek, katta kapital talab etuvchi tog'-kon sanoatida resurslarni tejovchi, qayta ishlovchi va innovatsion texnologiyalarning joriy etilishi uchun qulay shart-sharoitlar hozirda yaratilgan.
Biroq, bu sohalarda bir qator muammolar ham yo’q emas. Avvalo xorijiy investitsiyalarni jalb etish va uzoq muddatli loyihalarni amalga oshirish uchun birinchi navbatda, hukumat tomonidan xorijiy investorlarga kafolatlar berilishi, ularga soliqlar va bojxona bojlaridan yengilliklar yaratib berilishi va ayniqsa, xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi katalizatorlik rolini kuchaytirish yo'nalishida soliq tizimini takomillashtirish muhim hisoblanadi.
O'zbekistonda xorijiy investitsiyalarni rag'batlantirish va qollab-quvvatlashda, xususan, moliya sohasidagi muammolarni oldini olishda sanoat, qishloq xo'jaligi va turli iqtisodiyot subyektlari bilan bank-moliya tashkilotlarining samarali integratsiyasini ta'minlash hisoblanadi. Bunday integratsiya rivojlangan davlatlarda “moliyaviy-sanoat guruhlari” (MSG) nomi asosida faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling