11. Laboratoriya mashg‘ulot. Nitrat, nitrit va nitrozobirikmalar Mashg‘ulotning maqsadi


Nitrozo birikmalar va ularni toksikologik tavfsifi


Download 41.69 Kb.
bet4/6
Sana20.01.2023
Hajmi41.69 Kb.
#1104427
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4.xavfsizlik.Lab.11

Nitrozo birikmalar va ularni toksikologik tavfsifi.
Nitratlar va nitritlarga katta e’tibor berilishini sababi yana shundan iboratki, ular organizmda oxir oqibat nitrozobirikmalarga aylanadiki, ularni ko‘pchiligi kantsorogen hisoblanadi. Chunonchi, xozirgi paytda ma’lum bo‘lgan nitrozobirikmalardan 80 ta nitrozoaminlar va 23 nitrozoamidlar faol kantsorogenlar xisoblanadi.
N-nitrozobirikmalar – nitrozogurux azot atomi bilan bog‘langan moddalardir ( ). Ushbu birikma nitritlarni ikkilamchi, uchalamchi va to‘rtalamchi aminlar bilan o‘zaro ta’sir etishida xosil bo‘ladi. Nitrozoguruxga alkil, arilь, alitsiklik va boshqalar kabi turli radikallar birikishi mumkin.
N-nitrozobirikmalar yuqori reaktsion qobiliyatga ega bo‘lgan qattiq moddalar yoki suyuqliklar xisoblanadi. Ular organik erituvchilarda yaxshi va suvda kam eriydi, nisbatan stabil bo‘lib atrof muxitda sezilarli o‘zgarishlarsiz uzoq vaqt davomida saqlab qolinishi xususiyatiga ega. N-nitrozodimetilamin (NDMA), N-nitrozodipropilamin (NDPA), N-nitrozodietilamin (NDEA), N-nitrozopiperidin (NPiP) N-nitrozopirrolidin (NPiR) eng ko‘p tarqalgan.
Nitrozobirikmalarni kantsorogenlik effekti ularni dozasi va organizmga ta’sir vaqtidan bog‘liq bo‘ladi, past bir marotabali dozalar summalanadi va keyin xavfli o‘smalarni yuzaga keltiradi.
Odam sutkalik ratsion bilan taxminan 1 mkg, suv bilan – 0,01 mkg, nafas olinayotgan xavo bilan – 0,3 mkg nitrozobirikmalar oladi.
Oziq-ovqat mahsulotlarida nitrozoaminlarni miqdor darajasi uning xavfsizligini muxim ko‘rsatkichlaridan biri xisoblanadi.
Saqlash muddatini uzayishi sarin ovqatlanish maxsulotlarida nitrozoaminlar miqdori oshib boradi. Chunonchi, go‘shtli qaynatilgan-dudlangan maxsulotlarni 30-chi saqlash kunida undagi nitrozoaminlar miqdorini gigiyenik me’yorlardan 30-40 % ga oshib ketishi kuzatiladi.
Ko‘pgina nitrozoaminlar ma’lum organlarga o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatadi. Katta dozalarda bunday o‘ziga xoslik namoyon bo‘lmaydi. Ko‘p marotabalik past dozalarni ta’siri bir marotabalik katta dozaga nisbatan yanada xavfli bo‘lishi ma’lum.
Nitrozobirikmalarni turiga bog‘liq xolda ularni tirik organizmga ta’sir mexanizmi ham turlicha bo‘ladi. Nitrozobirikmalar DNKni qaytmas o‘zgarishlarini yuzaga keltiradi. DNK zanjirini o‘ziga xos nukleotidlar qatoriga ega bo‘lgan uchastkalari xujayra irsiyligi va normal ishini nazorat qiluvchi genlar xisoblanadi. Genlarni biridagi qaytmas o‘zgarishlar mutatsiya deb nomlanadi. Ko‘p xollarda mutatsiyani kimyoviy kantserogenlar, jumladan nitrozobirikmalar keltirib chiqaradi. Albatta, xamma mutatsiyalar ham rakga olib kelmaydi.
Ba’zi moddalar, o‘zi kantserogen bo‘lmasa ham, boshqa moddalar bilan rakni chaqirishi mumkin. Bunday moddalar promotorlar deb nomlanadi. Shakarni sintetik almashtiruvchilari saxarin va tsiklamat natriy shunday promotorlar xisoblanadi.
Nitrozoaminlarni kantserogenlik ta’sirini kuchaytiruvchi moddalar (misol uchun, politsiklik uglevodorodlar) ham mavjudki, ular kokantserogenlar deb nomlanadi.

Download 41.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling