19-laboratoriya ishi Mavzu: Korxona va tashkilot axborot komunikatsiya tizimlarida vpn tarmoq qurish


Download 263.79 Kb.
bet1/3
Sana07.05.2023
Hajmi263.79 Kb.
#1440837
  1   2   3
Bog'liq
19-Laboratoriya ishi.


19-laboratoriya ishi
Mavzu: Korxona va tashkilot axborot komunikatsiya tizimlarida VPN tarmoq qurish.
Ishdan maqsad. Routerlarda site-to-site texnologiyasi asosida virtual himoyalangan tarmoq qurish ko`nikmalarini hosil qilish.
Nazariy ma’lumot
VPN (Virtual Private Network - virtual xususiy tarmoq) -mantiqiy tarmoq bo‘lib, o‘zidan yuqoridagi boshqa tarmoq, masalan, Internet asosida quriladi. Bu tarmoqda kommunikatsiyalarda umumiy xavfsiz bo‘lmagan tarmoq protokollaridan foydalanilishiga qaramay, shifrlashdan foydalangan holda, axborot almashinishda bеgonalarga bеrk bo‘lgan kanallar tashkil qilinadi. VPN tashkilotning bir nеcha ofislarini ular o‘rtasida nazorat qilinmaydigan kanallardan foydalangan holda yagona tarmoqqa birlashtirish imkonini bеradi.
O‘z navbatida, VPN alohida tarmoq xususiyatlarini qamrab olgan, lеkin bu tarmoq umumiy foydalanish tarmog‘i, masalan, Intеrnеt orqali amalga oshiriladi. Tunnеllashtirish mеtodi yordamida ma’lumotlar pakеti umumiy foydalanish tarmog‘i orqali xuddi oddiy ikki nuqtali bog‘lanishdagi kabi translyatsiya qilinadi. Har qaysi «ma’lumot jo‘natuvchi-qabul qiluvchi» juftligi o‘rtasida ma’lumotlarni bir protokoldan ikkinchi protokolga inkapsulyatsiya qilish imkonini bеruvchi o‘ziga xos tunnеl — xavfsiz mantiqiy bog‘lanish o‘rnatiladi.

19.1-rasm. Virtual himoyalangan tarmoq strukturasi
Amaliy ish
Bu amaliy ishda routerlarda vpn-ni qanday sozlash va undan foydalanishni o'rganamiz.Biz xavfsiz aloqa uchun routerlar o'rtasida vpn tunnel yaratishni o'rganamiz.
Ishni bajarish tartibi



  1. Cisco packet tracer dasturi ishga tushiriladi.

  2. Quyida keltirilgan topologiya quriladi.



19.2-rasm. Tadqiq qilinayotgan tarmoq topologiyasi
Endi ushbu laboratoriyada routerlar va kompyuterlar har bir interfeysiga IP-manzilni belgilash va bu yerda olingan kompyuterlarga IP-manzilni belgilash.
Router 1
Router>enable
Router#config t
Router(config)#host r1
r1(config)#int fa0/0
r1(config-if)#ip add 192.168.1.1 255.255.255.0
r1(config-if)#no shut
r1(config-if)#exit
r1(config)#int fa0/1
r1(config-if)#ip address 1.0.0.1 255.0.0.0
r1(config-if)#no shut
Router 2
Router>enable
Router#config t
Router(config)#host r2
r2(config)#int fa0/0
r2(config-if)#ip add 1.0.0.2 255.0.0.0
r2(config-if)#no shut
r2(config-if)#exit
r2(config)#int fa0/1
r2(config-if)#ip add 2.0.0.1 255.0.0.0
r2(config-if)#no shut


R3
Router>enable
Router#config t
Router(config)#host r3
r3(config)#int fa0/0
r3(config-if)#ip add 2.0.0.2 255.0.0.0
r3(config-if)#no shut
r3(config-if)#exit
r3(config)#int fa0/1
r3(config-if)#ip add 192.168.2.1 255.255.255.0
r3(config-if)#no shut



Download 263.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling