1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi


Download 3.09 Mb.
bet25/108
Sana15.11.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1776812
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   108
Bog'liq
xorijiy investitsiya maruza (2)

Ikkinchi bosqich XX asrning 50 – 80-yillarini qamrab olib ushbu davrda korporatsiyalar o’z strategiyalarini xom ashyoni oddiy qayta ishlashdan, tayyor mahsulotni ishlab chiqarishga yo’naltira boshladilar. Xitoy TTXIni ushbu yo’nalishda joylashtirishning namunasi bo’lib xizmat qiladi. Bugungi kunda Xitoy jahon tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishning muhim markaziga aylanib bormoqda.
Uchinchi bosqich XX asrning 90-yillaridan hozirga qadar davom etmoqda. Bu davrda yirik xorijiy kapital retsipient-mamlakatlar bozorlarida banklar, sug’urta kompaniyalari, transport firmalari va boshqa kompaniyalarning servis xizmatlari sifatida joylashtirila boshlandi. Prognozlarga qaganda yaqin kelajakda servis xizmatlarini ko’rsatish hajmiga qaraganda va birlamchi sektorning ishlab chiqarish hajmiga qaraganda jadal sur’atlarda rivojlanishi kutilmoqda. TTXIni jadal sur’atlarda jalb qilish yo’liga o’tgan Xindiston ham xizmatlari bozorini barqaror sur’atlarda o’zlashtirib bormoqda.


2.4. Milliy iqtisodiyotning barqaror o’sishini ta’minlash va tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirishda xorijiy investitsiyalar o’rnining ortib borishi

Mustaqillikning dastlabki yillarida O’zbekiston iqtisodiyoti tarkibi uchun bir tomonlama xom ashyo, yarim fabrikat mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashish xos bo’ldi. Iqtisodiyotda tarkibiy va texnologik nomuvofiqliklarning mavjudligi mamlakatda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga salbiy ta’sir ko’rsatdi. Mamlakatdagi asosiy ishlab chiqarish quvvatlarining texnologik jihatdan qoloqligi, asosiy ishlab chiqarish fondlarining jismoniy va ma’naviy jihatdan eskirganligi mamlakat iqtisodiyotini barqarorlashtirishga salbiy ta’sir ko’rsatdi (mamlakatda o’rtacha ishlab chiqarish uskunalarining xizmat qilish muddati 20 yil belgilangan holda, taraqqiy etgan mamlakatlarda ushbu ko’rsatkich 9-10 yildan oshmasdi). Mamlakat iqtisodiyotini tarkibiy jihatdan qayta qurishga quyidagi omillar salbiy ta’sir ko’rsatdi:


iqtisodiy islohotlarning dastlabki yillarida yuqori inflyatsiya ta’siri ostida asosiy fondlar va aylanma mablag’larning eskirganligi tufayli, ko’pchilik korxonalar yomon moliyaviy ahvolga tushib qoldi;
bozor infratuzilma institutlarining rivojlanmaganligi;
to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiya oqimining hajmi ichki ehtiyojlar darajasidan pastligi;
aholi to’lov qobiliyatining pastligi tufayli, jadallashgan amortizatsiya tizimini joriy etishning mumkin bo’lmaganligi;
bozor islohotlarining dastlabki yillarida davlat investitsion faolligining keskin kamayishi.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish hamda barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlariga erishish uchun mamlakat iqtisodiyotida chuqur tarkibiy va texnologik o’zgarishlarni amalga oshirish zarur edi. Iqtisodiyotning tarkibini o’zgartirish ikki bosqichdan: passiv va aktiv qismdan iborat bo’ladi. Passiv bosqichda bozor tomondan talab qilinmaydigan mahsulot ishlab chikdrish quvvatlari kamayadi. Ushbu bosqich talab va taklifning joriy muvozanatini ta’minlash uchun zarur hisoblanadi. Aktiv bosqichda esa ilgari ishlab chiqarilmagan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish quvvatlari rivojlantiriladi va yangi turdagi mahsulotni ishlab chiqarish uchun yangi quvvatlar yaratiladi. Iqtisodiyotdagi chuqur tarkibiy qayta qurish yo’nalishlari va yondashuvlariga quyidagilar kiradi:
bozor xo’jalik tizimida ishlab turgan korxonalarning o’rni va rolini aniqlash;
davlat ixtiyorida aktsiyalarning nazorat paketi saqlanib qoladigan korxonalar ro’yxatini aniqlash;
xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirishni ta’minlaydigan tarmoq va sohalarga jalb etish;
iqtisodiyotning optimal tarkibining shakllanishini ta’minlovchi “lokomotiv” tarmoq va ishlab chiqarish sohalarini aniqlash.
Jahon amaliyoti ko’rsatishicha, rivojlangan mamlakatlar tarkibiy inqirozdan iqtisodiyotning rivojlanishini ta’minlovchi tarmoqlarda resurslarni kontsentratsiyalash orqali chiqqanlar. Masalan, AQShda avtomobilsozlik, Yaponiyada elektronika, og’ir mashinasozlik, Skandinaviya mamlakatlarida qishloq xo’jaligi, Xitoyda ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirish. O’tish iqtisodiyoti mamlakatlarida investitsion va innovatsion faollikning susayishi, ilmiy-texnik salohiyatning kamayishi mamlakat iqtisodiy xavfsizligiga jiddiy xavf soladi. Iqtisodiyotning inqiroz holati, birinchi navbatda, investitsion va innovatsion faollikning keskin susayishida namoyon bo’ladi. Jahon amaliyoti ko’rsatishicha, mamlakatlarning rivojlanganlik darajasi uning katta tabiiy boyliklar zaxirasiga ega bo’lishi bilan emas, balki ularni qazib olish, transportirovka qilish va qayta ishlashning zamonaviy ilg’or texnologiyasiga ega bo’lishi bilan belgilanadi. O’tish davrining dastlabki yillaridagi investitsion faollikning pasayishi mamlakat ishlab chiqarish potentsialining eskirish tendentsiyasini kuchaytirdi.
Rivojlangan mamlakatlarda sanoatga sarflanayotgan investitsiyalarda rekonstruktsiya va texnik qayta qurollantirish uchun sarflanadigan xarajatlarning ulushi 60 — 80%ni tashkil etganda mamlakatda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash uchun zarur bo’lgan ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, energiya va materiallarni tejaydigan ilg’or texnologiyalarni qo’llash imkoniyati vujudga keladi. Amaliyot ko’rsatishicha, ishlab turgan korxonalarni rekonstruktsiya va texnik jihatdan qayta qurollantirishning smeta qiymati yangi qurilayotgan korxonalarga nisbatan, odatda, 20 - 30% past bo’ladi. Jahon amaliyoti ko’rsatishicha, investitsiyalarni takror ishlab chiqarish tarkibining shakllanishi bilan texnologik tarkibi o’rtasida bevosita aloqa mavjud. Investitsiyalarning takror ishlab chiqarish tarkibining yaxshilanishi natijasida investitsiyalarning texnologik tarkibida uskunalar uchun ajratiladigan xarajatlarning ulushi ortadi. Odatda, ishlab turgan korxonalarni texnik qayta qurollantirish va rekonstruktsiya qilishda qurilish-montaj ishlari hajmi bilan uskunalar xarajatlari o’rtasidaga nisbat 25% / 57% ga teng bo’ladi. Yangi qurilishda esa ushbu nisbat 66% / 25% bo’ladi. Bundan ma’lum bo’ladiki, ishlab turgan korxonalarda texnik qayta qurollantirish va rekonstruktsiya qilish asosiy ishlab chiqarish fondlarining aktiv qismining yangilanishida ustuvorlikni isbotlaydi.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi o’tish mamlakatlari iqtisodiyotida tarkibiy disproportsiyalar mavjudligini ko’rsatdi va uni bartaraf etish uchun iqtisodiy siyosatning fiskal, pul-kredit, institutsional kabi dastaklarini yo’naltirishni taqozo etmoqda. Masalan, Rossiya iqtisodiyoti xarajatlari tarkibida ish haqining ulushi 15 - 20%ni tashkil etmoqda. Taraqqiy etgan mamlakatlarda esa ushbu ko’rsatkich 60 - 70%ni tashkil etadi.
O’tish mamlakatlari iqtisodiyoti tarkibining holatini baholash maqsadida milliy boylik tarkibini tahlil qilamiz. Taraqqiy etgan mamlakatlar iqtisodiyoti tahlili ko’rsatishicha, milliy boylik tarkibida etakchi o’rinni inson kapitali (65%) egallaydi, asosiy kapital (20%) va tabiiy resurs kapitali ulushi esa (15%) keyingi o’rinda turadi. O’tish iqtisodiyoti mamlakatlari guruhiga kiruvchi Rossiya milliy boyligining tarkibida quyidagi holatni ko’rish mumkin: tabiiy resurs kapitali — 65%, inson kapitali — 20% va asosiy kapital — 15%.
Tarkibiy muammo shundaki, inson kapitali salohiyatini harakatga keltirish va uning milliy boylik tarkibidagi ulushini oshirgan holda inson kapitali qiymatini ifodalovchi ish haqiga sarflanayotgan xarajatlar hissasi mutanosib ravishda oshirib borilishi lozim. Inson kapitaliga sarflanayotgan investitsiyalar orqali bir birlik kapitalga sarflangan xarajatlar samaradorligini oshirish va iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish yo’liga o’tkazish imkoniyati vujudga keladi.
Tarkibiy siyosat deyilganda, odatda, davlatning milliy iqtisodiyot tizimida samarali sohalararo va soha ichidagi nisbatlarni shakllantirishga qaratilgan uzoq muddatga mo’ljallangan chora-tadbirlar tushuniladi. Tarkibiy siyosatning maqsadi iqtisodiyotning rivojlanishi, barqarorligi va turli iqtisodiy tarkiblarning rivojlanishidagi mutanosiblikni ta’minlashdan iboratdir. Ushbu siyosatning uzoq muddatli yo’nalishi fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish va innovatsiyani rivojlantirish asosida milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini ta’minlash hisoblanadi.
Tarkibiy siyosat doirasida tarkibiy islohotlar amalga oshiriladi. Tarkibiy islohotlar deganda iqtisodiyot sektorlari o’rtasidagi nisbatlarning o’zgarishi, yangi soha va tarmoqlarning rivojlanishi hamda yirik kompaniyalar darajasidagi tashkiliy-huquqiy o’zgarishlarni amalga oshirish tushuniladi. Milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalashda tarkibiy islohotlarning ahamiyati shundaki, ular milliy kompaniyalarning raqobatbardoshligini, shu jumladan, qayta ishlash sanoati va innovatsiyalar sohasida ta’minlaydi.
Iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlar va modernizatsiyalashni amalga oshirish ustun darajada mamlakatning ishlab chiqarish, resurs salohiyatidan va ichki zahiralaridan foydalanish samaradorligi bilan belgilanadi. Iqtisodiyot tarkibi uning yaxlitligini ta’minlovchi xo’jalik tizimining elementlari o’rtasidagi nisbat va munosabatlar yig’indisidan iborat. Iqtisodiyot tarkibi va iqtisodiy o’sish bir-biri bilan chambarchas bog’langan ikki muhim muammo hisoblanadi. Bir tomondan iqtisodiyotning yuqori sur’atlarda rivojlanishi iqtisodiyot konservativ tarkibga ega bo’lsa, uning samaradorligini pasaytiradi. Ikkinchi tomondan iqtisodiyotdagi mavjud nisbatlardan yangi progressiv tarkibga o’tishga tarkibiy o’zgarishlarni ta’minlaydigan tarmoqlarni barqaror sur’atlarda rivojlantirish asosida erishiladi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida mamlakat iqtisodiyoti tarkibi uchun deformatsiya elementlari, tarmoqlarda monopolizmning mavjudligi va qayta ishlash tarmoqlari raqobatbardoshligining pastligi xosdir. O’zbekiston iqtisodiyotining tarkibi quyidagi omillar ta’sirida shakllantiradigan ijtimoiy mehnat taqsimoti, ilmiy-texnika taraqqiyoti, aholi ehtiyojlarining o’sishi va murakkablashuvi, birlamchi ishlab chiqarish resurslarini ko’lami va cheklanganligi, tashqi iqtisodiy omillar.
Yalpi ichki mahsulotning o’sishi ustun darajada qishloq xo’jaligi, savdo va umumiy ovqatlanish, transport va aloqa hamda xizmat ko’rsatish sohalarining rivojlanishi bilan belgilanadi. Mavjud tarmoqlarda yaqin istiqbolda iqtisodiy o’sishning katta zaxiralari mavjud. Taxlillar ko’rsatishicha, iqtisodiy o’sishning katta imkoniyatlari tovar va xizmatlar eksportida o’z aksini topgan. Sanoat tarmoqlari ichida iqtisodiyotning barqaror o’sishiga ximiya, mashinasozlik va metallni qayta ishlash, tibbiyot, neftni qayta ishlash, ko’mir va engil sanoat tarmoqlarining rivojlanishi jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishda YaIMni energiya sig’imkorligini pasaytirish, iqtisodiy tarkibini yaxshilash (qayta ishlash sanoatini qazib chiqarishga nisbatan jadal rivojlantirish muhim rol o’ynaydi). O’zbekiston iqtisodiyoti barqaror sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. O’zbekiston milliy iqtisodiyotini takror ishlab chiqarish, tarmoq, texnologik, mintaqaviy, ijtimoiy-iqtisodiy, kapitalni kontsentratsiyalashuv, kooperatsiyalashuv va markazlashuv jarayonni aks ettiruvchi tarkibini ajratish mumkin.

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling