1. Тo‘lа ishonch bilаn аytish mumkinki, O‘zbеkistonRеspublikаsining Konstitutsiyasi xаlqimiz


Download 19.2 Kb.
Sana22.03.2023
Hajmi19.2 Kb.
#1286005
Bog'liq
25 variant


25 variant
1.Тo‘lа ishonch bilаn аytish mumkinki,
O‘zbеkistonRеspublikаsining Konstitutsiyasi xаlqimiz
siyosiy-huquqiy tаfаkkurining yuksаk nаmunаsidir.
Uhеch kimgа qаrаm bo‘lmаsdаn, erkin vа ozod,
tinchvа osoyishtа, fаrovon yashаshning qonuniy
kаfolаti
bo‘lib kеlmoqdа. Bozor
munosаbаtlаrigааsoslаngаnhuquqiy dеmokrаtik
dаvlаt, kuchli fuqаrolik jаmiyati bаrpo etish borаsidа
mustаhkаm poydеvor bo‘libxizmаt qilmoqdа.
Yuqorida bildirilgan so’zlar kimga tegishli
A)ShаvkаtМIRZIYOY
B)Islom Karimov
C)Ibn Sino
D)Amir Temur
2. Davlat tomonidan eng barqaror, doi- miy huquqlar
va jamiyat hayoti me’yorlari mustahkamlab qo‘yilgan
hujjat buA) Konstitutsiya B)Qonun
C)Farmon D)Qaror
3. «Konstitutsiya» so’zi qanday ma’noni anlatadi.
A)lotincha«constitutio» so‘zidan olingan bo‘lib,
«belgi- lash», «tuzilish» degan ma’nolarni anglatadi
B) arabchadan«constitutio» so‘zidan olingan bo‘lib,
«belgi- lash», «tuzilish» degan ma’nolarni anglatadi
C)ingilizcha«constitutio» so‘zidan olingan bo‘lib,
«belgi- lash», «tuzilish» degan ma’nolarni anglatadi
D) yunonchadan«constitutio» so‘zidan olingan bo‘lib,
«belgi- lash», «tuzilish» degan ma’nolarni anglatadi
4. Konstitutsiyaga berilgan qaysi ta’rif mos keladi.
A) jamiyat va davlat tuzilishini, davlat hokimiyati va
boshqaruv organlarini tuzish hamda ularning ish
faoliyati asosiy prinsiplari va vakolatlarini, fuqarolar
asosiy huquqlari va burchlarini, jamiyat va shaxs
o‘rtasidagi munosabat- larni belgilab beradi
B) barcha qonunlar, kodekslar, qarorlar va farmonlar
Konstitutsiya negizida va unga muvofiq tarzda qabul
qilinadi. Bu esa davlatning har bir me’yoriy hujjati
Konstitutsiyaga mos kelishi shart ekanligini anglatadi.
C) davlatning Asosiy qonuni, unda inson va fuqaroning huquq va erkinliklari e’lon qilinadi, e’tirof etiladi
va kafolatlana- di, davlat boshqaruvi shakli va
hududiy tuzilishi, hokimiyat markaziy va joylardagi
mahalliy organlarni tashkil etish tizimi va ularning vakolatlari bеlgilab qo‘yiladi, shuningdek, qonunchilik,
ijro organlari va sud hokimiyati organlarini tuzish
tartibga solib turiladi,
D)barchasi
5.Bosh qomusimiz hisoblangan Konstitutsiya nimalar
belgilab berilgan.
A)jamiyat va davlat tuzilishini, davlat hokimiyati va
boshqaruv organlarini tuzish
hamda ularning ish faoliyati asosiy prinsiplari va
vakolatlarini, fuqarolar
asosiy huquqlari va burchlarini, jamiyat va shaxs
o‘rtasidagi munosabatlarni belgilab berad
B) barcha qonunlar, kodekslar, qarorlar va farmonlar
Konstitutsiya negizida va unga muvofiq tarzda qabul
qilinadi. Bu esa davlatning har bir me’yoriy hujjati
Konstitutsiyaga mos kelishi shart ekanligini anglatadi. Konstitutsiya jamiyat hayotining barcha
sohalariga, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-axloqiy,
maishiy, mehnat faoliyati, shaxsiy hayotga va boshqalarga ta’sir o‘tkazadi.
C) davlatning Asosiy qonuni, unda inson va fuqaroning huquq va erkinliklari e’lon qilinadi, e’tirof etiladi
va kafolatlana- di, davlat boshqaruvi shakli va
hududiy tuzilishi, hokimiyat markaziy va joylardagi
mahalliy organlarni tashkil etish tizimi va ularning vakolatlari bеlgilab qo‘yiladi, shuningdek, qonunchilik,
ijro organlari va sud hokimiyati organlarini tuzish
tartibga solib turiladi,
D)barchasi
6. Davlatning Asosiy qonuni buA)Konstitutsiya
B)Huquqiyasoslar
C)Iqtisodiyasoslar
D)Siyosiy asoslar
7. Konstitutsiya bilan konstitutsiyaviy huquq
o‘rtasidagi farq…………
A) Konstitutsiya konstitutsiyaviy huquq tarmog‘i,
o‘quv fani sifatida
konstitutsiyani o‘rganish predmetining asosiy negizi
hisoblanadi,
B)konstitutsiyaviy huquq – huquq tarmog‘i,
Konstitutsiya esa ana shu
tarmoq manbayi.
C) Huquq o‘zida umummajburiy normalar tizimini
mujassamlashtirad
D) Ava B javoblar
8. ba’zi normalar(a) ……….. turmush sohasida
vujudga keladigan munosabatlarni, ba’zilari esa
…………(b)munosabatlarni tartibga soladi.
A)(a) oilaviy,(b) mehnat yoki mulkiy
B) (a) oilaviy,(b) mehnat yoki shaxsiy
C) (a) shaxsiy(b) mehnat yoki mulkiy
D)barchasi
9. ………………………..davlat tomonidan
qonunlarda va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda
belgilangan va davlatning majburlash kuchi
bilan muhofaza qilinadigan, mamlakat barcha aholisi
uchun majburiy bo‘lgan xulq-atvor qoidalari tizimi.
A) Huquq B)Qonun C)Farmon D)Burch
10.Huquqiy tartibotA)davlat tomonidan qonunlarda va boshqa me’yoriyhuquqiy hujjatlarda belgilangan va davlatning
majburlash kuchi
bilan muhofaza qilinadigan, mamlakat barcha aholisi
uchun majburiy bo‘lgan xulq-atvor qoidalari tizimi.
B) jamiyatdagi munosabatlarning ma’lum bir holati
bo‘lib, unga mamlakatning Asosiy qonuni –
Konstitutsiya va boshqa huquqiy me’yorlariga
majburiy ravishda hamma rioya qilishi, shaxs
huquq va erkinliklari ta’minlanishi natijasida
erishiladi.
C) milliy huquq tizimida huquqning yetakchi
tarmog‘idir, chunki eng oliy yuridik kuchga ega
bo‘lgan Konstitutsiya
uning asosiy manbayi bo‘lib xizmat qilad
D) Boshqa qonunchilik va me’yoriy-huquqiy hujjatlar
ham huquqning ana shu tarmog‘i
manbalari hisoblanadi.
11.Konstitutsiyaviy huquqA)davlat tomonidan qonunlarda va boshqa me’yoriyhuquqiy hujjatlarda belgilangan va davlatning
majburlash kuchi
bilan muhofaza qilinadigan, mamlakat barcha aholisi
uchun majburiy bo‘lgan xulq-atvor qoidalari tizimi.
B) jamiyatdagi munosabatlarning ma’lum bir holati
bo‘lib, unga mamlakatning Asosiy qonuni –
Konstitutsiya va boshqa huquqiy me’yorlariga
majburiy ravishda hamma rioya qilishi, shaxs
huquq va erkinliklari ta’minlanishi natijasida
erishiladi.
C) milliy huquq tizimida huquqning yetakchi
tarmog‘idir, chunki eng oliy yuridik kuchga ega
bo‘lgan Konstitutsiya
uning asosiy manbayi bo‘lib xizmat qilad
D) Boshqa qonunchilik va me’yoriy-huquqiy hujjatlar
ham huquqning ana shu tarmog‘i
manbalari hisoblanadi.
12.O‘zbekiston Respublikasi asosiy huquq
tarmoqlariga qaysilar kiradi.
1) Ma’muriy huquq,2) Konstitutsiyaviy
huquq,3) Jinoyat huquqi,4) Moliyaviy huquq,5)
Ekologik huquq,6) Yer huquqi
7) Oila huquqi,8) Mehnat huquqi,9) Fuqarolik
huquqi,10) Fuqarolik burch
A)1,2,3,4,5,6,7,8,9
B)1,2,3,4,5,6,7,8,10
C)2,3,4,5,6,7,8,9,10
D)1,3,4,5,6,7,8,9,
13. Konstitutsiyaviy huquqning asosiy manbayi buA) Huquq B)Qonun
C)Farmon D) Konstitutsiya
14.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida uning
barqarorligini ta’minlash, tez-tez o‘zgartirishlar
kiritilishiga monelik qilish bo‘yicha himoya choralari
nazarda tutilgan. Ular Asosiy qonunning nechinchi
bo‘limida bayon etilgan bo‘lib, unda o‘zgartirishlar
kiritish tartibi va shartlari keltirilgan
A)VI bob B)VII bob C)VIII bob D)IX bob
15. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga
o‘zgartirishlar, qanday tarizda amalga oshiriladi.
A) Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi deputatlari
va Senati a’zolari umumiy sonining kamida uchdan
ikki qismidan iborat ko‘pchiligi tomonidan ovoz
berilsa yoki O‘zbekiston Respublikasi referendumi
jarayonida kiritilishiga yo‘l qo‘yilad.
B)Siyosiy partiyalar, Oliy Majlisning Qonunchilik
palatasi deputatlari va Senatia’zolari umumiy
sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat
ko‘pchiligitomonidan ovoz berilsa yoki O‘zbekiston
Respublikasi referendumi jarayonida kiritilishiga yo‘l
qo‘yilad
C)Jamoat tashkilotlari ,Oliy Majlisning Qonunchilik
palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy
sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat
ko‘pchiligi tomonidan ovoz berilsa yoki O‘zbekiston
Respublikasi referendumi jarayonida kiritilishiga yo‘l
qo‘yilad.
D)Mahaliy tashkilotlar Oliy Majlisning Qonunchilik
palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy
sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat
ko‘pchiligi tomonidan ovoz berilsa yoki O‘zbekiston
Respublikasi referendumi jarayonida kiritilishiga yo‘l
qo‘yiladi.
16.Qonunchilik organi tegishli taklif kiritilgandan
keyin qancha vaqt mobaynida Konstitutsiyaga
o‘zgartirishlar hamda tuzatishlar kiritish to‘g‘risida
keng va har taraflama muhokamani hisobga olgan
holda qonun qabul qilishi mumkin.
A)Olti oy B)Besh hoy
C)Uch oy D)Yetti oy
17. Agar Oliy Majlis Konstitutsiyaga o‘zgartirish
kiritish to‘g‘risidagi taklifni rad etsa, taklif qancha
vaqt o‘tgandan keyingina qayta kiritilishi mumkin.
A) bir yil B)ikki yil C)uch yil D)to’rt yil
18. Barcha davlat organlari o‘z aktlarining
O‘zbekiston Respublikasi
…………………muvofiqligi uchun mas’uldir.
A) Huquq B)Qonun
C)Farmon D) Konstitutsiya
19.O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
KONSTITUTSIYASINING
ALOMATLARni sanang.
A)Davlatning Asosiyqonuni
B) Oliy yuridik kuchgaega
C)Joriy qonunchilikning asosiymanbayi, negizi
D)Barchasi
20.Moslashtiring.
1) Konstitutsiya, 2) huquq, 3) konstitutsiyaviy huquq
,4) konstitutsiyaviy huquqning asosiy manbayi,
5) konstitutsiyaviy huquq normalari
a) davlatning Asosiy qonuni; b) davlatdagi
umummajburiy normalar tizimi; c) huquqning oliy
tarmog‘i;d) Konstitutsiya; e) jamiyat va davlat
tuzilishi asoslarini mustahkamlab qo‘yadi;
A)1-a,2-b,3-c,4-d,5-e,
B)1-a,2-b,3-c,4-d,5-e,
C)1a,2-b,3-c,4-e,5-d,
D)1-a,2-b,3-d,4-c,5-e,
21. Qachon O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
loyihasi olim, jamoat namoyandalari va davlat
boshqaruv organlari
mutaxassislari tomonidan puxta ishlab chiqildi
A)1990-yil 20-iyun
B)1991yil 31-avgust
C)1990-yil 24-mart
D)1992-yil 8-dekabr
22. Konstitutsiya loyihasining umumxalq muhokamasi
……… oy (a) davom etdi. Umumxalq muhokamasi
jarayonida kelib tushgan ……..(b) taklif asosida
loyihaga ……..(c)dan ortiq tuzatishlar kiritildi.
A)uch oy(a),6000(b),(c)80
B)uch oy(a),600(b),(c)80
C)uch oy(a),8000(b),(c)80
D)to’rt oy(a),6000(b),(c)80
23. O‘zbekiston Respublikasining hozir amal
qilayotgan Konstitutsiyasi qachon qabul qilingan.
A) 1990-yil 20-iyun
B)1991yil 31-avgust
C)1990-yil 24-mart
D)1992-yil 8-dekabr
24. O‘zbekiston Respublikasining hozir amal
qilayotgan Konstitutsiyasi nechanchi sessiyasida
qabul qilingan.
A)XI B)XII C)VI D)VIII
25. Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Konstitutsiyasi
shu tarzda amalga kiritildi – va qachon umumxalq
bayrami deb e’lon qilindi.
A)8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi qabul qilingan kun,.
B)10-dekabr – O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi qabul qilingan kun,.
C)12-dekabr – O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi qabul qilingan kun,.
D)89dekabr – O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi qabul qilingan kun,.
26. Konstitutsiyada mafkuraviy xilma-xillik,
ko‘ppartiyaviylik, ya’ni biror muhim muammoni hal
etish bo‘yicha fikrlar xilma-xilligi ko‘zda tutiladigan
………………..mustahkamlab qo‘yilgan
A)siyosiy plyuralizm
B) iqtisodiy plyuralizm
C) ijtimoiy plyuralizm
D) davlat plyuralizm
27. Konstitutsiya nima birinchi o‘ringa qo‘yilgan.
A)Inson B)Davlat C)Hokimyat D)Oliy Majlis
28. Konstitutsiyada, shuningdek, kimlarni o’rtasida
o‘zaro huquqlar va burchlar bilan bog‘lovchi prinsipni
ham mustahkamlab qo‘yilgan.
A)Davlat va fuqarolar
B)Davlat va Oliy Majlis
C)Xalq qabulxonalari va Prezident
D)Prezident va xalq
29. Konstitutsiyaning kirish qismi nima deb ataladi.
A)Muqaddima B)Bob
C) preambula; D)A va C javoblar to’g’r.

Tuzuvchi.SHoyimov Vohid





Download 19.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling