1. Qadimgi Xitoyning ilk davlatlari
Eramizdan avvalgi VIII – III asrlarda Xitoy
Download 310.47 Kb. Pdf ko'rish
|
8-mavzu javobi
1.1 Eramizdan avvalgi VIII – III asrlarda Xitoy
Er. avv VIII asr boshlarida chjoularning Xuanxe daryosi yuqori oqimi havzasida yashagan lun qabilalari bilan to`qnashuvi kuchayadi. Junlar kelib chiqishi chjoularga qarindosh edilar, lekin turmush tarzi va xo’jalik yuritish shakli bilan farq qilganlar. Van davrida (781-771 yillar) yarim ko`chmanchi junlar bilan hal qiluvchi to`qnashuv yuz beradi. Merosiy yer mulklarni ko`payishi, ijoxou (merosiy hudud hokimlari) mustaqilligini kuchayishi Van hokimiyatini zaiflashtirdi. Chjou Pix-van isenchi chjouxoular va junlar hujumini qaytara olmadi. U poytaxt hududini tashlab ketishiga majbur bo`ladi. Bu voqea Xitoy an`anasida G`arbiy Chjou davrini tugashi deb hisoblanadi. Er. avv 770 yil poytaxt sharqqa hozirgi Loyan hududiga ko`chiriladi. Shu sababli er. avv VIII-III asrlar Sharqiy Chjou davri deb ataladi. Junlardan qochish vanning obro`-e`tiborini keskin tushirib yubordi. Endilikda u Chjoular o`rtasidagi o`zaro munosabatlarga aralasha olmadi. Chjoxoular amalda mustaqil hokimlarga aylandilar Vanning yerlari kamaytirilib, unga o`lpon to`lanmay qo`yildi. Er. avv. VIII asr oxirida Xitoy mingdan ziyod bir-biri bilan urushayotgan mustaqil mulklarga bo`linib ketdi, ammo ular mamlakatning an`anaviy birligini ramzi sifatida Chjou vanini oliy hokimiyatini rasman tan oldilar. Bu davrda ijtimoiy tabaqalanish murakkablashdi, qullarning va qaram aholining soni o’sdi. Pul-tovar munosabatlari, ishlab chiqarish kuchlari o’sadi. Van tomonidan yer-mulklar zodagonlar, harbiylarga taqsimlab beriladi. Yerga xususiy mulkchilik paydo bo’ladi.
Download 310.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling