14-Mavzu: boshqaruv usullari reja


Boshqarishning iqtisodiy usullarining asosiy vazifasi


Download 54 Kb.
bet5/8
Sana06.02.2023
Hajmi54 Kb.
#1170987
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
14-Мавзу

Boshqarishning iqtisodiy usullarining asosiy vazifasi ishlab chiqariladigan mahsulot (xizmat) birligiga sarflanadigan harajatni kamaytirishga imkon beruvchi xo’jalik mexanizmlarining yangi usullarini, shuningdek, manfaatdorlik muhitini vujudga keltirish va ulardan samarali foydalanishdir.
Bu usulda kishilarning shaxsiy va guruhiy manfaatlarini yuzaga chiqarish orqali ularning samarali ishlashi ta’minlanadi. Bu maqsadda qo’shimcha ish haqi to’lash, mukofotlar berish, bir yo’la katta pul bilan takdirlash kaBilar muhim ahamiyat kasb etadi.
Boshqarish ob’ektlarini boshqarilishiga iqtisodiy usullar orqali ko’rsatiladigan ta’sir korxonalarda:
*jiddiy rejalar qabul qilishga:
*mehnat va moliya resurslaridan yanada unumliroq foydalanishga;
* yangi texnologiyalarni joriy qilishga;
*mehnat unumdorligini oshirishga;
*raqobatbop mahsulotlarni ishlab chiqarishga rag’batlantiruvchi va shunga da’vat etuvchi bo’lishi kerak.
SHu bilan birga iqtisodiy usullar shunday tanlanishi va qo’llanilishi kerakki, Bunda jamoalar va bir xodimning manfaatlarigagina emas, balki butun jamiyat manfaatlariga rioya qilinadigan bo’lsin. Bir korxona uchun foydali tadbir davlatga ham foydali bo’lsin.
Boshqarishning tarbiyaviy (ijtimoiy – ruhiy) usullari. Boshqarishning tarbiyaviy usullari haqida gapiradigan bo’lsak, bu usullar mehnat jamoasida shunday ruhiy “iqlim”ni yaratadiki, unda rahbarga ma’qul keladigan xulq – atvor va ish uslubi qo’l ostidagilar tomonidan ko’ngilli ravishda, jamoa me’yorlari va qadriyatlariga muvofiq xolda amalga oshiriladi va asosiy maqsadi jamoalarda sog’lom ijtimoiy-ruhiy muhitni yaratishdir. Bu usullar jipslashgan Boshlang’ich ishlab chiqarish jamoasini shakllantirishga imkon beradigan ijtimoiy - ruhiy va psixologiyaga asoslanadi hamda ijtimoiy-ma’naviy vaziyatga ta’sir etish yo’li Bilan kishilarning fe’l-atvori, ruhiyatini hisobga olib ularning ijtimoiy talablarini qondirish orqali boshqarishni bildiradi. Bu borada ijtimoiy – ruhiy usullarni o’rganiB chiqish maqsadga muvofiqdir.

Download 54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling