14-mavzu. Klod adrian gelvetsiy falsafasi (2-soat) reja
Download 266.99 Kb. Pdf ko'rish
|
16-мавзу. Гельвеций (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Klod Adrian Gelvetsiy (1715-1771) – Parijda saroy shifokori oilasida tug‘ilgan.
14-MAVZU. KLOD ADRIAN GELVETSIY FALSAFASI (2-soat) REJA: 1. Adrian Gelvetsiyning hayoti-ijodi va faoliyati. 2. A.Gelvetsiyning borliq haqidagi qarashlari va bilish nazariyasi. 3. A.Gelvetsiyning dinga bо‘lgan munosabati va ijtimoiy qarashlari. Klod Adrian Gelvetsiy (1715-1771) – Parijda saroy shifokori oilasida tug‘ilgan. Iyezuetlar kolejida о‘qiyotgan davrida Volterning “Falsafiy maktublari” orqali Lokkning “Inson tafakkuri haqida tajriba” asarini о‘qib chiqadi. Otasining maslahatiga binoan soliq boshqarmasiga kirishga tayyorlanadi. Gelvetsiy adabiyot va falsafaga qiziqadi; she’rlar yozadi; Volter bilan dо‘stlashuv Gelvetsiyning faoliyatida katta о‘zgarish yasaydi; 1738 yil otasining yordamida Gelvetsiy bosh soliqchi lavozimini sotib olib beradi; bu lavozimda ishlab Gelvetsiy soliq sistemasidagi qonunbuzarliklarni, adolatsizlikni yо‘qotishga harakat qiladi; 1738-1748 yillarda ijtimoiy mavzularda she’rlar yozadi, “Baxt haqida” poema, 1744-1751 yillarda antroposotsial konsepsiyasi shakllanib boradi; 1751 yil bosh soliqchi lavozimidan voz kechadi. Gelvetsiy Didro va Golbax bilan dо‘stlashadi; 1758 yilda “Aql haqida” asarini yozadi (20 yil ketadi). Bu asardagi g‘oyalarni amaliyotga qо‘llashga kirishadi; hissiyo taassurotlar, о‘zini yaxshi kо‘rish, lazzat, tо‘g‘ri tushunilgan shaxsiy manfaat axloqning negizini tashkil qiladi; inson aqliy qobiliyatlarining tabiiy tengligi, aql yutuqlari bilan ishlab chiqarish yutuqlarining tengligi, tarbiyaning katta ahamiyati – Gelvetsiy sistemasining asosiy tomonlaridir. Parij parlamenti “Aql haqida” asarini yoqib yuborishga hukm qiladi; Kliment XIV papasi uni surgunga yuborishni sо‘raydi, ota-onasining aloqalari orqali va о‘zining kitobidan voz kechganligi tufayli surgundan qutulib qoladi. Shu tufayli “Ensiklopediya”ni ham man qilishadi; 1960 yilda Gelvetsiy yashirin tarzda yangi kitob yozishga kirishadi; 1770 yilda “Inson haqida” asarini yakunlaydi, lekin uni chop etmaydi; bu kitob 1772 yilda chop etiladi (о‘limidan sо‘ng). Gelvetsiy 56 yoshida 1771 yilda vafot etadi. Download 266.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling