15-mavzu. Informatika va axborot texnologiyalaridan Davlat ta’lim standartining mazmuni


O’quvchilarning informatika fani bo’yicha tayyorgarligiga qo’yiladigan talablar


Download 27.99 Kb.
bet4/5
Sana31.03.2023
Hajmi27.99 Kb.
#1312898
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-ma\'ruza

O’quvchilarning informatika fani bo’yicha tayyorgarligiga qo’yiladigan talablar: UO’T maktablarida o’qitiladigan informatika kursining asosiy vazifasi o’quvchilarni kelajak amaliy faoliyatida kompyuterlardan foydalana olishga tayyorlashdan iborat. Ushbu predmetni maktabda o’rganishdan asosiy maqsad kompyuter texnikasi imkoniyatini va uni hayotga qo’llashni biladigan, dasturlashning asosiy printsiplariini o’zlashtirgan, dasturlashning asosiy printsiplarini o’zlashtirgan, kompyuter bilan muloqatda bo’la olish ko’nikmasiga ega bo’lgan va yangi axborot texnologiyasini tasavvur qila oladigan foydalanuvchini tayyorlashdan iborat.
Informatika o’qitish jarayonida ketma-ket va tizimli ravishda sifat jihatidan yangi darajada aqliy mehnat madaniyati hamda o’z ishini rejalashtirishni bilish, uni ratsional bajarish jarayoni bilan tanqidiy qiyoslay olish kabi zarur umummehnat malakalari shakllanadi. Informatikani o’rganish informatika haqida haqiqatni bilishni tavsiflash shakli va bilish metodi sifatida tasavvur hosil qilib, insonning gumanitar madaniyati paydo bo’lishiga zamin yaratadi.
Informatika kursining asosiy vazifalari:

  • Zamonaviy kompyuter texnikasining asosiy qurilmalari va ularning ish printsiplari bilan tanishtirish;

  • Axborotni tasvirlash, kodlash, o’lchash va qayta ishlash usullari bilan tanishtirish va oddiy ko’nikmalarni shakllantirish;

  • SHaxsiy kompyuterlar bilan amaliy ishlash ko’nikmalarini hosil qilish;

  • Algoritimlashning asosiy ko’nikmalarini shakllantirish;

  • Kompyuterda masalalar yechish bosqichlari haqida tasavvur hosil qilish;

  • Kompyuterning dasturiy ta’minoti bilan tanishtirish, amaliy va pedagogik dastur vositalari bilan ishlash ko’nikmalarini hosil qilish;

  • Zamonaviy axborot texnologiyasining jamiyatimizdagi ahamiyati va istiqbolidagi taraqqiyoti haqida tasavvurlar hosil qilish;

  • Dasturlash tillarining xillari, tuzilishi va qo’llanishi haqida tasavvur hosil qilish hamda ularning birida oddiy dasturlar tuzish malakalarini hosil qilish;

  • Kompyuter savodxonligning asosini tashkil etgan o’quvchilarning algoritmik madaniyatini bosh kompanentlarini shakllantirishini tugatish;

  • O’quvchilar tomonidan zamonaviy kompyuterlarning imkoniyati va chegaralarini tushinishni ta’minlash;

  • Inson faoliyatining turli sohalariga kirayotgan zamonaviy axborot texnologiyasini namoyon qilish;

  • Dasturlash asoslarini o’rgatgan holda turli masalalarni yechishda kompyuterli yondoshishni ko’rsatish;

  • O’quvchilarga mustaqil respublikamizning turli jabhalarida kompyuterlarning hozirgi va kelajakdagi ahamiyatini ochib berish;

  • Turli jarayon algoritimlari dasturlash tili orqali ifodalanishini ko’rsatish;

  • O’quvchilarga kompyuter inson faoliyatining samaradorligini oshiruvchi vosita ekanligini ochib berish;

  • O’quvchilarni kompyuter amaliy dasturli ta’minoti bilan tanishtirish;

  • O’quvchilarda informatika va axborot texnologiyalari haqida tasavvur hosil qilish;

  • O’quvchilarni kompyuterdan foydalanuvchi darajasiga olib chiqish.

EHM jamiyat taraqqiyoti uchun juda kata ahamiyatga egadir. U XX asrning buyuk kashfiyoti va jamiyatning hamma sohasini boshqara oladigan universal qurilma sifatida tan olindi. Hozirgi kunda qaysi soha bo’lmasin, hoh u iqtisodiy-siyosiy, korxona-tashkilotlar, soliqchi, o’qituvchi, rahbar-xodim, harbiy soha, davlat organlari va boshqa soha bo’lsin EHM qurilmasisiz ishlash imkoniyatlari samaradorligini oshira olmaydi. Oddiygina bir misol, kosmik kemani uchirish uchun juda katta mablag’ talab etiladi. Uni uchirishdan avval uning har tomonlama chidamliligini tekshirib ko’rish zarur bo’ladi. Bu ishni ya’ni fazoga uchirmasdan turib, uni kompyuter yordamida tekshirib ko’rish mumkin. O’tkazilgan tekshiruv natijalari yaxshi ko’rsatgich bergandan so’ng uchirish mumkin bo’ladi. Endi tasavvur etib qaraydigan bo’lsak, ya’ni uni fazoga uchirib tekshirib ko’rmoqchi bo’lsak, u texnik nosoz bo’lib, fazoga uchirilgandan so’ng biz kutgan natijani bermasachi? Unda o’sha mamlakat qancha iqtisodiy zarar ko’radi. Bu kabi ko’plab sohada EHM juda kata yutuq bermoqda.
O’quv jarayoniga yangi kompyuter va axborot texnologiyalarning joriy etilishi barcha fanlarni o’qitish uslubiyotiga ham bir qator o’zgartirishlar, yangiliklar kiritishni talab etmoqda. Jumladan, bugungi kunda malaka oshirish institutlari va oliy ta’lim muasasalarida axborot texnologiyalari fanini o’qitish bilan bog’liq bir qator yangidan-yangi metodik muammolar ham tug’ilmoqdaki, ularni tezkorlik bilan hal etish kechiktirib bo’lmaydigan masaladir. SHuningdek, umumiy o’rta ta’limning yangicha tizimi va mazmunini shakllantirish uchun ta’lim berishning ilg’or pedagogik texnologiyalarini yaratish asosiy vazifalar qatorida keltirilgan.
Hozirgi vaqtda yangi bosqichdagi o’qitish uslubining paydo bo’lishi jamiyatning, fanning va ilg’or pedagogik, axborot texnologiyalarning rivojlanishiga, ayniqsa «Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy g’oyasi bo’lmish uzliksiz ta’lim tizimi maqsadlariga» mos keladigan qonuniy xodisadir.
Bunday bosqichning bo’lishini xarakterlovchi asosiy tamoyillar quyidagilardan iborat:

  • jamiyat va fanning global rivojlanishining o’sish darajasi;

  • ilmiy, uslubiy va boshqa turdagi materiallarning chop etish suratining o’sishi va ilmiy izlanishlarning murakkablashib borishi.

Ma’lumki dunyoda ilmiy izlanishlar bo’yicha axborotlar doim o’sib, ularni tahlil qilish jarayoni tobora murakkablashib bormoqda.
Hozirgi zamon mutaxassisi qaysi sohada ishlamasin, uning oldida o’zining sohasiga tegishli hodisa va voqealarni bilib turishi va bilim saviyasini doimiy ravishda oshirib borishini talab etmoqda.
SHuning bilan bir qatorda yangi texnologiyalarni o’quv jarayoniga tatbiq etish uning samaradorligini oshirish va takomillashtirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Umuman Informatika va axborot texnologiyalari tizimi – ta’lim tizimining rivojlantirilgan ko’rinishi bo’lib unda o’qitish «o’quvchi-o’quvchi» va «o’quvchi-o’qituvchi» orasida ma’lumotlar almashishning zamonaviy axborot texnologiyalari asosida tashkil qilinadi. Hozirgi kompyuter asosidagi telekommunikatsion aloqa orqali an’anaviy o’qitish uslubidan ko’ra yuqori saviyada o’quvchilarga bilim berish va har-xil ko’rinishdagi o’quv materiallarni yetkazib berish imkoniyati mavjud.
Internet informatsiyani tarqatishdagi vaqt, makon va moliyaviy to’siqlarni yo’qotdi yoki sezilarli pasaytirdi. Tabiiyki, bu ta’lim tizimi uchun katta ahamiyatga ega.
Hozirgi kunda bu soha bo’yicha ta’lim beruvchi O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan bir qancha ta’lim saytlari yaratilgan. Jumladan, ZiyoNet tarmog’i, eduportal.uz saytlarini aytishimiz mumkin.
Barcha ta’lim muassasa o’qituvchilari uchun F.Distervergning «Nemis o’qituvchilarining ta’limdagi qo’llanmasi» asaridagi ko’rsatmalari foydalidir. Ular hatto hozirgi eng zamonaviy pedagogik texnologiyalar davrida ham aktual bo’lib qolmoqda. Mana ularning ayrimlari:

  • Xar-bir materialni ma’lum darajalarga va kichik tugallangan qismga ajrat.

  • Keyingi materialning alohida qismlarining har-bir darajasini ko’rsat va ozgina tanaffus berib, o’kuvchiga qiziqish uyg’otish uchun ulardan alohida ma’lumotlar keltir.

  • Materialni shunday taqsimslash va ishlatish kerakki, yangisini o’rganayotganda oldingisi takrorlansin.

Material o’quvchini qamrab olishi muhimdir. Har-xil grafiklar, animatsiyalar va imtihonlarni qo’llash distantsion kurslarga e’tiborni tortishiga olib kelishi kerak. O’quv-texnologiyalarning elektron darsliklar yaratishdagi qo’llanilishi o’z qonunlarini talab qiladi, yaratish metodlari bilan ma’lum bir talablar qo’yadi. Birinchidan, agar biz o’quv qo’llanmasini Web-saytda ifodalanishini hohlasak, umumiy tarmoqqa kirish kerak, informatsion tarmoqdan olingan giperizohlar bilan, avvalambor real iqtisodiy ko’rsatkichlar bilan bog’langan bo’lishi kerak. Ikkinchidan, xar-qanday Web-sayt kabi, bunday darslik turg’un bo’lmay, rivojlanishi kerak.
Bunday yondashish o’quv qo’llanmasini qadamba-qadam yaratish imkonini beradi, u qandaydir «yadro»dan boshlanib, yangicha ko’rinish asosida o’sa boshlaydi, mikdoran ko’payadi va tirik organizm kabi sifati o’zgara boradi. Internet texnologiyalar har-bir Websaytga qilingan murojaatlar statistikasini olishga imkon beradi. Tinglovchilarni Web-sahifalar bo’yicha ko’proq e’tiborga molik xarakat marshrutlarini olishga imkon beradi.
Internetning ustunligi shundaki, siz Web-saytga joylashtirilgan kursning mazmunini oson o’zgartirishingiz mumkin, oxirgi ma’lumotlarni kiritish, o’rgatish natijasiga ko’ra kursni korrektirovka qilish, foydalanuvchilarning o’zlashtirishini operativ tarzda namoyish qila olasiz. Qidirish mashinalaridan foydalanib, yangilik saytlariga ta’lim materiallarining eng oxirgilarini kiritishingiz mumkin. Gipermatn, matnni yanada kichik bo’lgan strukturaviy birliklarmashqlarga ajratish imkonini beradi. Har-bir bo’lim va mashq nomga ega bo’lishi kerak.
Masofaviy o’qitish kurslari modul asosida yaratiladi: har-bir modul standart o’quv mahsuloti bo’lib, bilim va tajribaning belgilangan hajmini o’z ichiga oladi va ma’lum vakt oralig’ida o’rganishga mo’ljallangan. Bunday strukturani ko’rishdagi asosiy talab: strukturaviy birliklarni ajratishdagi mantiqiylik, tinglovchining bir strukturaviy birlikdan ikkinchisiga to’g’ridan-to’g’ri o’ta olishi.
Metodik qo’llanmalar shunday ko’rilishi kerakki, tinglovchi o’qituvchi qo’l ostida bajariladigan ishlardan mustaqil faoliyatga o’ta olishi kerak. SHuning uchun ular yozilgan faoliyat turlarini qabul qilishning ratsional usullari bilan to’ldirilishi kerak.
Hozirgi kunda axborot texnologiyalarni o’quv jarayoniga qo’llashda o’qitishning mazmunini takomillashtiruvchi shakl va metodlarni izlab topish masalasi muhim o’rin tutadi.
Pedogog xodimlarning asosiy maqsadlaridan biri har bir ta’lim oluvchilarga rejalashtirilgan o’quv-materiallarini yetkazib berish va uni o’zlashtirish darajasini oshirishga erishishdan iborat. SHu bois ma’ruza darslariga mavzularni tushuntirishning murakkab emasligi va qabul qilishning osonligi kabi xususiyatlar xos bo’lishi lozim. Ma’ruza darslarida mavzular bo’yicha o’quv materiallariga tegishli hamma savollar qamrab olingan va ular juda sinchkovlik bilan tanlangan bo’lishi kerak.
Har bir fan o’qitilishi uchun, odatda belgilangan maqsadga ko’ra, uning mazmuni tanlanadi. Uni o’zlashtirish uchun mos metodlar, o’quv vositalari va nihoyat bularga mos o’qitish shakli tanlanadi.
Ta’limda uzliksizlikni ta’minlash, metodik tizim deb ataluvchi maqsad, mazmun, metod, vosita, shakl kabi uning tarkibiy qismlari orasidagi uzviy aloqalarga bog’liq.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, uzluksiz ta’lim tizimida dars jarayonini tashkil etishda multimedia vositalaridan va gipermatn texnologiyalaridan keng foydalanish yuqori samara beradi.
Bu jarayonni sifatining oshiribgina qolmay, balki o’quvchilarning muayyan fan sohalarini chuqur o’rganishlarida muhim omil sanaladi.

Download 27.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling