17. Qaysi javobda Farg`ona shеvasiga mansub so`zlar bеrilgan?
A) o`jak, g`o`z, sеcha B) qaqqa, lagan, borvotti.
C) kallapo`sh, xo`jak, g`o`lum. D) juvari, innеykin, ashulla
18. Olimlarning taxminlariga ko‘ra, til qaysi tuzum davrida paydo bo‘lgan?
A) quldorlik tuzumi davrida B) ibtidoiy jamoa tuzumi davrida C) urug‘chilik tuzumi davrida D) to‘g‘ri javob bеrilmagan.
19. Beshta kelishik shakli mavjud bo‘lgan lahja qaysi javobda berilgan
А) qarluq lahjasi В) qipchoq lahjasi С) o‘g‘uz lahjasi
Д) A, B
20. So‘z oxirida k yoki q tovushlari tushiriladigan lahja nomi qaysi javobda berilgan?
А) qarluq lahjasi В) qipchoq lahjasi С) o‘g‘uz lahjasi
Д) to‘g‘ri javob berilmagan.
21. Qaysi davrdagi o‘zbek tili eski o‘zbek adabiy tili deb yuritiladi?
A) miloddan oldingi davrlardan to X asrlargacha bўlgan davrdagi til B) XI – XIV asrlarda amalda bo‘lgan til C) XIX asrning ikkinchi yarmidan hozirgi davrgacha ishlatib kеlinayotgan til D) XV asrdan XIX asrning ikkinchi yarmigacha qo‘llangan til.
22. Eski turkiy tilda yozilmagan asar nomi qaysi javobda berilgan?
A) Mahmud Koshg‘ariyning “Dеvonu-lug‘atit-turk” (“Turk tillari dеvoni”) asari B) O‘rxun-Enasoy yodgorliklari
C) Rabg‘uziyning “Qissai Rabg‘uziy” asari D) Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” (“Saodatga yo‘llovchi bilim”) asari
23. Quyidagilardan qaysi biri turkiy tillarga mansub emas?
A) ёқут B) bolgar C) қорачой D) балқар
24. Turkiy tilni tadqiq qilgan birinchi alloma nomi qaysi javobda berilgan?
A) Koshg‘ariy B) Zamahshariy C) Mahmud D) Yusuf
25. O‘zbek tili tizimli tarzda qachondan boshlab tadqiq qilina boshladi?
A) XI asrdan boshlab B) XVI asrdan boshlab C) XIX asrdan boshlab D) XX asrdan boshlab
26. O‘zbek tilidan tojik tiliga o‘tgan so‘z qaysi javobda berilgan?
A) доно, B) қаймоқ C) maktab D) vergul
Do'stlaringiz bilan baham: |