15-mavzu: O‘zbek leksikografiyasi. Umumiy va maxsus lug‘atlar. Akademik, ommabop va o‘quv lug‘atlari. Sohaviy lug‘atlarda terminlar. Tezaurus haqida ma’lumot.
(2 soat)
Reja :
O’zbek lug’atchiligi tarixi haqida ma’lumot
Tilning lug’at tarkibi
Lug’atlarning tuzilishi va turlari
Frazeologiya haqida ma’lumot
Tayanch so’z va iboralar. Tilning lug’at tarkibi, Leksikografiya, qomusiy lug’at, lingvistik lug’at, izohli lug’at, lug’atshunoslik tarixi, frazeologiya.
O'zbek lug'atchiligi tarixidan qisqacha ma'lumot
O‘zbek lug‘atchiligi tarixi, aslida, eski turkiy til lug‘atchiligi va arab tili lug‘atchiligi tarixi bilan uzviy bog'liqdir: «Devonu lug‘otit turk» (1073— 1074- y.), «Muqaddimatul adab» (1137- y.), «Kitob ul-idrok li lisanul atrak» (1312- y.), «Attuhfatuz zakiyatu fil lug'atit turkiya» (XIII asr) kabi asarlar arab tilida va arab tilshunosligi an'analarida yozilgan bo‘lsa-da, ularning barchasida qadimgi turkiy til va eski turkiy til lug‘ati o‘z ifodasini topgan.
«Devonu lug'otit turk» (1073—1074- y.) — Mahmud Qoshg'ariyning turkiy tillar haqidagi qomusiy asari. Unda Markaziy Osiyodan Qora dengiz bo'ylarigacha cho'zilgan hududda yashovchi turkiy urug'lar, qabilalar, elatlar, ularning tillari haqida ma'lumot beriladi. Xalq og'zaki ijodidan namunalar keltiriladi. Lug'atning bizgacha bitta qo'lyozmasi yetib kelgan. Bu qo'lyozma, kotibning ta'kidlashicha, Mahmud Qoshg'ariyning o'z qo'li bilan yozilgan nusxadan ko'chirilgan bo'lib, 1914- yilda Turkiyaning Diyorbakr shahridan topilgan. U Istanbulda saqlanmoqda.
«Devonu lug'otit turk» arab tilidan nemis, usmonli turk va o'zbek tillariga tarjima qilingan1-'-.
«Muqaddimatul adab» (1137- y.)-Mahmud az-Zamaxshariyning Xorazmshoh Alouddavla Abulmuzaffar Otsizga bag'ishlab yozgan asari. Bu asar besh qismdan iborat bo'lib, ularda otlar, fe'llar, bog'lovchilar, ot o'zgartishlari va fe'l o'zgartishlari haqida bahs yuritiladi. Arabcha so'zlarning ostida forscha, ba'zilarida turkiy, hatto mo'g'ulcha tarjimalari berilgan. Asar 1706-yilda Xo'ja Is'hoq Afandi tomonidan usmonli turk tiliga, keyinchalik fransuz va nemis tillariga ham taijima qilinib, Parij, Leypsig, Vena, Leyden, Qozon shaharlarida, Norvegiya, Misr va Hindistonda bir necha marta nashr etilgan1". Manbalarda ta'kidlanishicha, «Muqaddimatul adab»ning chig'atoy tilidagi tarjimasi
az-Zamaxshariyning o'zi tomonidan amalga oshirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |