1. Oldindan aniqlangan funksiyalar


Satr qismini izlash va solishtirish funksiyalari


Download 34.44 Kb.
bet10/17
Sana23.12.2022
Hajmi34.44 Kb.
#1045945
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
yakuniy dasturlash

24.Satr qismini izlash va solishtirish funksiyalari
string sinfida satr qismini izlash uchun har xil variantdagi funksiyalar aniqlangan. Quyida ulardan asosiylarining tavsifini keltiramiz. unsigned int find(const string &str, unsigned int pos=0)const; Funksiya, uni chaqirgan satrning ko’rsatilgan joydan (pos) boshlab str satrni qidiradi va birinchi mos keluvchi satr qismining boshlanish indeksini javob sifatida qaytaradi, aks holda maksimal musbat butun npos sonni qaytaradi (npos=4294967295), agar izlash o’rni (pos) berilmasa, satr boshidan boshlab izlanadi. unsigned int find(char c, unsigned int pos=0)const; Bu funksiya oldingidan farqi ravishda satrdan s belgisini izlaydi. unsigned int rfind(const string &str, unsigned int pos=npos)const; Funksiya, uni chaqirgan satrning ko’rsatilgan pos o’rnigacha str satrning birinchi uchragan joyini indeksini qaytaradi, aks holda npos qiymatini qaytaradi, agar pos ko’rsatilmasa satr oxirigacha izlaydi. unsigned int rfind(char c, unsigned int pos=npos) const; Bu funksiyaning oldingidan farqi - satrdan s belgisi izlanadi. unsigned int find_first_of(const string &str, unsigned int pos=0)const; Funksiya, uni chaqirgan satrning ko’rsatilgan (pos) joyidan boshlab str satrining ixtiyoriy birorta belgisini qidiradi va birinchi uchraganining indeksini, aks holda npos sonini qaytaradi. unsigned int find_first_of(char c, unsigned int pos=0)const; Bu funksiyaning oldingidan farqi - satrdan s belgisini izlaydi;


25. Fayl tushunchasi
Fayl - bu bir xil turdagi qiymatlar joylashgan tashqi xotiradagi nomlangan sohadir. Fayl - bu berilganlarni saqlash joyidir va shu sababli uning yozuvlari ustida to’g’ridan-to’g’ri amal bajarib bo’lmaydi. Fayl yozuvi ustida amal bajarish uchun yozuv qiymati operativ xotiraga mos turdagi o’zgaruvchiga o’qilishi kerak. Keyinchalik, zarur amallar shu o’zgaruvchi ustida bajariladi va kerak bo’lsa natijalar yana faylga yozilishi mumkin


26. Matn va binar fayllar
Matn fayl - ASCII kodidagi belgilar bilan berilganlar majmuasi. Belgilar ketmaketligi satrlarga bo’lingan bo’ladi va satrning tugash alomati sifatida CR (karetkani qaytarish yoki ‘\r’) LF (satrni o’tkazish yoki ‘\n’) belgilar juftligi hisoblanadi. Matn fayldan berilganlarni o’qishda bu belgilar juftligi bitta CR belgisi bilan almashtiriladi va aksincha, yozishda CR belgisi ikkita CR va LF belgilariga almashtiriladi. Fayl oxiri #26 (^Z) belgisi bilan belgilanadi.
Binar fayllar - bu oddiygina baytlar ketma-ketligi. Odatda binar fayllardan berilganlarni foydalanuvchi tomonidan bevosita «ko’rish» zarur bo’lmagan hollarda ishlatiladi. Binar fayllardan o’qish-yozishda baytlar ustida hech qanday konvertatsiya amallari bajarilmaydi



Download 34.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling