1. O’zbеkiston insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri


Jamiyat va shaxs munosabatlarining konstitutsiyaviy asoslari


Download 0.72 Mb.
bet69/87
Sana13.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1266047
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   87
Bog'liq
2 5260484499715653670

68. Jamiyat va shaxs munosabatlarining konstitutsiyaviy asoslari. O’zbekiston milliy mustaqillikka erishgan dastlabki kundan boshlab inson huquqlari va erkinliklarini ta'minlash va uni kafolatlash masalasiga birinchi darajali ahamiyat berilmoqda. Chunki, mamlakatimizda uzoq davr hukm surgan mustamlakachilik yillarida o’lka fuqarolarining insoniy haq-huquqlari, erkinliklari va qadriyatlari har tomonlama kamsitildi va oyoqosti qilindi. Shu boisdan ham mustaqil o’zbekiston hukumati oldida ushbu vaziyatni hisobga olgan holda ma'naviy-huquqiy jihatdan umidsizlikka tushgan o’z xalqining qaddi-bastini ko’tarish, uning qalbida ertangi istiqbolli va porloq hayotga ishonch tug’dirish uchun fuqarolarning haq-huquqlarini tiklash va uni amalga oshirishdek mas'uliyatli vazifa turar edi. 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida mamlakat fuqarolarining huquq va erkinliklari e’lon qilindi, bu huquq va erkinliklarni amalda ta'minlash kafolatlandi. O’zbekiston tomonidan inson huquqi va erkinliklariga doir bir qator xalqaro hujjatlar tan olindi. Ular: «Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi, «Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to’g’risida Xalqaro Pakt», «Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risida Xalqaro Pakt va fakultativ Bayonnoma» jumlasidandir. O’zbekiston inson huquqlariga oid 30 dan ortiq Xalqaro Pakt va Konvensiyaga qo’shilgan. Davlatimiz 1996-yilning aprel oyida BMT komissiyasiga siyosiy va inson huquqlari bo’yicha Xalqaro Pakt normalarini bajarish borasida milliy ma'ruza matnini taqdim etdi. Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi va boshqa jahon miqyosida tan olingan xalqaro huquqiy hujjatlardan kelib chiqib, Oliy Kengash 1991-yil to’rtinchi sessiyasida «O'zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to'g’risida»gi, «Siyosiy partiyalar to'g’risida»gi (1996-yil) qonunlarni qabul qildi. Mamlakatimizda jamoat tashkilotlari rolini oshirish, ular faoliyati samaradorligini ta'minlash asosida fuqarolarni o’z-o’zini boshqarishga tayyorlash,mahalliy davlat oiganlari ishini asta-sekinlik bilan jamoat tashkilotlari zimmasiga yuklashning o’zi insonning yashash huquqini kafolatlash, unga erkinlik berish,ozod tunnush tarzini yaratishning debochasidir.Mamlakatda inson huquqlari bo’yicha Komissiya faoliyat ko’rsatmoqda. 1995-yil 23-fevralda Oliy Majlisning birinchi sessiyasida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo’yicha vakili saylandi. Uning maqomi va faoliyat doirasi 1997-yil 26-aprelda qabul qilingan Oliy Majlisning «Inson huquqlari bo’yicha Vakili (Ombudsman) to'g’risida»gi Qonun bilan belgilab berildi. 1995-yil 30-avgustda Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan «Fuqarolaming huquq va erkinliklarini buzuvchi harakat va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to'g’risida»gi Qonun ham inson huquqi va erkinliklari to’g’risidagi qonun hujjatlarini mukammallashtirishda muhim ahamiyatga ega bo’ldi.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling