1-modda. Oila to‘g‘risidagi qonun hujjatlari hamda ularning vazifalari


-bob. Nikohdan ajralishni qayd etish


Download 160.32 Kb.
bet152/167
Sana09.01.2022
Hajmi160.32 Kb.
#263473
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   167
Bog'liq
OILA KODEKSI

26-bob. Nikohdan ajralishni qayd etish

 LexUZ sharhi



Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari”ning VI bobi (“Nikohdan ajratish”).

218-modda. Er-xotinning o‘zaro roziligi bo‘lganda nikohdan ajralishni qayd etish

Er-xotinning o‘zaro roziligi bo‘lganda nikohdan ajralishda ariza beruvchilar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga bergan arizalarida o‘rtada voyaga yetmagan bolalari va mulkiy nizolari yo‘qligini tasdiqlashlari shart.

Nikohdan ajralish ariza beruvchilarning yashash joyidagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga ariza berilgan kundan boshlab uch oy muddat o‘tgach qayd etiladi.

 LexUZ sharhi



Qarang: mazkur Kodeksning 42-moddasi.

Oldingi tahrirga qarang.

Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari er-xotinni yarashtirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish uchun er-xotinning birga yashash joyidagi fuqarolar yig‘inining yarashtirish komissiyasini, agar ular birga yashamayotgan bo‘lsa, har birining yashash joyidagi fuqarolar yig‘inining yarashtirish komissiyasini ariza berilgan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmasdan yozma ravishda xabardor qilishi kerak.



(218-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi O‘RQ-456-sonli Qonuniga asosan uchinchi qismi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)


Download 160.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling