1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi


Download 3.09 Mb.
bet32/108
Sana15.11.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1776812
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   108
Bog'liq
xorijiy investitsiya maruza (2)

Qo’shilgan qiymat solig’i

- xorijiy valyuta va qimmatli qog’ozlar harakatiga tegishli bo’lgan sug’urta va ssuda berish operatsiyalari;
- o’zi etishtirgan qishloq xo’jalik mahsulotlarini sotish;
- geologik va topografik ishlar;
- respublikamizda ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallari;
- eksport qilinayotgan tovarlarni hamda xorijiy tovarlarni ortish va tashish bo’yicha ko’rsatiladigan xizmatlar.

Yer solig’i

- xorijiy investitsiyali ishlab chiqarish korxonalari er solig’ini to’lashdan 2 yilga ozod etiladi.

Aksiz solig’i

- nooziq-ovqat iste’mol tovarlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar aktsiz solig’ini to’lashdan ozod etiladi. Tamaki mahsulotlari, zargarlik buyumlari, sovun va benzin ishlab chiqaruvchi korxonalar bundan mustasno.

Bojxona to’lovlari

- O’zbekiston Respublikasiga 50 mln. dollardan ortiq TTXI kiritgan yuridik shaxslarning chegaradan olib o’tadigan tovarlaridan import boji undirilmaydi;
- xorijiy investor o’z zimmasiga ishlab chiqarishna modernizatsiyalash majburiyatini olganida, chegaradan olib o’tilayotgan texnologik uskunalar uchun zarur detallar va ehtiyot qismlar bojxona to’lovlaridan ozod qilinadi.

Boshqa turdagi soliqlar va majburiy to’lovlar

- eksportga ishlovchi yoki import o’rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarayotgan TTXIli korxonalar ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida soliq kreditini olishlari mumkin;
- neft va gaz konlarini aniqlash ishlarini olib boruvchi xorijiy korxonalar hamma turdagi soliqlar hamda to’lovlardan ozod qilinadi. Ushbu korxonalar uskunalar, moddiy-texnik resurslar, xizmatlarni import qilganda bojxona to’lovlaridan ham ozod qilinadi;
- neft va gaz qazib chiqaruvchi qo’shma korxonalar xorijiy korxonalar yordamida tuzilgan bo’lsa, daromad solig’idan 7 yilga ozod etiladi. Shuningdek, bu korxonalar mulk solig’idan va xorijiy hamkorlar ulushidan undiriladigan daromad solig’idan ozod etiladi.

2012 yilgi Farmonda belgilanishicha, xorijiy investorning pul shaklidagi ulushi 5 million AQSh dollaridan kam bo’lmagan yangidan tashkil etilayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar davlat ro’yxatidan o’tgan sanadan boshlab 10 yil mobaynida soliq qonunchiligida o’zgarishlar yuz bergan hollarda, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i, qo’shilgan qiymat solig’i (tovarlar, ishlar, xizmatlarni realizatsiya qilish aylanmasi), mol-mulk solig’i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i, yagona ijtimoiy to’lov, yagona soliq to’lovi, shuningdek, Respublika yo’l jamg’armasiga hamda Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg’armasiga majburiy ajratmalar to’lashning mazkur korxonalar davlat ro’yxatidan o’tish sanasida amal qilgan me’yorlari va qoidalarini qo’llashga haqlidirlar.


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “To’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” 2005 yil 11 apreldagi PF–3594-son Farmoni bilan belgilangan soliq imtiyozlari (kiritiladigan TTXI miqdoriga qarab investorlar asosiy faoliyat bo’yicha daromad (foyda) solig’i, mulk solig’i, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va hududlarni obodonlashtirish solig’i, ekologiya solig’i, mikrofirma va kichik korxonalar uchun belgilangan yagona soliq to’lashdan, shuningdek, Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratmalar to’lashdan ozod etildi) 2012 yilning II choragidan boshlab amal qildi.
Farmonda belgilanganidek, to’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalar hajmi quyidagicha bo’lganda mazkur soliq imtiyozlari beriladi:
1) 300 ming AQSh dollaridan 3 million AQSh dollarigacha - 3 yil muddatga;
2) 3 million AQSh dollaridan 10 million AQSh dollarigacha - 5 yil muddatga;
3) 10 million AQSh dollaridan ortiq bo’lganda - 7 yil muddatga.
Ushbu 2012 yilgi Farmonga ko’rasoliq imtiyozlari quyidagi shartlar asosida qo’llanilishi belgilangan:
Toshkent shahri va Toshkent viloyati istisno etilgan holda, respublikaning barcha mintaqalarida joylashtiriladigan xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalarga tatbiq etiladi.
korxonaning ustav kapitalida xorijiy ishtirokchilarning ulushi kamida 33 foizni tashkil etishi lozim;
xorijiy investitsiyalarni erkin almashtiriladigan valyuta yoki yangi zamonaviy texnologik uskuna tarzida qo’yish;
mazkur imtiyozlarni qo’llanish muddati davomida imtiyozlardan olingan daromadning kamida 50 foizini korxonani yanada rivojlantirish maqsadida qayta investitsiyalashga yo’naltirish.
Shuningdek, xo’jalik sub’ektlari tomonidan ishlab chiqarishni muntazam modernizatsiyalash, texnik-texnologik jihatdan qayta jihozlash, uni yuqori sifatli, raqobatbardosh, eksportga yo’naltirilgan mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish imkonini beradigan ilg’or zamonaviy uskunalar bilan ta’minlashga qaratilgan samarali rag’batlantirish tizimini yaratish maqsadida 2007 yil 14 martda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni rag’batlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmonining qabul qilinishi respublikaga xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish asosida iqtisodiyot tarmoqlarini jadal modernizatsiya qilishni faollashtirishga yo’naltirilgan navbatdagi amaliy qadam bo’ldi. Farmonga ko’ra, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar ishlab chiqarishga ilg’or zamonaviy uskunalarni muntazam kiritish asosida modernizatsiyalashni ta’minlasa, yangi jihozlar ishlab chiqarishga joriy etilgan paytdan boshlab quyidagi qo’shimcha imtiyozlarga ega bo’ladilar:
- ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash uchun berilgan kreditlarni qaytarishga, lizing ob’ektini to’lashga yo’naltirilgan mablag’lar miqdorida uch yil mobaynida foydadan olinadigan soliq bazasi tegishli hisobot davri uchun hisoblangan amortizatsiya mablag’laridan foydalanish sharti bilan kamaytiriladi;
- ishlab chiqarishga joriy etilgan yangi texnologik jihozlar besh yil muddatga mulk solig’idan ozod etiladi;
- soliqqa tortishning soddalashtirilgan tartibi qo’llaniladigan ishlab chiqarish mikrofirmalari va kichik korxonalari uchun besh yil davomida yagona soliq to’lovi to’lashda soliqqa tortiladigan bazani xarid qilingan yangi texnologik jihozlar qiymatiga teng, ammo soliqqa tortish bazasining 25 foizidan ko’p bo’lmagan miqdorda kamaytirgan holda soliq imtiyozlari joriy etiladi;
- 2007 yil 1 apreldan boshlab xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan chetdan olib kiriladigan texnologik jihozlar bo’yicha qonunchilikda belgilangan bojxona to’lovlarini to’lashda imtiyozlardan foydalanadi. Bunday imtiyoz shartnoma shartlarida ko’zda tutilgan bo’lsa butlovchi va ehtiyot qismlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Xorijiy investorlar va xalqaro moliya institutlarini O’zbekistonda yaratilgan qulay investitsiya muhiti hamda mamlakat iqtisodiyotiga investitsiya sarflashning potentsial imkoniyatlari to’g’risida keng xabardor qilishni tashkil etish, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash uchun xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish hamda o’zlashtirish jarayonida davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining faoliyatini aniq-puxta muvofiqlashtirishni ta’minlash maqsadida 2008 yil 24 iyulda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish hamda o’zlashtirish jarayonini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-927-sonli Qarori qabul qilindi.
Ushbu qarorda “Xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish va o’zlashtirish tartibi to’g’risidagi Nizom” va “Xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish jarayonida loyihalar tashabbuskorlari va davlat organlarining o’zaro hamkorlik qilish sxemasi” berilgan bo’lib, unda xorijiy investorlar faoliyatini boshqarish, ularga ko’mak berish tizimi ko’rsatib berilgan, Prezident qaroriga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish bo’yicha qarorlarni ko’rib chiqish, muhokama etish va qabul qilishda, har yilgi investitsiya dasturlarini, shuningdek, tarmoqlar va mamlakat mintaqalarini rivojlantirishning o’rta muddatli dasturlarini tayyorlashda etakchi bo’g’in hisoblanadi, uning zimmasiga mazkur masalalarni hal etishda idoraviy mansubligidan qati nazar, barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini muvofiqlashtirish mas’uliyati yuklanadi.
O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi yagona ma’lumotlar bazasiga kiritilgan investitsiya takliflarining amalga oshirilishi to’g’risida har oyda Vazirlar Mahkamasiga axborot berib bormoqda.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan O’zbekiston Respublikasi bergan kafolatlar bo’yicha majburiyatlarning o’z vaqtida bajarilishini ta’minlash ustidan tizimli monitoring o’rnatib, qarorlar qabul qilish uchun har chorakda Vazirlar Mahkamasiga tegishli axborotlarni takdim etmoqda.
Vazirlar Mahkamasi tarmoq Komplekslarining rahbarlari O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etgan holda investitsiya loyihalarini amalga oshirishning tasdiqlangan tarmoqli jadvallarini ijro etish, loyiha oldi hujjatlarini o’z vaqtida tayyorlash va ekspertiza qilish ustidan qattiq nazorat o’rnatgan.
Xorijiy investitsiyalarni axborot bilan ta’minlash va ko’maklashish agentligi “O’zinfoinvest”ning faoliyati. Respublikamiz iqtisodiyotiga investitsiya kiritish salohiyatiga ega bo’lgan xorijiy investorlarga O’zbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalash uchun mavjud bo’lgan katga imkoniyatlar, shuningdek, investorlar uchun yaratilgan har tomonlama keng, qulay shart-sharoit va kafolatlar bo’yicha zarur, kerakli axborot va ma’lumotlar bilan ta’minlash maqsadida 2007 yilda Xorijiy investitsiyalarni axborot bilan ta’minlash va ko’maklashish agentligi — “O’zinfoinvest” O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 6 fevraldagi PQ-578-sonli Qaroriga muvofiq tashkil etildi. Mazkur agentlik xorijiy ishbilarmon doiralarni respublikamizdagi mavjud investitsiya muhiti haqida atroflicha axborot bilan ta’minlab qolmasdan, ularga loyihalarni amalga oshirish borasida ham har tomonlama ko’maklashadi.
O’zbekiston iqtisodiyotining eng muhim, avvalo, etakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlash bo’yicha loyihalarni amalga oshirish maqsadida 2006 yilda O’zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi tuzilgan edi.
Mazkur jamg’armaning ustav kapitalini 1 mlrd. AQSh dollari mikdorida shakllantirilgan edi. 2010 yilning 1 yanvarida jamg’armaning ustav kapitali 3,7 mlrd. dollarni tashkil etdi va uning ulushini 2010 yilda 5 mlrd. dollarga etkazish rejalashtirilgan.
Jamg’armaning asosiy vazifasi faqat mablag’larni jamlash hamda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish uchun hal qiluvchi ahamiyatga molik muhim loyihalarni moliyalashtirish bilan cheklanmaydi, balki xorijiy investorlar — chet el kompaniyalari, banklari, xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda o’zaro teng shartlarda investitsiya loyihalarini moliyalashtirishni ham o’z ichiga oladi.
Xorijiy investorlar uchun respublikada yaratilgan kafolatlar, imtiyozlar va rag’batlantirish choralari O’zbekiston kapital sarflash uchun qulay, hamkorlik uchun ishonchli mamlakat ekanligidan dalolat beradi.



Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling