15-mavzu: O‘zbek leksikografiyasi. Umumiy va maxsus lug‘atlar. Akademik, ommabop va o‘quv lug‘atlari. Sohaviy lug‘atlarda terminlar. Tezaurus haqida ma’lumot


Download 77.5 Kb.
bet4/9
Sana22.04.2023
Hajmi77.5 Kb.
#1380668
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
15-AMALIY MASHG\'ULOT

Soha ensiklopediyalari. Bunday ensiklopediyalarda faqat bir sohaga oid materiallar beriladi: «Zoologiya ensiklopediyasi» (3 jildlik. Tesha Zohidov, 1960—1969), Botanikadan ruscha-o'zbekcha ensiklopedik lug'at (Q.Z.Zokirov, H.A.Jamolxonov, 1973) shularjumlasidandir.
Lisoniy lug‘atlarda so‘z ma'nolari, imlosi, talaffuzi, iboralar (frazemalar), xalq maqollari, xullas, til birliklari oid ma'lumotlar beriladi. Demak, lisoniy lug'atlarda til va nutq birliklari, til kategoriyalari haqida ma'lumot berish, maqol va matal kabi janr boyliklarini to'plash maqsad qilinadi.
Lisoniy lug‘atlar ham dastlab ikki turga — umumiy va xususiy (maxsus) lug'atlarga bo'linadi.
Umumiy lug‘atlarda umumtil birliklari, ularning ma'nolari va qo'Ilanish xususiyatlari izohlanadi. Bunday lug'atlar bir tilli, ikki tilli, ko‘p tilli, izohli, izohsiz bo'lishi mumkin. «O'zbek tilining izohli lug'ati» (ikki tomli, 1981), «O‘zbekcha-ruscha lug'at» (1959), «Ruscha-o‘zbekcha lug'at» (besh tomli, 1950-1955) va boshqalar shular jumlasidandir.
Xususiy (maxsus) lug‘atlarda tilning lug'at boyligidagi birliklar ma'lum sohalar bo'yicha yoki shu tildagi ma'lum mikrosistemalar, guruhlar bo'yicha tanlab izohlanadi. «Ruscha-o‘zbekcha fizik terminlar lug'ati» -(M.D.Yagudev, R.X.Mallin, 1952), «Ruscha-o‘zbekcha matematik terminlar lug‘ati» (M.Sobirov| 1952), «O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati» (A.Hojiyev, 1974), «Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati» (A.Hojiyev, 2002), «O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati» (Sh.Rahmatullayev, 1978), «Imlo lug‘ati» (Olim Usmon, 1949), «O‘zbek tilining imlo lug‘ati» (S.Ibrohimov| E.Begmatov, A.A.Ahmedov, 1976), «O‘zbek ismlari» (E.Begmatov, 1991), «O‘zbek tili omonimlarining izohli lug‘ati» (Sh.Rahmatullayev, 1984), «O‘zbek tili antonimlarining izohli lug‘ati» (Sh.Rahmatullaev, N.Mamatov, R.Shukurov, 1980), «Ruscha-o‘zbekcha botanika terminlarining qisqacha izohli lug‘ati» (Q.Zokirov, M.M.Nabiyev, O‘.Pratov| H.Jamolxonov, 1963) va boshqalar shular jumlasidandir.
Keyingi yillarda o‘zbek tilida yana bir qator yangi lug'atlar yuzaga keldi: «Yozuv tarixidan qisqacha lug‘at-ma'lumotnoma» (N.Mahmudov, 1990), «O‘zbek ismlari (E.Begmatov, 1991), «O‘zbek tilining etimologik lug‘ati» (Sh.Rahmatullayev, 2000), «O'zbek tilining imlo lug‘ati» (Sh.Rahmatullayev, A. Hojiyev, 1995), «O‘zbek tili tasviriy ifodalarining izohli lug‘ati» (R.Rasulov, I.Umirov, 1997)
Tanlangan tillar miqdoriga ko'ra lug'at turlari

Download 77.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling