1. O‘zbekiston Respublikasining alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlari davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida 2


Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri tarkibi


Download 46.1 Kb.
bet2/3
Sana14.05.2023
Hajmi46.1 Kb.
#1460031
1   2   3
Bog'liq
ALOHIDA MUHOFAZA ETILADIGAN DkA

2. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri tarkibi. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri ushbu hududlarning huquqiy maqomi va tartibi, ularning jug‘rofiy holati, miqdori va sifatiga oid tavsiflari, ekologik, ilmiy, ma’rifiy, tarixiy va boshqa qimmatlari, idoraviy mansubligi, yer egalari va yerdan foydalanuvchilar, shuningdek hisobga olingan har bir obyekt bo‘yicha ushbu hududlardagi tabiiy resurslardan foydalanish xarakteri to‘g‘risidagi ma’lumotlardan iborat bo‘ladi.
Kadastr hujjatlari kartografiya, fotografiya, hisobot, hisobga olish materiallarini va boshqa materiallarni, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning holati to‘g‘risidagi, kadastr shakllarini tuzishda hisobga olinadigan ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar kadastri quyidagi asosiy shakllarni o‘z ichiga oladi:

1-shakl (yig‘ma) — “Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ro‘yxati”;


2-shakl — “Alohida muhofaza etiladigan I toifa tabiiy hududlarning er-suv resurslari”;
3-shakl — “Alohida muhofaza etiladigan I toifa tabiiy hududlarning o‘simliklar dunyosi”;
4-shakl — “ Alohida muhofaza etiladigan I toifa tabiiy hududlarning hayvonot dunyosi”;
5-shakl — “Alohida muhofaza etiladigan II toifa tabiiy hududlarning umumiy tavsifi”;
6-shakl — “Alohida muhofaza etiladigan III toifa tabiiy hududlarning umumiy tavsifi”;
7-shakl — “Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tabiatni muhofaza qilish faoliyatining asosiy natijalari”.
Shakllarning tuzilishi va mazmuni Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
3. Kadastrni ishlab chiqishni tashkil etish va yuritish. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar kadastri Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining uchchala darajalardagi organlari tomonidan yuritiladi:
tuman (shahar) darajasida — tuman tabiatni muhofaza qilish inspeksiyasi tomonidan;
viloyat (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) darajasida — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining, viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish inspeksiya xizmati tomonidan;
Respublika darajasida — Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining respublika inspeksiya xizmati tomonidan.
Yer osti chuchuk suvlari manbalarining hamda noyob va qimmatbaho metallar konlari va nishonalarining shakllanish hududlari kadastrlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan yuritiladi. Belgilangan shakldagi yakuniy ma’lumotlar umumiy kadastrga kiritish uchun ushbu Nizomda nazarda tutilgan muddatlarda Davlat tabiatni muhofaza qilish organlariga taqdim etiladi.

Download 46.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling