«Mufradot» Alisher Navoiyning muammo janri nazariyasi haqidagi asari bo`lib, u 890 hijriy 1485 milodiy yilda yozilgan


Download 10.59 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi10.59 Kb.
#1629517
Bog'liq
1-savol


1-savol
. «Mufradot» Alisher Navoiyning muammo janri nazariyasi haqidagi asari bo`lib, u 890 hijriy — 1485 milodiy yilda yozilgan. Risolaning yozilish tarixi haqida Navoiyning «Xamsat ul-mutahayyirin» va Xondamirning «Makorim ul-axloq» asarida ma`lumotlar bor. Abdurahmon Jomiy va Xondamir bu asarga yuqori baho berganlar. Alisher Navoiy davrida muammo janri haqida risolalar juda ko`p bo`lishiga qaramay, «Mufradot»ning o`z davrida va undan keyin ham shuhrat qozonishining sababi shuki, bu risolada muammoning turli uslub va amallari ixcham, tushunarli qilib bayon etilgan. Muammo amallariga keltirilgan misol muammolarni yechish, keyin keladigan qoidalarni bilishni talab etmaydi. Ularnppg yechilishi shu muammo qoidasi va oldingi o`quvchi bilib olgan qoidalarga tegishli bo`ladi. Ma`lumki, Navoiyning muammo haqidagi bu risolasidan tashqari «Devoni Foniy»ga kirgan fors-tojik tilidagi 500 ta muammosidan 373 tasi va «Navodir ush-shabob» devonidan o`rin olgan 52 ta o`zbek tilidagi muammolari bizgacha yetib kelgan. «Mufradot»ning qo`lyozish nusxalari uncha ko`p emas. Uning 4 ta nusxasi mavjud. Ulardan biri Sankt-Peterburgdagi Saltikov-Shchedrin nomidagi kutubxonaning qo`lyozmalar jamg`armasida saqlanadi.

2-savol
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy bundan besh asr oldin tillarning oʻzaro chogʻishtirma tadqiqiga asoslangan “Muhokamatu-l-lugʻatayn”(“Ikki til muhokamasi”) monografiyasi bilan dunyo tilshunosligida mutlaqo yangi ilmiy yoʻnalish – komprativistikaga asos solgan edi. Alloma ushbu asari orqali chogʻishtirma tilshunoslikning tadqiq yoʻllari, tahlil usullari, metodologik asosini ishlab chiqdi. Hozirga qadar zamonaviy tilshunoslikda ushbu ilmiy izlanish oʻz oʻrnini, tahlil va tadqiq usullari, qadri va ahamiyatini yoʻqotgan emas. Lingvistika tarixida Alisher Navoiy boshlab bergan mutlaqo yangi ilmiy yoʻnalishga asoslangan komprati­vistik tadqiqotlar Ovrupoda XIX asrning birinchi yarmiga kelibgina yaratila boshladi; tilshunoslik tarixida qiyosiy-tarixiy tilshunoslik nomi bilan oʻrin egalladi. Hozirda ushbu yoʻnalish zamonaviy ­tilshunoslikning yirik sohalaridan biriga aylangan. Hazrat Navoiy ilmiy tafakkurining gultoji hisoblangan ushbu tadqiqot oʻzbek fani tarixida ham tengsiz maqomga ega. Ushbu asar bizgacha yetib kelgan ilmiy ishlar orasida oʻzbek tilida yaratilgan birinchi sof lingvistik ilmiy-tadqiqot hisoblanadi. Kezi kelganda qayd etish kerakki, Nizomiddin Mir Alisher Navoiyga qadar turkiy tillar tadqiqiga bagʻishlangan oʻnlab ilmiy asarlar yaratilgan. Biroq ular arab tilida yozilganligini hamda ularning katta boʻlagi oʻquv qoʻllanma xususiyatiga ega ekanligini esdan chiqarmaslik kerak. Navoiy ushbu asari bilan oʻzbek lafzida tilshunoslik boʻyicha ilmiy ish yaratish uslubini, yozma ilmiy bayon texnikasini yaratib berish bilan birga, uning ilmiy terminshunosligini ham ishlab chiqdi. Shu jihatlari bilan ushbu asar oʻzbek va jahon fani uchun gʻoyat qadrli fundamental tadqiqot sanaladi.

3-savol
Bahrom va Dilorom voqeasi asarda qoliplovchi hikoya boʻlib, uning ichida yana 7 hikoya keltirilgan.Bahrom — 7 iqlim shohi. Ovda uni izlab kelayotgan Moniyni uchratadi. Moniy xitoylik goʻzal Dilorom haqida xabar beradi, oʻzi chizgan qizning suratini koʻrsatadi.Shoh suratni koʻrib telbalarcha oshiq boʻladi. Xitoyning 1 yillik xirojini toʻlab, qizni saroyga keltiradi. Shoh qizga butunlay mahliyo boʻlib, mamlakat ishlarini unutadi. Mastlik bilan sevgilisidan ham ajraladi, soʻng uzlatga beriladi. Undagi savdoyilikni daf etmoq uchun 7 iqlim shohi 7 rangdagi 7 qasr qurdiradi. Baxrom ularning har birida har kuni 1 musofirdan hikoya tinglaydi, tuzala boshlaydi. Nihoyat 7-kun oq qasrda Diloromning daragini eshitadi va uni topadi. Yana ovga, ayshishratga beriladi va navbatdagi ov paytida butun arkoni davlati bilan yer yutadi. Dilorom obrazi asarda suyukli yor, mohir sozanda va o‘zbek ayollarining siymosi sifatida gavdalantiriladi.

4-savol
Lison ut-tayr (arab. — "Qush tili") — Alisher Navoiyning dostoni, oʻzbek mumtoz adabiyoti va oʻzbek adabiy tilining muhim yodgorliklaridan. 1498—99 yilda fors shoiri Farididdin Attorning "Mantiq ut-tayr" asari taʼsirida yozilgan. Asar syujeti va bosh gʻoya xususida Attorga izdoshlik qilgan. "L.ut-t." falsafiy doston boʻlib, shoir unda majoziy obrazlar, qahramonlarning sarguzashtlari orqali tasavvuriy gʻoyalarini ifodalagan. Navoiy asarda Xudo tashqarida emas, sening oʻzingda, degan fikrni olga suradi. Shu yoʻsinda insonni ulugʻlaydi, uning kamolotga erishish yoʻlini yuksak sheʼriy mahorat bilan bayon etadi.Asarning barcha gʻoyasi odamning tarbiyasini koʻrsatishga qaratilgan."L.ut-t." 3598 baytdan (176 kichik bobdan) iborat boʻlib, aruz vaznining ramali musaddasi maqsur (foilotun — foilotun — foilon) vaznida yozilgan. Asardagi boblar alohida epizodlardan, savol-javoblardan, kichik hajmli hikoya va masallardan tashkil topgan. Asardagi hikoyalarda Navoiy buyuk hikoyanavis sifatida koʻzga tashlanadi. "L. ut-t." Alisher Navoiyning 20 jildli Mukammal asarlar toʻplami 12-j. (T., 1996)dan oʻrin olgan.



5-savol
Hazrat Alisher Navoiy qalamiga mansub tazkiraviy xususiyatga ega bo’lgan tarixiy asarlar “Tarixi anbiyo va hukamo” va “Tarixi muluki Ajam” o’zining davlatchilik va hukmdorlikka oid falsafiy-axloqiy, ijtimoiy-siyosiy, ta'limiy-mafkuraviy, tasavvufona ruhdagi g’oyalari bilan qimmatli adabiy manbadir. Bu asarlar nafaqat nasrimizning go’zal namunasi, balki bugungi kunda barpo etilayotgan va asosiy maqsadimizga aylangan erkin demokratik jamiyat qurish g’oyasining asosiy mazmuni va mag’zi hisoblangan milliy-ma'naviy qadriyatlar sarchashmasidir. Shu fikrlar mohiyati yuzasidan chiqarilgan xulosalarda o’z aksini topdi. Shoir bu asarlarda shohlar tasviriga o’ziga xos tarzda yondashgan. Shohlarning jamiyatda tutgan o’rnini ularning jangu jadallari bilan emas, balki xalq va millat farovonligi uchun qilgan ezgu amallari va saxovatli ishlari bilan belgilagan, ana shu nuqtai nazardan ular “odil” va “zolim” shohlar sifatida baholangan. Muallif ularga o’z munosabatini bildirish jarayonida “odil hukmdor” yoki “odil shoh” nazariyasini ishlab chiqadi. Odil hukmdor fazilatlarini, xislatlarini orzulariga monand holda tasvirlaydi.
Download 10.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling