17. Quyidagilardan qaysi biri turkiy tillarga mansub emas?
A) ёқут B) bolgar C) қорачой D) балқар
18. Turkiy tilni tadqiq qilgan birinchi alloma nomi qaysi javobda berilgan?
A) Koshg‘ariy B) Zamahshariy C) Mahmud D) Yusuf
19. O‘zbek tili tizimli tarzda qachondan boshlab tadqiq qilina boshladi?
A) XI asrdan boshlab B) XVI asrdan boshlab C) XIX asrdan boshlab D) XX asrdan boshlab
20. O‘zbek tilidan tojik tiliga o‘tgan so‘z qaysi javobda berilgan?
A) доно, B) қаймоқ C) maktab D) vergul
21. Tilshunoslik fanining turlari noto‘g‘ri berilgan javobni toping.
A) umumiy va xususiy tilshunoslik; B) nazariy va amaliy tilshunoslik; C) qiyosiy va tavsifiy tilshunoslik; D) barcha javoblar to‘g‘ri.
22. Umumiy tilshunoslik fanining maqsadlari noto`g`ri ko`rsatilgan javobni toping.
A) tilning tabiatini, mohiyatini aniqlash; tillarning tasnifini yaratish; B) til haqidagi fanning sathlarini va ularni o`rganuvchi sohalarni belgilash; C) lingvistik bilimlarni tajribada qo`llash D) lingvistik tahlil metodikasini ishlab chiqish .
23. Qaysi javobda shеvaga xos so`zlar bеrilgan?
A) ushbu, kitob, daftar B) bu yoqqa, ana u еrda C) kеlopti, borvotti, aytovuz D) oliynasab, mujgon, go`ja
24. Til taxminan qaysi davrda paydo bo‘lgan?
A) o‘q-yoy kashf qilingandan keyin; B) oila paydo bo‘lgandan keyin;
C) ibtidoiy jamoa tuzumi davrida; D) gzildirak kashf qilingandan keyin.
25. Tilning tarkibiy qismlari noto`g`ri berilgan javobni aniqlang.
A) tovushlar tizimi; B) harflar tizimi; D) grammatik qurilishi; D) lug`at boyligi.
26. Quyida berilgan tillardan qay biri o‘lik tillarga kiradi?
A) uyg‘ur tili B) lotin tili C) yoqut tili D) yunon tili
27. Hozirgi o‘zbek adabiy tili uchun qaysi shevalar asos qilib olingan?
A) Andijon-Shahrixon B) Xorazm-Urganch C) Toshkent-Guliston D) Farg‘ona-Toshkent
Do'stlaringiz bilan baham: |