14 mavzu. Neyron tarmoqni o’qitish masalasi. Neyron tarmoq aniqligini oshirish yo’llari. Reja


Xebba tarmoqi bo’yicha o’rgatishning signalli usuli


Download 1.34 Mb.
bet7/17
Sana01.04.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1316003
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
14-mavzu (Gradiyentsiz)

14.4.1. Xebba tarmoqi bo’yicha o’rgatishning signalli usuli

Bu usul bo’yicha o’rgatishda vaznlarning o’zgarishi quyidagi qoida bo’yicha aniqlanadi [13, 21]:


, (14.1)
bu yerda yi(n-1) -(n-1)-qatlamning i-neyronining chiquvchi qiymati; yj(n) -n-qatlamning j-neyronining chiquvchi qiymati; wij(t) va wij(t-1) - sinapsning vaznli koeffitsiyentlari bo’lib, ular mos ravishda t va (t‑1)-iteratsiyalarda ushbu neyronlarni birlashtiradi; a - o’rgatish tezligining koeffitsiyenti. Bu yerda va bundan keyin n sifatida tarmoqning ixtiyoriy qatlami tushuniladi.
Xebba tarmoqi bo’yicha o’rgatishning differensial usuli ham mavjud.
(14.2)
Bu yerda yi(n-1)(t) va yi(n-1)(t-1) - (n-1)-qatlamni i-neyronining t и (t-1) iteratsiyalardagi mos chiqish qiymatlari; yj(n)(t) и yj(n)(t-1)-n-qatlamni i-neyronining t и (t-1) iteratsiyalardagi mos chiqish qiymatlari.
Yuqorida keltirilgan formulalar asosida Xebba tarmoqi bo’yicha o’rgatishning to’liq algoritmi quyidagi ko’rinishda bo’ladi:
1. Barcha vaznli koeffitsiyentlarga katta bo’lmagan qiymatlar ta’minlanadi.
2. Tarmoqning kirishiga kiruvchi obyekt uzatiladi va uyg’atuvchi signallar klassik to’griqatlamli prinsip bo’yicha tarmoqning barcha qatlamlarga tarqaladi (feedforward) [18, 19, 21], ya’ni tarmoqdagi har neyron uchun orttirilgan yig’indi hisoblanadi va unga neyronning aktivlashgan funksiyasi qo’llaniladi, natijada neyronning chiqish qiymatlari yi(n), i=0...Mi-1, (Mi - i-qatlamdagi neyronlar soni; n=0...N-1, N -tarmoqdagi qatlamlar soni) hosil bo’ladi..
3. (14.1) yoki (14.2) formulalar bo’yicha olingan neyronlarning chiqiash qiymatlari asosida vaznli koeffitsiyentlar o’zgartiriladi.
4. Chiqish qiymatlari berilgan aniqlikda barqarorlashmagunch 2-qadamdan sikl bajarailaveradi.
Siklning ikkinchi qadamida kiruvchi obyektlarning barchasi navbatma-navbat tarmoqning kirishiga taqdim qilinadi.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling