1. Qaysi gapda qator undoshli so'z ikki o'rinda qatnashgan?


Download 28.39 Kb.
bet2/2
Sana21.02.2023
Hajmi28.39 Kb.
#1216552
1   2
Bog'liq
Shedever

qitiqlay boshladi.
Ushbu gapda ostiga chizilgan so'z qaysi usulda ma'nosi ko'chgan?
A)metafora B) metanimiya C) sinekdoxa D)kinoya
12.Quydagi gapda ajratib ko'rsatilgan so'z qanday ma'noni anglatmoqda?
Xalqimiz azal-azaldan ilmga,kitobga chanqoq.
A)suvsiragan B) zor bo'lmoq C) ishtiyoqmand D) tashna bo'lmoq.
13.Kamarlar odatda tog'ning belida,shamoldan pana, atrof yaxshi ko'rinadigan yerda bo'ladi. Ushbu gapda ajratilgan so'z qaysi usulda ma'nosi ko'chgan?
A)metafora B) sinekdoxa C) metonimiya D) kinoya
14. Bu yerga termulib parishon dunyo, To'g'rilab oladi qo'lda soatin.
Ushbu gapda ajratilgan so'z qaysi usulda ma'nosi ko'chagan?
A)metafora B)sinekdoxa C) metonimiya D) kinoya
15.Kurash bo'yicha o'tkazilgan musobaqada Qashqadaryo birinchi o'rinni egalladi. Ushbu gapda ajratilgan so'z qaysi usulda ma'nosi ko'chgan?
A) metafora B)metonimiya C) sinekdoxa D) kinoya.
16.Qaysi javobda ko'chma ma'nodagi so'z bilan ifodalangan birikma qatnashgan?
A) Axloqli kishi B)Umrbod qamoq C)Tovuqni so'ymoq D)Shabada yugurishi.
17.Qaysi javobda alohida ajratilgan so'z ko'chma ma'noda qo'llangan?
A) Dushmaningiz bilan tortishayotganingizda ham ochiqchasiga va mardlarcha fikr bildiring.
B) Kishi o'z fazilatlari haqida qancha kam bilsa,bizga shuncha yoqadi
C)Birdan koridorning narigi chetida kimningdir tez yurib kelayotgani eshitildi
D)Yuzning kulib turishi unchalik qiyin ish emas,ko'ngil kulib turishi kerak.
18.Qaysi javobdagi gapda ajratib ko'rsatilgan so'zning ma'nosi sinekdoxa usulida ko'chgan?
A) Yuzing qiyshiq bo'lsa,oynadan o'pkalama.
B) Qaltirayotgan lablaringdan bir so'zni anglab olish qanchalar qiyin.
C) Qaydan keldi,qo'ldagi uzuk,Qaysi inson berdi ko'ngulni?
D) Eldor Shomurodov Romadan boshqa jamoaga o'tishga hozirlanmoqda.
19.Qaysi javobda ko'chma ma'nodagi so'z bilan ifodalangan birikma qatnashgan?
A) yashil o'tlarni yulmoq B) diniy tasavvurlarga ega bo'lmoq
C) chiroyini hammaga oshkor qilmoq C) xayollarini uzoq joylarga yugurtirmoq.
20. Qaysi javobda sifat turkumiga oid ma'nodosh so'zlar qatnashgan?
A) bashara-turq B) ho'l-nam C) avval-oldin D) boy-kambag'al.
21.Qaysi gapda zid ma'noli so'zlar qatnashgan?
A) Yomon kelsa-buzar,yaxshi kelsa-tuzar.
B) Biz pokiza zotlarning naslimiz,tomirlarimizda ularning pok qoni bor.
C) Olmaxon yerdan ko'ra daraxtda yanada tezroq yuguradi.
D) Xushxabar olib kelgan yigitga hamma quvonch bilan tikiladi.
22.Tuproq qatlami qalin,sersuv yerlarda o'sgan archalar yo'g'on va bo'ydor bo'ladi.
Ushbu gapda alohida ajratib ko'rsatilgan so'zning shakildoshi qaysi javobda qatnashgan?
A)Ahmad-endi yigirmaga kirgan,bo'ydor,kelishgan yigit.
B) O'rtada o'rnatilgan bo'ydor archaga rang-barang o'yinchoqlar osilgan edi.
C) Bir zag'cha o'z qavmidagi boshqa zag'chalardan bo'ydorroq edi.
D) Bo'ydor gullar bog'ning ko'rki hisoblanadi.
23.Qaysi so'zlar qatorida boshqalari bilan o'zaro ma'nodoshlik hosil qila olmaydigan so'z ishtirok etgan?
A) hurmoq,vovillamoq,akillamoq. B) hurmat,izzat,ehtirom.
C) inoq,ahil,qadrdon D) inqiroz,tanazzul,qulash.
24.Tenglik hukm surgan joyda sotqin,aldamchi ehtiroslar,g'am-g'ussa bo'lmaydi.
A)Mamlakatda qanchalik xoin toifalar ko'paysa,shunchalik davlat ichidan yemirilib boraveradi.
B) Birovni qoralashdan oldin doimo uni oqlash imkoni bor-yoqligini o'ylash kerak.
C) Modomiki,vaqt eng qimmatbaho mulk ekan,unda vaqtni talon-taroj qilish eng og'ir gunohdir.
D) Faqat o'z shaxsiy manfaati haqida qayg'urib,burchini unutmoqlik o'taketgan pastkashlik.
25.Baxt shunday narsaki,borligida uni kishi sezmaydi,yo'qligida orzu qiladi.
Berilgan gapda jarangsiz juftiga ega bo'lmagan jarangli undosh necha o'rinda qatnashagn?
A)11 B) 14 C) 13 D) 12
26.O'rnida sidqidildan aytilgan oddiygina so'z qudratli hamda yengilmas kuchga aylanadi. Ushbu gapda faqat jarangli undoshlardan tashkil topgan so'zlar soni qancha?
A)1 B) 2 C) 3 D) 4.
27.Nonushta yo tushlikka yozarkanmiz dasturxon,Dasturxonga zeb berib,bo'y taratar kulcha non. Ushbu gapda fonetik hodisaga uchragan so'z necha o'rinda qatnashgan?
A) 1 ta B) 2ta C) 3ta D) 4ta.
28.Berilgan gapdagi so'zlar imlosida necha o'rinda fonetik o'zgarish ro'y bergan?
Sening tug'ilib o'sgan shahringdan ayrilib yashashingni bilmagandim.
A)3 B) 6 C) 5 D) 4
29.Hech borolmas muhabbat ayriliqdan o'rganib. Ushbu gapda so'zlar imlosida nechta tovush tushgan?
A)2 ta B) 1 ta C) 3 ta D) 4 ta
30.Qaysi javobdagi gapda lab undoshini noto'g'ri qo'llanishi natijasida yuzaga kelgan imloviy xatolik kuzatilgan?
A) So'z-inson qudratining qo'mondoni,u- xayotning buyuk quroli.
B) O'rnida aytilgan ezgu fikr dunyoni harkatlantiruvchi kuchdir
C) So'z bilan ifodalangan har qanday fikrta'sir ko'lami tugamaydigan kuchdir.
D)Kitoplar keksalikda eng yaxshi do'st,aynipaytda yoshlikning eng aziz rahnamosidir.
Download 28.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling