Liofob va liofil kolloidlarning xossalari
Download 130.04 Kb.
|
Liofob va liofil kolloidlarning xossalari
Liofob va liofil kolloidlarning xossalari. Reja:
12.2. Kolloid eritmalarni elektr va kinetik xossalari. 12.3. Liofob va liofil kolloidlar. 12.4. Kolloid eritmalarni tozalash usullari. 12.1. Kolloid eritmalarning optik xossalari Kolloid eritmalarning optik hossalari chin eritmalar hamda dag’al dispers sistemalarning hossalaridan tubdan farq qiladi. Kolloid eritmalarning optik hossalariga ko’ra, ularning tabiati, kontsentratsiya va kolloid zarrachalarning katta - kichikligi aniqlanadi. Dispers faza zarrachalarining o’lchamiga qarab to’shayotgan yorug’lik tasirida kolloid eritma har xil rangga ega bo’ladi. Masalan, kumush kolloid eritmasida kumushning zarrachalari mayda bo’lsa, (80 - 90 mmk) kolloid eritma to’q sariq va qizil rangli bo’ladi, agar kumush zarrachalari yirikroq bo’lsa, (110 mmk da) binafsha, (160 mmk da) ko’k rangli bo’ladi. Bu hol tushayotgan nurning to’lqin uzunligi va zarrachalarning o’lchamiga bog’liq. M.Faradeyning shogirdi D.Tindal kolloid dispers sistemadagi zarrachalar yorug’likni tarqatishi natijasida dispers muxitda konussimon yorug’lik yo’li hosil bo’lishini aniqlaydi. Bu xodisa ikki olim nomiga Faradey va Tindal konusi deb yuriti-ladi va xodisaning o’zi Faradey - Tindal effekti deyiladi. 1908 yili S.Smoluxovskiy ko’rsatishicha, kolloid sistemada bir xil o’lchamdagi dispers faza bo’lganda issiqlik tasiri natijasida uning zichligi o’zgaradi va nurlarning tarqalish intensivligi har xil bo’ladi. Buning natijasida kolloid eritmalarning rangi o’zgaradi. Bu xodisa opalestsentsiya deyiladi. Opalestsentsiya xodisasi fluorestsentsiya xodisasiga o’xshaydi. Ammo fluorestsentsiyada tushayotgan nur oddiy modda orqali yutilib, so’ngra bir xil uzunlikda nur chiqarib tarqalishda hosil bo’ladi. Kolloid sistemalarning nur tarqatish hossalari Faradey - Tindal effektiga asoslanib tuzilgan nefelometr, ultramik-roskop va elektronmikroskoplar yordamida ularning kontsentra-tsiyasi va undagi zarrachalarning o’lchami aniqlanadi. Download 130.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling