15-mavzu: O‘zbek leksikografiyasi. Umumiy va maxsus lug‘atlar. Akademik, ommabop va o‘quv lug‘atlari. Sohaviy lug‘atlarda terminlar. Tezaurus haqida ma’lumot


«Attuhfatuz zakiyatu fll lug'atit turkiya»


Download 77.5 Kb.
bet2/9
Sana22.04.2023
Hajmi77.5 Kb.
#1380668
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
15-AMALIY MASHG\'ULOT

«Attuhfatuz zakiyatu fll lug'atit turkiya» («Turkiy til haqida noyob tuhfa», XIII asrning oxirida yozilgan). — Muallifi noma'lum. Bizgacha bu asarning bitta nusxasi yetib kelgan, u Turkiyadagi shaxsiy kutubxonalardan birida saqlanadi.
Lug'at arab tilida yozilgan, uni turkshunos Besim Atalay turkcha izohlar bilan nashr ettirgan. Lug'atda qipchoq o'zbeklari tili tavsifangan. U 1968- yilda taniqli tilshunos Solih Mutallibov tarjimasida o'zbek tilida nashr ettirilgan.
«Kitob ul-idrok li Lison il-atrok» («Turkiy tillarni bilish kitobi», 1312-y.) - Abu Hayyan Andalusiyning turkiy tillarning leksikasi va grammatikasiga oid asari. Unda o'z davrining turkiy lahja va shevalari haqida ma'lumot berilgan.
«Kitobu bulg'atul mushtaqori lug‘atit turk val qifchoq» («Turk va qipchoq tilini bilishni istaganlar uchun qo'llanma», XlVasr) - Jamoliddin Abu Muhammad Abdulahad Turkiy tomonidan yaratilgan lug'at. Asarning arabcha matni qora, turk so'zlari esa qizil siyohda yozilgan. Lug'atning leksikografik materiali 4 bo'limga ajratilgan: 1) xudo va osmon, unga bo'ysunuvchi jami mavjudotlar haqida; 2) yer, uning usti va ostida bor bo'lgan narsalar haqida; 3) ravishdoshlar; 4) fe'llar.
Bu asar turkiy tillar tarixini o'rganishda katta ahamiyatga ega. Uning qo'lyozmasi Parij milliy kutubxonasida saqlanadi. 1710 ‘zbek lug‘atchiligi tarixining
chig‘atoy (eski o‘zbek tili) davri
O'zbek lug'atchiligi tarixida chig'atoy tili deb nomlangan eski o'zbek adabiy tili davri (XIV-XIX asrlar) alohida o'rin tutadi.
XV—XVI asrlardan boshlab Alisher Navoiy ijodiga qiziqishning ortib borishi qator lug'atlarning yaratilishiga olib keladi. Quyida shulardan ayrimlari haqida qisqacha ma'lumot beriladi:
«Badoyeul lug‘at». Bu lug'at XV asming oxiri va XVI asming boshlarida Sulton Husaynning topshirig'iga binoan hirotlik Tole Hiraviy tomonidan tuzilgan. U «O'zbekcha-forscha lug'at» harakterida bo'lib, mingga yaqin so'z va iborani o'z ichiga oladi. Lug'atda ta'kidlanisliicha, unda Alisher Navoiy she'riyati tilini izohlash maqsad qilingan.
Lug'at qo'lyozmasi Sa n kt - Pete rbu rgdagi M.Y.Saltikov-Shchedrin nomli kutubxonada saqlanmoqda. U 1961-yilda prof.A.K. Borovkov tomonidan maxsus sharhlar bilan rus tilida nashr qilingan134.

Download 77.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling