1. O’zbеkiston insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri


Sud hokimiyati islohotlari. O’zbеkistonda sud hokimiyati tizimi


Download 0.72 Mb.
bet67/87
Sana13.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1266047
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   87
Bog'liq
2 5260484499715653670

66. Sud hokimiyati islohotlari. O’zbеkistonda sud hokimiyati tizimi. O’zbekiston hukumati va shaxsan I.A. Karimov mamlakatda demokratik islohotlarni amalga oshirish va uni chuqurlashtirishda sud hokimiyatining o’rni va roliga katta e'tibor bermoqda. Mustaqillikning birinchi kunlaridan boshlab mamlakatda sud hokimiyatini tashkiliy jihatdan shakllantirishda bir qator amaliy ishlar qilindi. Bu borada amalga oshirilgan keng ko’lamli va katta ishlarga 1991-yil 31-avgustda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to'g’risida»gi Konstitutsiyaviy Qonun tamal toshini qo’ydi. 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan o’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi esa demokratik huquqiy davlatchilik zaminini barpo etishning poydevori bo’lib tarixga kirdi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasidan: 11-modda. o’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo’linishi prinsipiga asoslanadi. Shubhasiz, hokimiyatning bunday bo’linishi tamoyilining Konstitutsiyada mustahkamlanishi mustaqillik tufayli erishilgan eng salmoqli yutuqlardan biridir. Chunki, ayni shunday, umume'tirof etilgan, jahon tajribasida ko’rilgan amalga oshirish, Konstitutsiyaga va inson huquqlari to’g’risidagi xalqaro paktlarga, ijtimoiy adolat tamoyillariga og’ishmay amal qilish mumkin bo’ladi. Fuqarolarning tinchligi va ahilligini so’zsiz ta'minlash, qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlashga zamin yaratildi.Sudlarni tashkil etish va ularning faoliyat ko’rsatish tartibi qonun bilan belgilanadi. Favqulodda sudlar tuzishga yo'l qo’yilmaydi. Huquqiy demokratik insonparvar davlatni barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida yangi tizim-huquq tarmoqlarini birlashtirishni va ular o’rtasidagi munosabatni uyg’unlashtirishni ta'minlovchi Konstitutsiyaviy Sud yuzaga keldi. Bu tizimning vujudga kelishi demokratik davlat uchun ulkan voqeadir.Konstitutsiyada sud hokimiyati mustaqilligining mustahkamlanishi odil sudlovni amalga oshirishda keng imkoniyatlar ochdi. Konstitutsiyaning 106 va 116-moddalarida sud hokimiyatining asoslari aniq belgilanib, sud hokimiyati va sudyalarning mustaqilligi mustahkamlangan. Shunga ko’ra, sud hokimiyati va sudyalar faqat qonungagina bo’ysunadilar. Bu qoida Konstitutsiyada qator kafolatlar bilan himoyalangan. Sud tizimining tuzilishi va Respublika barcha sud organlarining vakolatlari ham Asosiy Qonunda belgilab berilgan.Mustaqil sud hokimiyatini amalga oshirish mexanizmlari va sud ishlarini ko’rishda adolatsizlik va qonunbuzarliklarga qarshi qo’llaniladigan javobgarlik choralari 1992-yil 10-dekabrda o’zbekiston Oliy Kengashining XI sessiyasida qabul qilingan «Prokuratura to'g’risida»gi Qonunda va 1993-yil 2-sentabrda Respublika Oliy Kengashining XIII sessiyasida qabul qilingan «Sudlar to'g’risida»gi Qonunda belgilab berilgan. Bundan tashqari, O’zbekistonda Jinoyat protsessual, Xo’jalik protsessual va Fuqarolik protsessual to’g’risidagi kodekslar qabul qilinib, ularda sud mustaqilligi tamoyillari, taraflarning tengligi, sud ishlarini yuritishda tortishuvlik va odil sudlovning boshqa demokratik me'yorlari mustahkamlangan.Insoniyatning ko’p asrlik tarixi davomida qonuniylikni ta'minlashning bundan o’zga mexanizmi topilgani yo’q. Oliy Kengash tomonidan qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligi to'g’risida»gi Qonun va «O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibida harbiy hay'at tashkil etish to'g’risida»gi qaror asosida Qurolli kuchlarning harbiy sudlari, harbiy garnizon sudlari va ularning ish faoliyatlarini nazorat qilish uchun Respublika Oliy sudida harbiy hay'at tashkil etildi. Harbiy hay'at raisi lavozimi bo’yicha Oliy sud Raisining o’rinbosari hisoblanadi. Ma'lumki, davlat va jamiyatning obro’si o’sha davlatda mavjud bo’lgan sud va sudyalarning qonun talablariga og’ishmasdan amal qilishlariga, qabul qilingan har qanday qarorlar qonun me'yorlariga nechog’lik mos kelishiga bevosita bog’liq. Sud fuqarolar ko’z oldida ularning haq-huquqlarini va manfaatlarini himoya qiluvchi organ sifatida gavdalanishi shart.



Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling