26-mavzu: Genetik kod va uning xususiyatlari. Reja: Genetik kod haqida tushuncha. Ma’noli va ma’nosiz tripletlar


Birlamchi va ikkilamchi RNK strukturalari


Download 177.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana22.02.2023
Hajmi177.57 Kb.
#1220150
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
26-mavzu-biokimyo va molekulyarbiologiya

Birlamchi va ikkilamchi RNK strukturalari. 
16S RNK (E.soli) birinchi marta birlamchi tarkibi aniqlangan yuqori polimerlangan RNK 
hisoblanadi. Bu nukleotidlar 3 o‘lchamli tarkibda qanaqa joylashganligi hozirgi vaqtga qadar 
sirliligicha qolmoqda. Birlamchi struktura komplementar juftlashuvi natijasida 2 lamchi 
struktura juda ko‘plab xil ribosomalarda bir-biriga o‘xshash bo‘ladi. 
 


Ribosoma oqsillari 
Har bir ribosoma subbirligi bir qancha har xil oqsillarni ushlaydi. Bu oqsillarning har biri ushbu 
ribosomada bir molekuladan iborat bo‘ladi. 
Natijada ribosoma nuleoproteidlari assimetrik tuzilishga ega bo‘ladi, Ushbu belgisi bilan 
ribosoma nukleoproteidlari viruslar nukleoproteidlaridan farq qiladi. Viruslar bir xil oqsillarning 
tartibli joylashuvidan tashkil topgan. 
Ribosomalar oqsillarini o‘rganishda asosiy usul bo‘lib, oqsillarni gelli muhitda elektroforez 
qilish hisoblanadi. Ushbu usulda oqsillar molekulyar lg‘irligi va zaryadlari turiga qarab alohida 
ajraladilar. 
Ribosoma oqsillari molekulyar massalari asosan 10000 dan 30000 daltongacha bo‘ladi, faqat 
ba’zi oqsillargina 60000-70000 daltonga etishi mumkin. Prokariot hujayra ribosomalari kichkina 
(30S) subbirligi 20 ta, katta (50S) subbirligi esa 30 tagacha har xil oqsillar ushlaydi. 
Ribosomalar oqsillarini to‘liq o‘rganish-2 o‘lchamlik gel-elektroforez yordamida 
denaturatsiyalovchi sharoitda amalga oshiriladi. 
Oqsillarni ajratishning qulay usuli E. Ratshmidt va G. Vittmanlar tomonidan quyidagicha taklif 
qilingan:
Bir yo‘nalishda 8% li muhitda, ikkinchi yo‘nalishda 18% li gel rN-4,6 muhitda elektroforezlash. 
Ushbu usulda (E.soli) 30S va 50S subbo‘laklari oqsillari to‘liq ajralishi kuzatilgan. G‘ovak gelda 
engil asosli muhitda yoki neytral muhitda kislotalik va neytral oqsillar chapga-anod tomonga, 
asosli oqsillar esa o‘ngga-katod tomon mutatsiyalanadi. 
Kislotali muhitda elektroforezlanganda oqsillar hammasi bir tomonga-katod tomonga 
harakatlanadai. Bu usulda oqsillar harakati ularning molekulyar massasiga qarab bo‘ladi. 
Masalan, oqsillar molekulasi qanchalik engil bo‘lsa, ular shuncha tez harakatlanadi (yuqoridan 
pastga tomon). Ushbu qonuniyat oqsillar nomenklaturasiga asos bo‘lgan. Oqsillarni yuqoridan 
pastga tomon raqamlar Bilan belgilash taklif qilingan. 
Ribosomaning kichkina subbirlik tarkibidagi S(small) indeksi bilan belgilanadi.
Katta subbirlik oqsillari L(large) indeksi bilan belgilanadi. 
Masalan, E.soli kichkina subbirlik tarkibida 21 oqsil ushlaydi, ya’ni S

dan S
21 
gacha belgilanadi. 
Katta subbirlik tarkibida 32 xil oqsil mavjud, demak L

dan L
32 
gacha. 

Download 177.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling