12.4.Kolloid eritmalarni tozalash usullari.
Toza kolloid eritmalar olish uchun kolloid eritmalar tarkibida hosil bo’lgan elektrolit ( asos, kislota, tuz ) lar va boshqa aralashmalardan tozalaniladi. Kolloid eritmalarni tozalash uchun «dializ»,«elek-trodializ» va «ultrafiltratsiya» usullardan foydalaniladi.
Dializ usul deb, kolloid eritmalarini molekula va ion eritmalaridan suniy membrana xaltachasi orqali tozalashga aytiladi, unda ishlatiladigan asbobga dializator deyiladi.
Kollodiy va tsellofanlardan suniy membrana tayyorlanadi.
Elektrodializ usuli deb elektr toki yordamida dializ usulini tezlashtirishga aytiladi. Buning uchun kolloid eritmadan elektr toki o’tkazilganda eritmadagi manfiy ionlar anodga, musbat ionlar esa, katodga yig’ilib, oqayotgan suv bilan yuvilib ketadi.2
Elektrodializ sxemasi
Kolloid eritmalarni yarim o’tkazgich membranalar orqali filtrlanishiga ultrafiltratsiya deyiladi.
Bu usulda kolloid zarrachalar filtrda qoladi, dispers muxit esa filtratda bo’ladi.
Ishlatilishi Oltingugurtning kolloid eritmalari qishloq xo’jaligida o’simliklarning zararkunandalariga qarshi ishlatiladi. Polietilendan tayyorlangan tiniq plyonkalar qishloq xo’jaligida issiq xonalarni tashkil etishda, sug’orish inshoatlarining gidroizolyatsiyasida ishlatiladi.
Shu bilan birga yuqori molekulyar moddalar qishloq xo’jaligida tuproq strukturasini yaxshilashga va hosildorligini oshirishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |