1. Soliq bazasi Foyda solig’i solinadigan bazasi Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq obyekti


Soliq to‘lovchilar tarkibi va soliq obyekti


Download 28.8 Kb.
bet3/4
Sana14.12.2022
Hajmi28.8 Kb.
#1005110
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu.docx Soliq 2

3.Soliq to‘lovchilar tarkibi va soliq obyekti
Quyidagilar foyda solig’ining soliq to’lovchilari deb yuritiladi
- O’zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari bo’lgan yuridik shaxslar;
- O’zbekiston Respublikasining norezidentlari bo’lgan yuridik shaxslar, shuningdek O’zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasalar orqali amalga oshiradigan, yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmalari;
- O’zbekiston Respublikasidagi manbalardan daromadlar oluvchi O’zbekiston Respublikasi norezidentlari bo’lgan yuridik shaxslar;
- soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchilari bo’lgan yuridik shaxslar;
- soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan daromadlari bir milliard so’mdan ortiq bo’lgan yoki o’z ixtiyori bilan foyda solig’ini to’lashga o’tgan yakka tartibdagi tadbirkorlar;
- oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat to’g’risidagi shartnoma) doirasida amalga oshiriladigan faoliyat bo’yicha oddiy shirkatning ishonchli shaxsi.
Agar Soliq kodeksida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, aylanmadan soliq to’lovchi shaxslar soliq to’lovchilar hisoblanmaydi.
Yuridik shaxslar foyda solig‘i bo‘yicha byudjet bilan hisob-kitoblarni mustaqil ravishda amalga oshiradilar. Ayrim iqtisodiyot tarmoq korxonalari byudjet bilan hisob-kitoblarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan markazlashtirilgan tartibda amalga oshirishlari mumkin (misol uchun, energetika, neftgaz-xolding kabi tarmoq korxonalari).
Soliqqa tortish maqsadida foydaga soliq to‘lovchilarni rezidentlar va norezidentlarga ajratiladi
- O’zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari;
- O’zbekiston Respublikasining soliq solish masalalari bo’yicha xalqaro shartnomalariga muvofiq ushbu xalqaro shartnomalarni qo’llash maqsadlari uchun O’zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb e’tirof etilgan chet el yuridik shaxslari;
- haqiqatdagi boshqaruv joyi O’zbekiston Respublikasi bo’lgan chet el yuridik shaxslari, agar O’zbekiston Respublikasining soliq masalalari bo’yicha xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa.
O’zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari bo’lmagan yuridik shaxslar O’zbekiston Respublikasining norezidentlari deb ataladi.
O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan yuridik shaxslar O‘zbekistonda va undan tashqaridagi faoliyatdan olgan daromadlaridan foyda solig‘iga tortiladilar.
Rezidentlar doimiy faoliyat ko‘rsatuvchilar bo‘lsa, norezidentlar faoliyati Respublikada vaqtinchalik xarakterga ega bo‘ladi.

Download 28.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling