11-mavzu. Landshaftshunoslikdagi asosiy ilmiy yo’nalishlar. Amaliy landshaftshunoslik Reja


Amaliy landshaftshunoslikning mazmuni va vazifalari


Download 230 Kb.
bet4/5
Sana21.01.2023
Hajmi230 Kb.
#1108144
1   2   3   4   5
Bog'liq
11-mavzu. Landshaftshunoslikdagi asosiy ilmiy yo’nalishlar. Amal

Amaliy landshaftshunoslikning mazmuni va vazifalari.
Amaliy landshaftshunoslikning tub mohiyati xalq xo‘jaligining turli xil amaliy masalalarini hal etishda landshaft haqidagi ta'limotning nazariy tamoyillari va usullaridan foydalanish va tadbiq etishdan iboratdir.
Landshaftshunoslikning amaliy jihatlaridan biri, asosan xalq xo‘jaligining u yoki bu tarmog‘i talablaridan kelib chiqqan holda, landshaftlarni ta'riflovchi turli ma'lumotlar bilan ta'minlab turishdir. Bunday ma'lumotlarga, masalan, landshaft xaritalari, tabiiy geografik rayonlashtirish natijalari, landshaftlarning batafsil ta'rifi va h.k. kiradi. Landshaftlarga taalluqli ma'lumotlarni amaliyotga tadbiq qilishning yana bir turi landshaftlarni xalq xo‘jaligining ma'lum tarmoqlari maqsadlarida baholash bo‘lishi mumkin. Bu, ayniqsa, qishloq xo‘jaligi maqsadlarida, yo‘l qurilishi, shahar qurilishi, sog‘liqni saqlash yoki rekreatsiya maqsadlarida qilingan ishlarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ammo landshaftshunoslik fanining maqsadi tabiiy muhitni faqat o‘rganibgina yoki baholabgina qolmasdan, balki tabiiy muhitni yaxshilash, samaradorligini oshirish, tabiiy resurslardan to‘g‘ri va oqilona foydalanishning ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqishda faol ishtirok etishdir. Bundagi dastlabki qadamlardan biri xalq xo‘jaligining yoki uning ayrim tarmoqlarining yirik va muhim dasturlarini ishlab chiqishda, turli inshootlar qurilishlari loyiha oldi izlanishlarida landshaftshunoslarning faol ishtiroki bo‘lishi kerak.
Amaliy landshaftshunoslik bo‘yicha qilinadigan izlanishlar mantiqan olganda umumilmiy landshaft xaritalariga asoslangan holda olib borilishi shart. Bunday xaritalar odatda yagona dastur va metodika bo‘yicha tuzilib, zalvorli (fundamental) tadqiqotlar ma'lumotlariga va natijalariga tayangan, ya'ni geotizimlarning obyektiv umumilmiy tahliliga tayangan bo‘ladi. Chunki ilmiy nazariy landshaftshunoslikda ham tadqiqot obyekti bir, ya'ni turli ko‘lamdagi geotizimlar hisoblanadi.
Ilmiy-nazariy landshaft tadqiqotlardan amaliy landshaft izlanishlariga o‘tishda geotizimlarning ko‘lamini, izlanishlarning qaysi ko‘lamda olib borilishini aniqlab olish ahamiyatlidir. Chunki, izlanishlarning maqsadiga, maydonning katta-kichikligiga bog‘liq holda uning bevosita izlanish obyekti ham, masshtabi ham turlicha bo‘lishi mumkin.
Amaliy landshaftshunoslik uchun zarur ma'lumotlarning yana biri - bu umumilmiy landshaft xaritasida aks ettirilgan har bir landshaft (kompleks)ni har tomonlama yoritib bera oladigan ta'rifdir. Bunday ta'rifdan oldimizda turgan vazifa va maqsaddan kelib chiqqan holda turli ma'lumotlarni olishimiz mumkin. Masalan, qishloq xo‘jaligi maqsadlarida bir turdagi ma'lumotlar kerak bo‘lsa, shaharsozlik nuqtai nazaridan esa boshqa turdagi ma'lumotlar zarur bo‘ladi. Bunday ma'lumotlarni to‘g‘ri va oqilona ajratib ola bilish ishning natijalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta'sir etadi. Boshqacharoq qilib aytganda, qishloq xo‘jaligi maqsadlarida ham joyning iqlimi, tog‘ jinslari, relyefi, tuprog‘i, suv rejimi kabilarni hisobga olish kerak bo‘ladi. Ammo, qishloq xo‘jaligi maqsadlarida iqlim yoki tuproqning ayrim xususiyatlarini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar tahlil qilinsa, shaharsozlik bilan shug‘ullanuvchi muqandis uchun esa boshqa xususiyatlarni aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar ko‘proq ahamiyat kasb etadi.

Download 230 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling