16-bob: Strategiya va raqobat ustunligi. Reja


Vertikal integratsiya strategiyasi va raqobat ustunligi


Download 25.37 Kb.
bet4/4
Sana18.06.2023
Hajmi25.37 Kb.
#1584612
1   2   3   4
Bog'liq
16-mavzu Strategiya va raqobat ustunligi

4.Vertikal integratsiya strategiyasi va raqobat ustunligi
Kompaniya mablag`larini vertikal integratsiyaga investitsiya qilishning asosiy sababi uning raqobat pozitsiyasini kuchayishidir. Agar vertikal integratsiya kompaniya xarajatlarini sezilarli darajada pasayishiga yoki kushimcha raqobat ustunligiga erishishga olib kelmas ekan, u strategik hisoblanmaydi va unga mablag` sarflashning foydasi yuk.
«Orqaga» integratsiya shundagina xarajatlarni pasayishiga olib keladiki, unda ishlab chiqarishning talab etiladigan hajmi shu darajada yuqori bo‘ladiki, u xuddi ta‟minotchilardagi kabi ishlab chiqarish miqyoslarida shunday tejamkorlikni ta‟minlaydi.
«Oldinga» vertikal integratsiya ham ana shunday ildizlarga ega.
Vertikal integratsiyaning kamchiliklariga quyidagilar kiradi:

  1. Integrallashgan firmalar yangi texnologiyalarga sekin kunikish tendensiyasiga ega bo‘ladilar, chunki bu katta xarajatlar bilan boglik.

  2. Integratsiya ta‟minotchilarni erkin tanlash xususida firmaning imkoniyatlarini cheklaydi.

  3. Vertikal integratsiya kadriyatlar zanjiridagi har bir bosqichda quvvatlarni balansligi bilan boglik bo`lgan muammolarga olib keladi.

  4. «Oldingi» yoki «orqaga» integratsiya turli malaka, mahorat va ishbop kobiliyatlarini talab etadi.

Shunday qilib, vertikal integratsiya strategiyasining ham kuchli, ham kuchsiz tomonlari bo`lishi mumkin. Integratsiyaning qanday yo‘nalish va qanday mikyoslarini tanlash quyidagilarga boglik:

  1. Integratsiya kompaniyaning strategik jihatdan muhim bo`lgan ish sohalari xarajatlarini pasaytirish yoki tabaqalashtirishni chuqurlashtirish tomoniga yaxshilashga kodirmi?

  2. Kapital xarajatlar, javobiy reaksiyaning chapdastligi va tezligiga, ma‟muriy xarajatlarga qanday ta‟sir ko`rsatadi?

  3. Raqobat ustunligini yaratishga kodirmi?


16.5. Boshlovchilikning ustunliklari va kamchiliklari
Vaqt omili strategiyani tanlashda xal qiluvchi rol uynaydi: Ustunlikka erishish uchun «qaldirg`och» firmaning «qaltis vaqtda strategik harakat kerakmi yoki kerak emas?» degan savolga javob beradi.
Strategik qadamlarni birinchi bo`lib qo`ygan firma shundagina yuqori natijalarga erishishi mumkin, qachonki:

  1. Tashabbuskorlik firmaning obro‘ orttirishiga yordam bersa.

  2. Xomashyo, yangi texnologiyalar ta‟minotchilari, sotish tarmoqlari bilan erta o`rnatilgan aloqalar mutlaq ustunlikni egallashga imkoniyat yaratishi mumkin.

  3. Birinchi xaridorlar takroriy haridlarni amalga oshirib kompaniyaga kuchli ixlosmandlikni saqlab qoladilar.

Ammo kutish har doim ham muvaffaqiyatsiz yondoshuv bo`lavermaydi.
«Qaldirg`och»lar uchun qiyinchiliklar paydo bo‘ladi, qachonki:

  1. Birinchi bo`lib yurish, yulboshchilardan keyin yurishga qaraqanda ancha qimmatga tushadi.

  2. Texnologik o`zgarishlar shunchalik tez amalga oshadiki, ilk investitsiyalar tezda samarali bo`lmay qoladi.

  3. Kutayotganlarga bozorga kirish osonrok, chunki xaridorlar har doim ham «qaldirg`och»larga sadoqatni saqlab qolavermaydilar.

  4. Ilgarilab ketayotganlarning mahorat va nou-xaularidan osongina nusxa kuchirilishi mumkin yoki hatto orqada qolayotganlar tomonidan takomillashtirilishi ham mumkin.

Nazorat savollari:

  1. Raqobat strategiyalarining turlari.

  2. Xarajatlar bo‘yicha yetakchilik strategiyasi qanday vaziyatda qo‘llaniladi?

  3. Tabaqalashtirish strategiyasi qachon qo‘llaniladi?

  4. Hujumkorlik strategiyasining turlari.

  5. Raqiblar hujumini oldini olish uchun nimalar qilinadi?

Raqobat ustunligini himoyalash yo‘llari.



Download 25.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling