10. 1-Mavzu. Embrionning uchinchi bahorgi rivojlanish davri


Gruppaviy jadval deganda o`rganilayotgan ob`ektlarni birbelgi asosida guruhlash natijalarini ifodalaydigan jadval nazarda tutiladi


Download 0.52 Mb.
bet2/8
Sana31.03.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1313917
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Statistik grafiklar va ularning tasniflanishi

Gruppaviy jadval deganda o`rganilayotgan ob`ektlarni birbelgi asosida guruhlash natijalarini ifodalaydigan jadval nazarda tutiladi.
  • Kombinatsion jadval – bu ega qismida ob`ektlarni ikkita va undan ortiq belgilari asosida guruhlash natijalarini aks ettiradigan jadvallar.
  • Statistik jadval ixcham va ko`rimli chiqishi uchun uni tuzishda quyidagi qoida va tartiblarga amal qilish kerak:
  • Jadval uncha katta bo’lmasligi kerak. Agar o’rganilayotgan to’plam judamurakkab bo’lsa, u holda uni bitta jadval yordamida emas, balki bir-biri bilanbog’langan bir nechta jadvalda ifodalash zarur.
    • 2. Jadvalning umumiy sarlavhasi uning mazmunining qisqa ifodasi bo’lishi kerak.Unda vaqt, hudud, o’lchov birligi (agar ham ko’rsatkichlar bitta o’lchov 32 birligida o’lchansa) ko’rsatiladi. Ustun va qatorlardagi nomlar ham aniq, qisqava tushunarli bo’lishi lozim. Jadvallarda so’z qisqartirishsiz yoziladi. Agar umumiy o’lchov birligi bo’lmasa har bir qator va ustun uchun o’zining o’lchov birligi keltiriladi.
    • 3. Eganing qatorlari va kesimning ustunlari qo’shiladigan bo’laklar tamoyilida joylashtiriladi va oxirida jami chiqariladi. Agarda hamma bo’laklar to’g’risida ma’lumot bo’lmasa yoki ularni hammasini ko’rsatishga zaruriyat bo’lmasa oldin jami berilib, undan keyin shu jumladan degan so’z yozilib eng asosiy yoki kerakli bo’laklar sanab o’tiladi.
    • 4. Agarda jadval katta bo’lsa, qulaylik tug’dirish uchun jadvalning ustunlariga tartib nomeri beriladi, qatorlari bir, ikki va h.k yoki A, B, V harflari bilan belgilanishi mumkin. Jadvalda o’zaro bog’liq ma’lumotlar yonma-yon keltiriladi.
    • 5. Jadvalda ko’rsatkichlar bir-birini tekshira oladigan “soddadan murakkabga” tamoyilida joylashtirilishi kerak, bu esa ularni tekshirish imkonini beradi.
    • 6. Jadvallarni to’ldirishda quyidagi shartli belgilarni to’g’ri qo’llash lozim: agarda ma’lumotlar yo’q bo’lsa, uchta nuqta (. . .) qo’yiladi yoki “ma’lumot yo’q” deb yoziladi. Hodisa umuman sodir bo’lmagan bo’lsa, tire (-) qo’yiladi.Hisoblanishi lozim bo’lmagan katakka iks (x) qo’yiladi. Masalan, jadvalqatorida aholining yoshi guruhlari kesimida esa ajralgan oilalarsoni(harmingkishiga) berilgan.
    • Qatorda birinchi guruh 5-7 yoshgacha bo’lsa, bu qatorni kesim bilan kesishgan katagida “x” qo’yiladi. Bu hammaga tushunarli. O’rganilayotgan yil bo’yicha ma’lumoti bo’lmasa, uning tepasiga yulduzcha () qo’yib, qaysi yilga taaluqli bo’lsa, o’sha yilni ko’rsatish kerak.
    • 7. Jadval ma’lumotlarining hammasi bir xil aniqlikda bo’lishi kerak (0,1; 0,01 0,001 va h.k). Foizlar berilayotganda, ayniqsa, ularni dinamikasi, quyidagiqoidaga amal qilishi kerak. Masalan, 650% emas, 6,5 marta deb yozganma’qul. Keyin, utloq raqamlarni ham o’qish oson bo’lishi uchun o’lchov birliklari kattaroq yozilgani ma’qul. Masalan, qatorda so’m yozib, ustunda quyidagi raqam berilsa 8769618534. Bunday raqamlar jadvalda 10 ta bo’lsa, uni hech kim o’qimaydi. Shuning uchun, qatorda so’m emas, mlrd.so’m deb berib, ustunda esa 8,8 raqami berilsa jadval ixcham va o’qiydigan bo’ladi.

    • Download 0.52 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling