1. Mintaqaviy iqtisоdiyot faning prеdmеti va оb’еkti


Список разделов: 2. Aholi soni dinamikasi


Download 172.7 Kb.
bet19/23
Sana04.04.2023
Hajmi172.7 Kb.
#1326376
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
MAVZU TEST

Список разделов: 2. Aholi soni dinamikasi.

Статистика класса

Вопрос:

Aholi salmog’iga ko’ra Samarqand viloyati birinchi, Farg’ona-ikkinchi va Toshkent viloyati uchinchi o’rinda turadi. Demografik salohiyatning eng past miqdori Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida.


Respublika hududlari kesimida tahlillar shuni ko’rsatmoqdaki, 2018 yil 1 iyul holatiga O’zbekistondagi eng ko’p aholi soni Samarqand viloyati hududiga to’g’ri kelmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo’mitasi hisobotida ko’rsatib o’tilgan.
Unga ko’ra, ayni vaqtda Samarqand viloyatidagi aholi soni 3 mln 753,3 ming kishini (respublika aholisi sonidagi ulushi 11,4 %ni) tashkil qilmoqda. Ikkinchi o’rinda Farg’ona viloyati qayd qilingan bo’lib, hududdagi aholi 3 mln 644,9 ming kishidan (11,1 %) iborat. Eng kam aholi soni esa Navoiy viloyatida 964,7 ming kishi (2,9 %) va Sirdaryo viloyatida 821,9 ming kishini (2,5 %) tashkil etmoqda.
Hududlar kesimida aholining eng yuqori o’sish sur’ati 2018 yilning mos davriga nisbatan Surxondaryo viloyatida 2,1 %ni, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida 2,0 %ni, Jizzax viloyatida 1,9%ni, Namangan viloyatida 1,8%ni, aksincha eng kam o’sish sur’ati Qoraqalpog’iston Respublikasida 1,4%ni va Toshkent viloyatida 1,2 %ni tashkil etdi
Tug’ilish. 2018 yilning yanvar-iyun oylarida 324,3 mingta bola tug’ilganligi qayd etilgan bo’lib (bu erda va bundan keyin tug’ilganlarga faqat tirik tug’ilganlar inobatga olingan), mos ravishda 1000 aholiga nisbatan tug’ilish koeffitsienti 20,0 promilleni (promille – biron-bir sonning mingdan bir ulushi yoki foizning o’ndan bir qismi) tashkil etib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 0,5 promillega oshgan (2017 yilning yanvar-iyun oylarida 19,5 promille bo’lgan). Tug’ilish koeffitsienti 2017 yilning mos davriga nisbatan Samarqand (21,0 promilledan 22,9 promillega) va Qashqadaryo (21,4 promilledan 22,4 promillega) viloyatlarida sezilarli o’sgan bo’lib, aksincha sezilarli kamayish Navoiy (19,8 promilledan 19,1 promillega) va Xorazm (16,7 promilledan 16,2 promillega) viloyatlarida kuzatildi.
Jami tug’ilganlarning 31,6 %i onaning 1-farzandi, 36,6 %i onaning 2-farzandi va 31,8 %i onaning 3-va undan yuqori farzandlariga to’g’ri kelmoqda.
Ma’lumot uchun, tirik tug’ilganlik mezonlaridan (nafas, yurak urishi, kindik pulsatsiyasi, muskullarning beixtiyoriy qisqarishi) biri mavjud bo’lsa ham bola tirik tug’ilgan hisoblanadi. Bunda onaning homiladorlik muddati 22 hafta va undan ortiq, bolaning bo’yi 25 sm va undan ortiq, vazni 500 gramm va undan ortiq bo’lishi lozim.
Respublika hududining tabiiy sharoiti, ijtimoiy­iqtisodiy rivojlanish imkoniyatlarining turli­tumanligi aholi joylashuviga ham ta’sir qiladi. Mamlakat bo’yicha aholi joylashuvining o’rtacha zichligi 2020 yil 1 yanvar holatida 1 km2 ga 75,4 kishidan iborat bo’lgan holda u Navoiy viloyatidagi 8,9 kishidan Andijon viloyatidagi 723,3 kishigacha farq qiladi (bu boradagi ichki tafovut 80 martadan ziyod).
Tarixan aholi mamlakatimizning sug’oriladigan voha va vodiylarida zich joylashgan. Chunonchi, bu ko’rsatkich Farg’ona, Namangan, Xorazm viloyatlarida ham ancha yuqori. Qora­qalpog’iston Respublikasi hamda Navoiy viloyati O’zbekiston hududining 61,9 foizini tashkil qilsa­da, bu erda mamlakat aholisining atigi 9,3 foizi yashaydi; SHu bois, aynan ana shu ikki ma’muriy birlik Respublika aholisi joylashuvining o’rtacha ko’rsatkichiga jiddiy ta’sir etadi.
Buxoro va Jizzax viloyatlarida ham aholi zichligi uncha yuqori emas. Surxondaryo va Qashqadaryoda esa u o’rtacha ko’rsatkichdan birmuncha yuqori. Biroq, shunga qa­ramasdan, hatto bu hududlarning ham ichki, qadimdan su­g’oriladigan rayonlarida (masalan, Vobkent, Shofirkon, G’ijduvon, Shahrisabz, Qarshi, Yakkabog’ tumanlarida) aholi ancha zich joylashgan. Umuuman olganda, Respublika aholi joylashuvi ko’p jihatdan gidrografik shaxobchalar-sug’o­riladigan daryo va irrigatsiya inshootlari bilan belgilanadi. SHu bilan birga yirik shaharlar, ayniqsa Toshkent aglomeratsiyasi doirasidagi qishloq tumanlarida ham aholi joylashuvi juda zich (1 km2 ga 700-800 kishini tashkil etadi).
2020 yil yanvar ma’lumotlariga binoan, O’zbekiston Respub­likasining shahar aholisi 17,1 million kishini (jami aholining 50,5 foizini), qishloq aholisi esa 16,8 millionni (49,7 foiz) tashkil etdi. SHahar aholi­sining oldingi yillardagi miqdori quyidagicha bo’lgan (ming kishi hisobida):1926 y. ­1002; 1939 y. ­1470; 1959 y.­2729; 1970 y.­4327; 1979 y. ­6348 va 1989 y.­8059,3 ming kishi. SHahar aholisining o’sish sur’ati ayniqsa 70-80­yillarda yuqori
bo’lgan. Bunga sabab 1972 yilda aholi manzilgohlarining shahar maqomiga o’tkazish uchun talab etiladigan eng kam aholi miqdorini 10 mingdan 7 minggacha tushirilishi va buning oqibatida shaharlar sonining nihoyatda tez ko’payi­shidir (agar 1970 yilda Respublikada 42 shahar mavjud bo’lgan bo’lsa, 1979 yilda ularning soni 90 taga etgan).
1989-2012 yillarda shaharliklar sonining o’sishi ancha susaygan. Natijada umumiy urbanizatsiya ko’rsatkichi 40,7 foizdan 37,1 foizga tushib qolgan. Biroq urbanizatsiya darajasini hisoblash metodikasida O’zbekistonda yangi metodikadan foydalanilgani uchun 2012 yildan bu raqamlar o’zgardi. SHahar maqomini olish uchun aholi manzilgohida endi 5 ming aholi talab etilishi belgilab qo’yildi. SHaharcha maqomini olish uchun 2 ming aholi talab qiladi. Viloyatlar darajasida mazkur jarayon ayniqsa Toshkent, Farg’ona, Buxoro, Xo­razmda sezilarli bo’lgan va u faqat Qoraqalpog’iston Res­publikasi, Jizzax va Namangan viloyatlarida birmuncha ko’tarilgan. Hozirgi kunda shahar joylarda yashovchilarning nisbiy miqdori bo’yicha Qoraqalpog’iston hamda Toshkent va Navoiy viloyatlari oldinda turadi, uning eng past darajasi esa Surxondaryo viloyatida kuzatiladi.
Urbanizatsiya jarayoni va uning yakuniy ko’rsatkichi odatda hududlar iqtisodiyotining ixtisoslashuvi, shahar hosil qiluvchi omillarining mavjudligiga bog’liq. SHu nuqtai nazardan Qoraqalpog’iston va qisman Navoiy vi­loyatida bu ko’rsatkichning yuqoriligi mazkur hududlar sanoat salohiyatidan emas, balki bu joylarda intensiv qishloq xo’jaligini rivojlantirish sharoitlarining cheklanganligidan darak beradi. Faqat poytaxt-Toshkent viloyatida u haqiqiy real voqelikni aks ettiradi, chunki bu erda, boshqa viloyatlarga qaraganda, sanoat tarmoqlari nisbatan yaxshiroq rivojlangan.




Ответ:




 Переход к 2-rejaga oid test














Download 172.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling