1. O‘zbekiston Respublikasining mdh davlatlari va gruziya


O‘ZBEKISTON-POKISTON MUNOSABATLARI


Download 36.44 Kb.
bet9/10
Sana23.12.2022
Hajmi36.44 Kb.
#1047670
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
12- mavzu

O‘ZBEKISTON-POKISTON MUNOSABATLARI. 2017-yil 17-sentabrda Ostonada o‘tkazilgan islom hamkorlik tashkilotining (IHT) Fan va texnologiyalar bo‘yicha sammitida O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev Pokiston Prezidenti M.Husayn bilan uchrashuv o‘tkazdi. 2018-yil iyun oyida ShHTning Sindao sammiti doirasida O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev va Pokiston Prezidenti M.Husaynning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ikki tomonlama munosabatlarning shartnoma-huquqiy asosini 42 davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo hujjatlar tashkil etib, ular ekstradisiya, jinoiy ishlarda o‘zaro yordam, terrorizmga qarshi kurash, havo qatnovi, yuklarni transit tashish, savdo-iqtisodiy hamkorlik, kichik va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ikkiyoqlama soliqqa tortishdan voz kechish, giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurash va boshqa sohalarni qamrab oladi. O‘zbekiston va Pokiston hukumatlararo savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha qo‘shma komissiyasi 1993-yilda tuzilgan bo‘lib, uning so‘nggi 5-yig’ilishi 2011-yil mart oyida Islomobadda bo‘lib o‘tgan. Imzolangan Savdo-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitimga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro savdoda imtiyozlar berish joriy etilgan.2018-yil yanvar-noyabr oylarida o‘zaro savdo ko‘rsankichi 92,4 mln.ga etdi, eksport 28,7 mln., import 63,7 mln. 2017-yil 5 apreldan boshlab “Toshkent-Lahor-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha haftasiga ikki parvoz qayta tiklandi.O‘zbekistonda Pokiston kapitali ishtirokida tuzilgan 81 korxona ishlab turibdi. Ularning 4 tasi 100 foiz Pokiston sarmoyasi asosida faoliyat yuritmoqda. 23 qo‘shma korxona 2018-yilda tashkil etilgan. Ular asosan savdo, to‘qimachilik, qog‘oz, charm, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, transport va sayyohlik xizmatlari kabi sohalarda ishlaydi.
O‘ZBEKISTON-SAUDIYA ARABISTONI MUNOSABATLARI.2017-yil 21-may O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol-Saudning taklifiga binoan Saudiya Arabistonida bo'lib, arab-musulmon va Qo'shma Shtatlar sammitida ishtirok etdi. Sammit doirasida O'zbekiston Prezidenti bir necha davlat rahbarlari, jumladan, Saudiya Arabistoni Podshohi bilan uchrashdi.2018-yil 27-mart Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirining o'rinbosari A.Mirdad boshchiligidagi delegatsiya Afg'oniston bo'yicha "Tinchlik jarayoni, xavfsizlik va mintaqaviy hamkorlik sohasidagi hamkorlik" deb nomlangan Toshkent konferentsiyasida ishtirok etdi. 2018-yil 3-dekabr kuni Riyoz shahrida O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning 3-davrasi o‘tkazildi. 2011-yil iyun oyida Toshkent shahrida ikki davlat o‘rtasidagi Hukumatlararo qo‘shma komissiyaning 3-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish natijalari asosida tegishli protokol hamda investisiyalarni rag‘batlantirish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim imzolandi.2018-yil 11-16-dekabr kunlari Saudiya Arabistoni Savdo-sanoat palatalari kengashi rahbari Somi al-Ubaydiy boshchiligidagi delegasiyaning O‘zbekistonga tashrifi bo‘lib o‘tdi. 2019-yil 20-26-yanvar kunlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi J.Akramov boshchiligidagi hay’at Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi. Tashrif chog‘ida Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj va Umra ishlari vaziri Salih Bintayn bilan uchrashuv o‘tkazildi.
O
Download 36.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling