14-mavzu: Qurilish sohasidagi huquqbuzarlik uchun yuridik javobgarlik Reja


Yer berish tartibini buzish (66-m.)


Download 40.03 Kb.
bet3/3
Sana20.06.2023
Hajmi40.03 Kb.
#1633691
1   2   3
Bog'liq
14-маъруза (1)

Yer berish tartibini buzish (66-m.). Yer berishning tartibini buzish, xuddi shuningdek, fermer yoki dehqon xo’jaligi yuritish uchun, yakka tartibda uy-joy qurish va turar joy binosiga xizmat ko’rsatish, jamoa bog’dorchiligi va polizchiligi uchun fuqarolarga yer berili- shiga to’sqinlik qilish mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
Yer berish tartibi O’zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 18, 23, 24-25, 27, 53, 55-moddalarida, «Fermer xo’jaligi to’g’risida»giqonunning 10-11-moddalarida, «Dehqon xo’jaligi to’g’risida»gi qonun- ning 8-moddasida2, Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 15 iyuldagi 300-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Fermer xo’jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini fuqarolarga uzoq muddatli ijaraga berish tartibi»da belgilab berilgan. Yer berish tartibi yer uchastkalarini ajratib berish bilan bog’liq bo’lgan jarayonda bajariladigan harakatlarda namoyon bo’lib, u quyidagilarni qamrab oladi: yer berish masalasi ushbu organning vakolatiga kirishi,yerni berish to’g’risidagi arizalarni ko’rib chiqish muddatlari, yer uchastkalari ajratib berishga doir materiallar xususida tegishli davlat organlari bilan kelishish, yer uchastkasi chegaralarini joyida aniq belgilash, yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarni to’g’ri rasmiylashtirish, yer qaytarib olinadigan bo’lsa, yer egasiga va yerdan foydalanuvchiga yetkazilgan zararni to’g’ri aniqlash va hokazolar.
Fuqarolarga fermer yoki dehqon xo’jaligi yuritish, yakka tartibda uy-joy qurish va turar joy binosiga xizmat ko’rsatish, jamoa bog’dorchiligi va polizchiligi uchun yer berishga to’sqinlik qilish deganda asossiz ravishda rad qilish yoxud fuqarolarning yuqorida ko’rsatib o’tilgan maqsadlar uchun yer berish to’g’risidagi arizalarini ko’rib chiqmaslik, shuningdek, yer uchastkalari berishning zarurligi (ehtiyojligi)ni aniqlash uchun bu ariza beruvchilarning uy-joy sharoitlarini noto’g’ri tekshirish yo’li bilan fuqarolarga yer berishga to’sqinlik qilish tushuniladi.
Mazkur hukuqbuzarlikning obyekti egalik qilish yoki foydalanish uchun yer uchastkalari berishning (shu jumladan, ijaraga berishning) belgilangan tartibi hisoblanadi. Huquqbuzarlikning subyekti yer berish masalasi vakolatiga kiradigan davlat organining, qishloq xo’jaligi va o’rmon xo’jaligi korxonalarining mansabdor shaxslaridir.
Subyektiv tomondan mazkur huquqbuzarlik qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir etiladi.
Obyektiv tomondan bu huquqbuzarlik harakat yoki harakatsizlik bilan sodir etiladi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlar tuman (shahar) sudlari ma’muriy ishlar bo’yicha sudyalari tomonidan ko’rib chiqiladi (245-m.).
Shaharsozlik to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksining 99-moddasida javobgarlik belgilangan. Jumladan,
Loyihalash, qurilish-montaj ishlari bajarilayotganda talablarni buzish, shuningdek qurilish sohasida nazorat qilish va yo’l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyalarining ko’rsatmalarini bajarishdan bo’yin tovlash yoki o’z vaqtida bajarmaslik (bundan yakka tartibdagi uy-joy qurilish obyektlari mustasno), —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o’n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o’n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo’lsa, —
fuqarolarga eng kam ish haqining o’n baravaridan o’n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan o’ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
Binokorlik materiallarini, konstruksiyalarini va buyumlarini ishlab chiqarishda texnik reglamentlar talablarini buzish, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining yigirma baravaridan o’ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni ma’muriy jazo chorasi qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining o’ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
Qurilishi tugallangan binolar va inshootlarni foydalanishga qabul qilish qoidalarini, aholi punktlarining va aholi punktlariaro hududning bosh rejalarini, ularni rejalashtirish va qurish loyihalarini, madaniy meros obyektlari joylashgan hududlarni rekonstruksiya qilish rejalarini buzish, dahalarni, mavzelarni va shaharlarning sanoat zonalarini, qishloq aholi punktlarini qurish va obodonlashtirish sifatini, shuningdek binolar va inshootlarning arxitektura yechimlarini buzish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining o’n besh baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o’ttiz baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
Ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni ma’muriy jazo chorasi qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining yigirma baravaridan yigirma besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — qirq baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
Obyektlarni davlat ekspertizasining loyiha-smeta hujjatlariga, shu jumladan ish hujjatlariga doir ijobiy xulosasisiz, shuningdek qurilish sohasida nazorat qilish va yo’l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyalarining ruxsatnomasisiz qurish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining yigirma besh baravaridan o’ttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yetmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
Ushbu moddaning yettinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining o’ttiz baravaridan qirq baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetmish baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
Shaharsozlik to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq binolarni, inshootlarni yoki boshqa obyektlarni qurishga, rekonstruksiya qilishga va kapital ta’mirlashga taqiqlar (cheklovlar) belgilangan zonalarda shunday ishlarni amalga oshirish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining ellik baravaridan yetmish baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetmish baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
Fuqarolar tomonidan o’zboshimchalik bilan egallab olingan o’z hududiga tutash va tutash bo’lmagan yer maydonlarida qurilish ishlarini amalga oshirish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining yetmish baravaridan yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
Ushbu moddaning o’ninchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
Download 40.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling