1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi


Download 3.09 Mb.
bet28/108
Sana15.11.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1776812
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   108
Bog'liq
xorijiy investitsiya maruza (2)

Asosiy tushunchalar


Mahsulotning hayotiylik tsikli nazariyasi — kapitalni chetga chiqarishni mahsulotning hayotiylik tsikli qonuniyatlari bilan bog’laydi. Mahsulotning bozordagi hayoti bir nechta bosqichlardan o’tadi: 1) mahsulot bozorga olib kiriladi; 2) mahsulotni sotish hajmining ortishi va sifat ko’rsatkichlarining yaxshilanishi; 3) mahsulot ommaviy tarzda ishlab chiqariladi; 4) bozor mahsulotga to’yinadi va sotish hajmi pasayadi. Shunda mahsulot ishlab chiqarish to’xtatiladi.
Raqobatbardoshlik nazariyasi — M.Porter korporativ boshqaruv, ishlab chiqarish omillaridan foydalanish, talab holati va turdosh tarmoqlarni qo’llab-quvvatlash omillari sintezini “raqobat afzalliklari olmosi” deb ataydi va ular kapitalni chetga chiqarishning muvaffaqiyatini kafolatlashini nazarda tutadi.
Eklektik paradigma — ushbu nazariyada TMKning jahon kapital bozorlariga kirib borish sabablari umumlashtiriladi. J.Danning iqtisodiy nazariyada to’plangan fikrlarni oddiy mexanik tarzda umumlashtirmasdan, xo’jalik amaliyotida sinovdan muvaffaqiyatli o’tgan omillarni tanlab oldi.
Uchayotgan turnalar” nazariyasi — iqtisodiy o’sish samarasining ortishi jarayonida import bosimidan himoyalanish lozimligi asoslanadi. Iqtisodiy o’sish hududining kengayishi yuqoridan pastga qarab sodir bo’ladi va uchburchak shaklda uchib ketayotgan g’ozlar to’dasini eslatadi.
Investitsion rivojlanish yo’li nazariyasi — ushbu rivojlanish yo’li besh bosqichdan iborat va TTXIning mamlakat iqtisodiy rivojlanish darajasiga bog’liqpigini tavsiflab beradi.
Xalqaro birlashish va qo’shib olishlar — kompaniyalarning xalqaro bozorlarda aktsiyalarning yirik paketi yoki korxonani to’liq sotib olishlari jarayonidir. Ushbu usul kompaniyalarning bozordagi ulushining ortishiga, kapitallashish darajasining o’sishiga olib keladi.
Tarkibiy siyosat — davlatning milliy iqtisodiyot tizimida samarali sohalararo va soha ichidagi nisbatlarni shakllantirishga qaratilgan uzoq muddatga mo’ljallangan chora-tadbirlar yig’indisidir.

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling