2-amaliy Topshiriq Mavzu: Kompyuter tarmoqlarining dasturiy vositalari
Download 65.11 Kb.
|
1 2
2-amaliy Topshiriq Mavzu: Kompyuter tarmoqlarining dasturiy vositalari. sxa ko‘chirish apparatlari yoki havo konditsionerlari bilan bita rozetkadan foydalanmPrinterni o'rnatish/undan foydalanish bo'yicha maslahatlar va ogohlantirishlarPrinter ventilyatsiya teshiklari va tirqishlarini to‘sib yoki yopib qo‘ymang. Faqat printer yorlig‘ida ko‘rsatilgan quvvat manbasi turidan foydalaning. Muntazam ravishda o‘chib-yonib turuvchi nuang. Devordagi pereklyuchatellar yoki avtomatik taymerlar tomonidan boshqariluvchi elektr rozetkalaridan foydalanmang. Butun kompyuter tizimini dinamiklar yoki simsiz telefonlarning asosiy qurilmalari kabi elektromagnit halaqit manbalaridan uzoqroq saqlang. Elektr ta’minot shnurlari ishqalanishlar, qirqilishlar, yemirilish, qisilish va buralish xavfi bo‘lmagan tarzda joylashtirilishi kerak. Elektr ta’minot shnurlari ustiga buyumlar qo‘ymang va ularni bosish yoki ustidan yugirib o‘tishlariga yo‘l qo‘ymang. Barcha elektr ta’minot shnurlari uchlari hamda transformatorga kirish va chiqish nuqtalarining to‘g‘ri holda bo‘lishiga ayniqsa e‘tirbor bering. Agar siz printer bilan uzaytirma kabeldan foydalansangiz, uzaytirma kabelga ulangan qurilmalar jami tok kuchining uzaytirma kabel mo‘ljallangan tok kuchidan ortiq emasligiga ishonch hosil qiling. Yana devordagi rozetkaga ulangan qurilmalar jami tok kuchining rozetka mo‘ljallangan tok kuchidan ortiq emasligiga ishonch hosil qiling. Agar siz printerdan Germaniyada foydalanmoqchi bo‘lsangiz, printerni mos qisqa tutashuv himoyasi va ortiqcha kuchlanishdan himoyalash bilan ta’minlash uchun o‘rnatish joyi 10 amper yoki 16 amperli zanjir uzgich bilan himoyalangan bo‘lishi kerak. Printerni kabel bilan kompyuterga yoki boshqa qurilmaga ulaganda ulovchi simlarning to‘g‘ri yo‘nalganligiga ishonch hosil qiling. Har bir ulovchi sim faqat bitta to‘g‘ri yo‘nalishga ega. Ulovchi simni noto‘g‘ri yo‘nalishda tiqish kabel orqali ulangan har ikkala qurilmani ham shikastlaydi. Printerni barcha yo‘nalishlarda printer asosidan katta bo‘lgan tekis, barqaror yuzaga o‘rnating. Agar u burchak ostida qiyshaygan bo‘lsa, printer to‘g‘ri ishlamaydi. Printerni saqlaganda yoki tashiganda uni qiyshaytirmang, vertikal holda joylashtirmang yoki to'ntarmang; aks holda siyoh oqib ketishi mumkin. Printer ustidan hujjat qopqog‘ini to‘liq ko‘tarish mumkin bo‘ladigan darajada joy qoldiring. Printerning old tomonidan qog‘ozni to‘liq chiqarib olishga yetarli darajada joy qoldiring. Printerni harorati va namligi keskin o‘zgaruvchi joylarga joylashtirmang. Yana printerni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushuvchi quyosh nurlari, kuchli yorg‘lik yoki issiqlik manbalari ta’sir qiladigan joylarga o‘rnatmang. Printerdagi slotlar orqali buyumlarni solmang. Chop qilish vaqtida printer ichiga qo‘lingizni tiqmang. Printer ichidagi oq yassi kabelga tegmang. Printer ichida yoki atrofida tarkibida yonuvchan gazlar bo‘lgan aerozol mahsulotlardan foydalanmang. Bunday qilish yong‘in chiqishiga olib kelishi mumkin. Chop qilish golovkasini qo'lingiz bilan harakatlantrimang; aks holda printernga zarar yetkazishingiz mumkin. Skaner qurilmasini yopganda barmoqlaringizni qisib olmaslik uchun ehtiyot bo‘ling. Asl nusxalarni joylashtirganda skaner oynasi-ni xaddan tashqari qattiq bosmang. Printerni domi tugmasidan foydalangan holda o‘chiring. chiroq miltillashdan to‘xtamagunicha printerni rozetkadan uzmang yoki tashqi rozetkadan o‘chirmang. Printerni tashishdan avval chop qilish golovkasining uy holatida (chetki o‘ng tomonda) ekanligiga va siyoh kartridjlarining joyida ekanligiga ishonch hosil qiling. Agar printerdan uzoq vaqt foydalanmaslikni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, ta’minot shnurini elektr rozetkasidan uzib qo‘ying. Download 65.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling