1. Qadimgi turkiy til morfologiyasi haqida ma’lumot. Qadimgi turkiy tilda ot so‘z turkumi


Download 473.5 Kb.
bet22/31
Sana13.02.2023
Hajmi473.5 Kb.
#1194049
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31
Bog'liq
3-Ma\'ruza (1)

Fe’lning funksional shakllari. Ma’lumki, fe’lning funksional formalarida, bir tomondan fe’lga xos, ikkinchi tomondan boshqa so‘z turkumlariga (ot, sifat, ravish) xos xususiyatlar mujassam bo‘ladi
Harakat nomi. Qadimgi turkiy tilda harakat nomi -maq, -mäk affiksi yordamida hosil bo‘lgan: barmaq, suvsamaq, uqmaq, kelmäk, körmäk, ölmäk, ketärmäk.
Sifatdosh formalari. Qadimgi turkiy tilda sifatdoshlar ham fe’llik, ham sifatlik xususiyatlariga ega. Sifatdoshlar bo‘lishli va bo‘lishsizlik, nisbat shakllari, shuningdek, modallik va zamon kategoriyasiga ega. Sifatdoshlar otlashganda ot kategoriyasiga xos grammatik qonuniyatlarga ega bo‘ladi, ya’ni ko‘plik, kelishik va egalik affiksini qabul qiladi. Gapda ega, to‘ldiruvchi va hol vazifasini bajaradi. Ko‘makchi fe’llar bilan birikkanda sifatdoshlar tuslanishining murakkab shakllarini yuzaga keltiradi. Sifatdoshlar quyidagi affikslar orqali hosilbo‘ladi:
-däči, -dačï, -tačï, -täči affiksi: boldači “boʻlajak”, öltäči “oʻlajak”, ačtači “ochajak”, körtäči “koʻrajak”. Bu sifatdosh kesim va sifatlovchi boʻlib keladi: …turk bodun öltäčisän– turk xalqi o‘lajaksan, öltäči bodunuğ – oʻlajak xalq.
-r(-ar, -är, -ïr, -ir, -ur, -ür) affiksi: učar “uchar”, adïrar “ayirar, ögirär “sevinar”, küyär “kuyar”, qabïšïr “birlashur”, barïr “borir”, emgätir “zahmat chekar”, kelir “kelur”, saqïnur “oʻylanur”, qarïšur “qorishur”, ökläšür “tortishur”, közünür “koʻrsatur”. Bu formada kelgan sifatdoshlar hozirgi zamonda bo‘layotgan ish-harakatni ifodalaydi.
-mïš, -miš, mïs, - mis, -muš, -müš affiksi: ağzanmïš “aytilgan”, tuğmïš “tugʻilgan”, kösämiš “istagan”, ötünmiš “oʻtingan”, qïlïnmïs “qilingan”, kelmis “kelgan”, tutmïs “tutgan”, körmüš “koʻrgan” va h.k. Bunday sifatdoshlar o‘tgan zamonda eshitilganlik ma’nosini bildiradi. Sifat ma’nosiga ega bo‘lganda esa gapda aniqlovchi funktsiyasida ishlatiladi: ögüm qatïnuğ kötürmiš Tәңri “onam Xotinni ko‘targan Tangri (KT). Bu sifatdosh kesim vazifasida ham keladi: kiši oğlï qïlïnmïs “inson bolasi yaratilgan”; tört buluŋ yağï ermiš “to‘rt tomon dushman ekan” (KT).
-ğma, -gmä (-ïğma, -igmä, -uğma, -ügmä) qoʻshimchasi: udïzïğma “uyushtirgan”, yaratïğma “yaratilgan”, berigmä “bergan”, keligmä “kelgan”, učuğma “uchgan”.
-ğučï, -güči, -qučï, -küči qoʻshimchasi: barğučï “boruvcni”, qolunğuchi “tilanuvchi’, bidgüči “yigʻilgan”, ağqučï “chiquvchi”.
- sïğ, -sig, -suğ, -süg, -saq, -säk affiksi: tutsïq “tutadigan”, ančulasïq “taqdim etilgan”, išlämäsig “ishlanmagan”, sözlämäsig “sözlanmagan”.
-duq, -dük, -tuq, -tük qoʻshimchasiqaysi variantining qo‘llanishi negizning qalin-ingichkaligigabog‘liq: barduq “borgan”, yanduq – qaytgan, boltuq “boʻlgan”, qazğantuq “qozongan”, qïlïntuq “yaratilgan”, tegdük “etgan, erishgan”, išidmädük “eshidmagan”, tebrätük “tebratgan”, biltük “bilgan”. Bu sifatdosh ham sifatlovchi, kesim va hol vazifasida keladi: barduq yerdä “borganyerda”; ičikdük üčün “taslim bo‘lgani uchun”; men iglädüktä “men kasal bo‘lganda”; qağanta adrïlmaduq “hoqondan ayrilmagan”.
- ğu, -gü, -qu, -kü qoʻshimchasi runik yodnomalarda kam uchrasa-da, uygʻur, Turfon va moniy matnlarda kengroq qoʻllangan: barğu - boradigan, kirgü– kiradigan, qutqarqu– qutqaradigan, tökülgü - toʻkilgan, sözlägü - soʻzlagan.
Hozirgi borgim yo‘q, ko‘rgisi kelmadi singari iboralardagi -gi qayd etilgan-ğu, -gü ning shaklidir. Undan so‘ng -luq, -lük ham qo‘llanishi mumkin; topulğuluq “tor-mor qiladigan”, üzgülük “uzadigan”. Bu qo‘shimcha hozirgi o‘zbek tilida ham bor: ko‘rgiligi bor ekan, borgilik qilmasin.
-ğlï, -gli qoʻshimchasi undosh bilan tugagan negizga qoʻshilganda oldida bir tor unli paydo boʻladi,qaysi variantining qo‘llanishi negizning qalin-ingichkaligiga bog‘liq: azğuruğli “adashgan”, quvratïğlï “yigʻilgan”, oqïğlï üntägli täŋri “chaqiruvchi, javob beruvchi tangri”, keligli “keladigan”.

Download 473.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling