12-mavzu. Qadimgi Hindiston


Rivojlangan va yirik avstralopiteklar


Download 0.92 Mb.
bet3/3
Sana09.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1343471
1   2   3
Bog'liq
Avsralipitek odamlar va  ularni  kelib  chiqishi

Rivojlangan va yirik avstralopiteklar
Kenii, Tanzanii va Efiopiyaning ko‘plab joylaridan rivojlangan
avstrolopiteklaming suyak qoldiqlari topib o‘rganilgan. Ulaming
eng asosiysi bu Australopithecus afarensis (Afarlik
avstrolopitek)dir. Afarlik avstrolopitek bundan taxminan 4 mln
yildan boshlab 2,5 mln yillar oralig‘ida mavjud bo‘lgan. Afarlik
avstrolopiteklaming eng mashhuri bu Efiopiyaning Xadar degan
joyi Afar cho‘Iidan topilgan va fanda “Lyusi” nomi bilan tanilgan
turi. Afarlik avstrolopiteklarga o‘xshagan gominidlaming suyak
qoldiqlari Tanzaniyadan ham topilgan. Afarlik avstrolopiteklardan
tashqari Sharqiy va Shimoliy Afrikada 3-3,5 mln vaqt oralig‘ida
boshqa turdagi avstrolopiteklaming yashaganini ko‘rishimiz
mumkin. Masalan, Keniyaning Lomekvi degan joyidan
Kenyanthropus platyops (Silliq yuzli Keniyalik odam) ning suyak
qoldiqlari topib o‘rganilgan. Chad Respublikasining Koro-Toro
degan joyidan esa Australopithecus bahrelghazali (Baxr al G‘azallik Avstrolopitek) ning qoldiqlari topilgan
Avstrolopiteklarning boshqa vakillari qit’aning janubidan ya’ni
JAR (Janubiy Afrika Respublikasi)ning Taung, Sterkfonteyn va
Makapansgat degan joylaridan topilib ulami bitta turga
Australopithecus africanus (Afrikalik avstrolopitek)ka ajratishgan.
Bu turga fanda mashhur birinchi avstrolopitek qoldig‘i bo'lgan
yosh bola bosh chanog‘i suyagi “Taunglik bola” mansubdir. Ular
bundan taxminan 3,5-2,4 mln yillar ilgari vaqt oralig‘ida
yashashgan. Eng so‘nggi rivojlangan avstrolopitek qoldiqlari
bundan taxminan 2,5 mln yillar ilgari yashagan bo‘lib ularning
qoldiqlari Efiopiyaning Bouri degan joyidan topilgan va
Australopithecus garhi (Garxi avstrolopiteki) deb nomlangan.
E'tiboringiz uchun Rahmat!
Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling