1-sentabr — mustaqillik kuni kirish 1-dars


-mashq.  Matndagi ajratilgan so‘zlarni lug‘at daftaringizga yozing


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/146
Sana18.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1680389
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146
Bog'liq
Darslik 8-sinf ona tili yangi

3.4-mashq.
 Matndagi ajratilgan so‘zlarni lug‘at daftaringizga yozing. 
Quyidagi izohlardan ularga mosini tanlang: 
1)eng yaqin kishi, tug‘ishganday yaqin birodar; farzand; 2) cheksiz hurmatga 
loyiq ota; 3) olim va fozil kishi; 4) o‘tmishda amaldorlar xizmatida bo‘lgan kishi; 5) 
mayda tuproq; tuproqqa aylangan inson jasadi; 6) asboblar tig‘i, damini tiklamoq; 
aql-idrokni o‘stirmoq. 
3.5-mashq.
“Оta-ona hurmati – muqaddas burch” mavzusida chiroyli og‘zaki 
nutq tayyorlab, ifodali bayon eting. 
Savol va topshiriqlar 
1.Lug‘aviy ma’no ifodalovchi so‘zlar guruhi nima deyiladi? 
2.Gap bo‘lagi bo‘lib keladigan so‘zlar-chi? 
3.So‘roqqa javob bo‘luvchi so‘zlarni nima deb nomlaymiz? 


4.Quyidagi so‘zlarni ikki guruhga ajrating: 1) ma’nosi aniq; 2) ma’nosi noaniq: 
bormoq, nima, bu, ortiq, o‘shanday, kitob, sariq, barcha, ular.
5. Аnvar va Jahongir – o‘rtoqlarim. Ular bilan birga dam oldik. Ular so‘zining 
aynan shu gapdagi ma’nosi aniqmi yoki noaniq? Bu nima evaziga sodir bo‘ldi?
6.Nuqtalar o‘rniga mos so‘z qo‘ying: ...gan ...lar ...magandan ...roq ...adi. Bu 
so‘zlarni tanlashingizga nima asos bo‘ldi? 
7.Quyidagi shartli so‘zlardan gap hosil qiling: ardim, sarga, chardan, ben. 
So‘zlar ma’nosini bilmasdan gap hosil qilishda nimaga tayandingiz?
8.Yaxshi bola yaxshi o‘qiydi gapidagi yaxshi so‘zlari qaysi belgisi asosida 
farqlanadi? 
Uyga vazifa 
3.6-mashq.
  Yozgi ta’tildan olgan taassurotlaringiz haqida matn tuzing. 
Undagi mustaqil so‘zlarni ma’nodoshlari bilan almashtirib ko‘ring. Qanday 
farqlarni sezdingiz? 
Eslatma
Mustaqil so‘z lug‘aviy ma’no anglatadi, so‘roqqa javob bo‘lib, biror gap 
bo‘lagi vazifasida keladi.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling