1-Variant Plastik kartlar turlari va to’lovlarini amalga oshirish


Web Money to‘lov tizimidan foydalanish texnologiyasi hamda elektron to‘lov tizimida axborot xavfsizligini ta’minlash usullari


Download 0.58 Mb.
bet11/30
Sana02.03.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1243397
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30
Bog'liq
EET yakuniy

3.Web Money to‘lov tizimidan foydalanish texnologiyasi hamda elektron to‘lov tizimida axborot xavfsizligini ta’minlash usullari.
Web Money to‘lov tizimidan foydalanish texnologiyasi hamda elektron to‘lov tizimida axborot xavfsizligini ta’minlash usullari.


Tayanch so‘zlar va iboralar: “E-to’lov tizimlari”, kompyuter tizimida “E-to’lov tizimlari” bilan ishlash, unumdorlik, ma’lumotlarni qayta ishlash, adapter, tizim, tasvirlarni qayta ishlash, ishonchlilik, tayyorlik koeffitsienti, xususiyatlar, amaliy dastur.
Ishning maqsadi: Web Money to‘lov tizimidan foydalanish texnologiyasini – o’quvchilar o’quv materialini ko’rgazmali taqdim etish va shu bilan birga o’qitish samaradorligini oshiruvchi yordamchi materiallar o’rganish.


Nazariy qism:
Web Money (http://www.webmoney.ru) tizimi Internetdan foydalanuvchiga xavfsiz naqd pulli to‘lov larni amalga oshirishga, On-line rejimida Web-t pish deyiluvchi elektron naqd pullar bilan hisob-kitob qilishga imkon beradi. Tizim mijozlari Internet - do‘konlar va ularning iste’molchilari hisoblanadi. Bir tomondan qaraganda, bular internet-do‘konlar, boshqa tomondan esa, hisob-kitob qilishning an’anaviy usulidan foydalanilmaydigan yoki imkoniyati yo‘q, ixtiyoriy internetdan foydalanuvchilar hisoblanadi.

4-rasm. Web Money to’lov tizimlari.


Internetning paydo bo’lishi bilan birga biz bir lahzada so’nggi birja ma`lumotlari, online magazin, mobil aloqa kompaniyalarining doymo yangilanib va kengayib borayotgan hizmatlari, Internet provayderlari, IP-aloqa va boshqa turdagi minglab saytlaridan foydalanish imkoniyatiga egamiz. Bunday qulaylik tovar va hizmatlar uchun tunu kun to’lovlarni amalga oshirish uchun zamin yaratadi. Internet millionlab foydalanuvchilarining har biriga yirik auditoriyani yaratdi. Internet bugungi kunda butun jahon erkin bozoriga aylandi, elektron to’lov tizimlari esa sotuvchi va haridorlarning bir lahzada hisob-kitobi uchun imkoniyat yaratadi.
1998 yil 24 noyabrda Internet tizimida tovar va hizmatlar bozori ishtirokchilari o’rtasida hisob-kitoblarni havfsiz real vaqt oralig`idaravishda amalga oshirish, shuningdek hususiy pul o’tkazmalarini amalaga oshirish imkoniyatini beruvchi WebMoney Tranfer elektron to’lov tizimi o’z f aoliyatini boshladi.


WebMoney Tranfer – bu elektron hisob tizimi bo’lib, unda barcha foydalanuvchilar universal hisob birliklari bilan ayira boshlashlari mumkin: WebMoney (WM) titul belgilari bilan. WM titul belgilari bilan Internet tizimida tovar va hizmatlar uchun to’lov sifatida qabul qilinishi mumkin, undan tashqari WM titul belgilarini keng tarqalgan WM ayira boshlash shahobchalari orqali bank yoki pochta o’tkazmalariga, boshqa titul belgilariga ayira boshlash mumkin. 
O’z kompyuterida WM Keeper mujozlik dasturiy ta`minot tizimini ornatish bilan WebMoney Tranfer tizimi foydalanuvchisi maqomini oladi. Har bir WebMoney Tranfer tizimi foydalanuvchisi o’z shahsiy WM-hamyonni ochadi (yoki turli hildagi WM titul belgilari uchub bir necha hamyonlarni), bu hamyondan boshqa bir istalgan hamyonga tovar va hizmatlar uchun to’lov sifatida mablag`larni bir zumda o’tkazishi mumkin, yoki hususiy o’tkazmani amalga oshirishi mumkin. Bunda o’tkazma uchun foyiz – o’tkazma miqdoridan 0.8%, biroq mutanosib ravishda 50 dollardan oshmagan holda. Titul belgilarining hisobi, saqlanishi va bir zumda bir foydalanuvchining hisobidan boshqa foydalanuvchi hisobiga o’tkazilishi WM Keeper mujozlik dasturiy ta`minot tizimi tomonidan olib boriladi. WebMoney Tranfer tizimida moliyaviy va huquqiy kafolatni Tizim garant lari ta`minlaydi.
Havfsizlik tadbirlari majmuasi foydalanuvchilarning mablag`laridan noqonuniy foydalanish holatlarinig oldini oladi va ma`lumotlarning sir saqlanishini ta`minlaydi. Mahfiy habarlar orqali boshqa foydalanuvchilar bilan yopiq muloqaat olib borish, shartnoma kismlarini muhokama qilish, to’lovlarni sharhlab borish mumkin. Amalda ko’rsatilganidek, WebMoney Tranfer tizimining himoyalanganlik darajasi boshqa to’lov tizimlarinikidan ko’ra ancha yuqori.
WebMoney Tranfer tizimida foydalanuvchilar o’rtasidagi bahsli holatlarni hal etish uchun Hakamlik hizmati va foydalanuvchining hohish-istagiga qarab uning shahsini tasdiqlovchi elektron raqamli attestatlar beruvchi WM-attestatlash hizmatlari mavjud.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling