1-modda. Oila to‘g‘risidagi qonun hujjatlari hamda ularning vazifalari


-modda. Farzandlikka olishni bekor qilish asoslari


Download 160.32 Kb.
bet128/167
Sana09.01.2022
Hajmi160.32 Kb.
#263473
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   167
Bog'liq
OILA KODEKSI

169-modda. Farzandlikka olishni bekor qilish asoslari

Farzandlikka olish agar farzandlikka oluvchilar:

o‘z zimmalariga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishdan bo‘yin tovlayotgan yoki ularni lozim darajada bajarmayotgan bo‘lsalar;

ota-onalik huquqini suiiste’mol qilayotgan bo‘lsalar;

farzandlikka olinuvchilarga nisbatan shafqatsizlik bilan muomalada bo‘lsalar;

muttasil ichkilikbozlikka yoki giyovandlikka mubtalo bo‘lgan bo‘lsalar bekor qilinishi lozim.

Farzandlikka olinuvchining xulq-atvori farzandlikka oluvchilarning sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazayotgan, ularning hayoti yoki sog‘lig‘iga xavf solayotgan bo‘lsa, farzandlikka olinuvchi voyaga yetganidan keyin farzandlikka olish bekor qilinishiga yo‘l qo‘yiladi.

Sud boshqa asoslarga ko‘ra ham bolaning manfaatlaridan kelib chiqib, uning fikrini hisobga olgan holda farzandlikka olishni bekor qilishga haqlidir.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-apreldagi 171-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka va bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat) to‘g‘risida”gi nizomning VII bo‘limi (“Farzandlikka olishni bekor qilish uchun asoslar va uning oqibatlari”).


Download 160.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling