15-mavzu: O‘zbek leksikografiyasi. Umumiy va maxsus lug‘atlar. Akademik, ommabop va o‘quv lug‘atlari. Sohaviy lug‘atlarda terminlar. Tezaurus haqida ma’lumot


Ob’ekti va predmetiga ko'ra farqlanadigan lug'atlar


Download 77.5 Kb.
bet6/9
Sana22.04.2023
Hajmi77.5 Kb.
#1380668
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
15-AMALIY MASHG\'ULOT

Ob’ekti va predmetiga ko'ra farqlanadigan lug'atlar
Obyekti va predmetiga ko'ra ham lug'atlar xilma-xil bo'ladi. Chunonchi:
Terminologik lug'atlar: «Ruscha-o‘zbekcha fizik terminlar lug‘ati» (M.D.Yagudaev, R.X.Mallin, 1952). «Ruscha-o‘zbekcha matematik terminlar lug‘ati» (M.Sobirov, 1952), «Pedagogikadan qisqacha ruscha- o'zbekcha terminologiya lug‘ati» (Sh.Boyburova, N.Takanaev, 1963), «Qisqacha ruscha-o‘zbekcha iqtisodiy terminlar lug‘ati» (O.Aminov, J.Do‘stmuhamedov, A.Usmonov, 1971), «Turkiy tillarda qavm-qarindoshlik terminlari» (l.Ismoilov, 1966) va h.k;
Frazeologik lug'atlar: «O‘zbek tilining qisqacha frazeologik lug‘ati» (Sh.Rahmatullayev, 1964); «O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati» (Sh.Rahmatullayev, 1978); «Ruscha-o‘zbekcha frazeologik lug‘at» (M.Sodiqova, 1972);
Orfografik lug'atlar: «O‘zbek adabiy tilining orfografik lug‘ati» (S.lbrohimov, M.Rahmonov, 1940), «Imlo lug‘ati» (Olim Usmon, 1941, 1949); «O‘zbek adabiy tilining imlo lug‘ati» (S.lbrohimov, M.Rahmonov, 1956), «O‘zbek tilining qisqacha imlo lug'ati» (F.Kamolov, Z.Ma'rufov tahriri ostida. 1962), «Imlo lug‘ati» (Y.Abdullayev, M.Omilxonova, S.Zufarova, 1970—1987), «O‘zbek tilining imlo lug‘ati» (S.I.Ibrohimov, E.A.Begmatov, A.A.Ahmedov. (1976); «O‘zbek tilining imlo lug‘ati» (Sh.Rahmatullayev, A.Hojiyev, 1995);
Orfoepik lug'atlar: «Talaffuz madaniyati» (O‘.Usmonova, 1976). Ushbu risolaning 29—58-betlarida ayrim so‘zlar talaffuzi (lug'ati) berilgan:
Antroponimik lug'atlar: «O‘zbek ismlari imlosi» (E.A.Begmatov. 1972); «O‘zbek ismlari» (E.A.Begmatov. 1991);
Toponimik lug'atlar: «Geografik nomlar ma'nosini bilasizmi?» (S.Qorayev, 1970);
Sinonimlar lug'ati: «O‘zbek tili sinonimlarining qisqacha lug‘ati» (A.Hojiyev, 1963), «O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati» (A.Hojiyev, 1974);
Chastota lug'ati: Bu tipdagi lug‘atlarda o‘zbek tilidagi so'zlarning faollik darajasi ko‘rsatiladi;
Dealektologik lug'atlar: «Xorazm shevalari», 1-kitob, (F.Abdullayev, 1961), «O‘zbek shevalari leksikasi» (kollektiv, 1966). Bu kitoblarda dialektologik tadqiqotlar natijasi bilan birga, sheva so‘zlarining lug'atlari ham berilgan;
Tarixiy lug'atlar: «O‘zbek klassik adabiyoti asarlari uchun qisqacha lug'at» (P.Shamsiyev, S.lbrohimov, 1953), «Navoiy asarlari lug‘ati» (P.Shamsiyev, S.lbrohimov, 1972), «Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug‘ati», 4tomiik. O'zbekiston Fanlar akademiyasi muxbir a'zosi (hozir- akademik) E.I.Fozilov tahriri ostida. - T., 1983 (I -II tomlar), 1984 (III tom), 1985 (IV tom); «Zahiriddin Muhammad Bobur asarlari uchun qisqacha lug‘at» (X.Nazarova, 1972), ^Tp^bhct^pkckhh caoBapu» (kollektiv, 1969);
Internatsional so‘zlar lug'ati «lnie«nntsional so‘zlar lug‘ati» .(O.Usmon, 1959). «Ruscha-internntsional so'zlar izohli lug‘ati» (Olim Usmon, Renat Doniyorov, 1965);
Teskari lug'at: «O‘zbek tilining chappa lug‘ati» (R.Qo‘ng‘irov, A.Tixonov, 1968). Bu tipdagi lug'atlarda so'zlar tartibi so‘z boshidagi birinchi harf asosida emas, balki so‘z oxiridagi harflammg alfavitdagi tartibi asosida joylashtiriladi. «Chappa lug‘at» bir xil tovush yoki bir xil bo‘g‘in bilan tugagan qofiyadosh so'zlarni topishda juda qulay praktik qo'llanma hisoblanadi;

Download 77.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling