2022 seminar mashg‟ulotlarning ta‟lim texnologiyasi


Download 60.25 Kb.
bet3/8
Sana21.01.2023
Hajmi60.25 Kb.
#1107271
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nasullayeva Nilufar (1)

Kоmmunikаtsiya usullаri: tinglоvchilаr bilаn оpеrаtiv tеskаri аlоqаgа аsоslаngаn bеvоsitа o’zаrо munоsаbаtlаr.

Tеskаri аlоqа usullаri vа vоsitаlаri: kuzаtish, blits-so’rоv, оrаliq vа jоriy vа yakunlоvchi nаzоrаt nаtijаlаrini tаhlili аsоsidа o’qitish diаgnоstikаsi.

Bоshqаrish usullаri vа vоsitаlаri: o’quv mаshg’ulоti bоsqichlаrini bеlgilаb bеruvchi tехnоlоgik kаrtа ko’rinishidаgi o’quv mаshg’ulоtlаrini rеjаlаshtirish, qo’yilgаn mаqsаdgа erishishdа o’qituvchi vа tinglоvchining birgаlikdаgi hаrаkаti, nаfаqаt аuditоriya mаshg’ulоtlаri, bаlki аuditоriyadаn tаshqаri mustаqil ishlаrning nаzоrаti. Fan amal qiladigan qonuniyatlar: Fuqarolik jamiyati. O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurilish nazariyasi va amaliyoti fanida amal qiladigan qonuniyatlarni bilishda quyidagi jihatlarni alohida hisobga olish kerak.

Birinchidan, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fani dunyoda e’tirof etilgan umumiy qonuniyatlarni hisobga oladi.

Ikkinchidan, O‘zbekistonning o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq xususiy, alohida qonuniyatlarga tayanadi.
Masalan: «O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurilishining o‘ziga xos va mos rivoj lanish qonuni» yoki «Demokratik jamiyat qurilishida milliy mentalitet xususiyatlarini hisobga olish qonuni», «Demokratik jamiyat qurilishining milliy-ma’naviy qadriyatlar bilan bog‘liqligi qonuni», «O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurilishining o‘ziga xos xususiyatlarining O‘zbekiston davlatchiligi tarixi, milliy-madaniy merosi, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayoti bilan aloqadorligi qonuni va boshqalar.
Ma’lumki, bu qonuniyatlar nihoyat darajada ko‘pqirraliligi, murakkabligi va nozikligi bilan alohida e’tiborni talab qiladi.
3. Fuqarolik jamiyati-demokratik jamiyat qurilishi o‘zining xilma- xil milliy xususiyatlariga egadir. Har bir xalq demokratiyani o‘zining milliy-madaniy merosi, siyosiy mentaliteti, fe’l-atvori, qadriyatlari asosida ko’radi, hamda demokratiyaning umumbashariy ma’no va mazmunini boyitishga hissa qo‘shadi.
Fuqarolik jamiyati. O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fani sinfiylik va partiyaviylik g‘oyalaridan mutlaqo xoli bo‘lib, unda iqtisodni mafkuradan ustun qo‘yish, insoniylik, milliy istiqlol va tiklanish, ijtimoiy-siyosiy barqarorlik g‘oyalari muhim o‘rin egallaydi. O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurishni Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov asarlarida asoslab bergan xulosalari mazmun-mohiyatiga ko‘ra ko‘nikib qolingan andozalardan tubdan farq qiladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda O‘zbekistonda shakllanayotgan jamiyat o‘zga jamiyatlardan mazmuniga ko‘ra tubdan farq qiladi hamda, tanlangan yo‘lning o‘ziga xosligini va betakrorligini belgilaydi.



Download 60.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling