3- kurs 302 guruh talabasi xasanova Mamlakat Sharabidinovnaning


BOB “Metallarga kesib ishlash


Download 1.01 Mb.
bet10/15
Sana02.01.2022
Hajmi1.01 Mb.
#197299
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Xasanova Mamlakat Sharabidinovna

2.BOB “Metallarga kesib ishlashning zamonaviy ishlab chiqarish korxonalaridagi roli

2.1. Kesish jarayoni to’g’risida umumiy tushunchalar, kesib ishlash turlari, kesish rejimi elementlari

2.3. Metall kesish dastgohlarining turlari va ularni markalanishi
XTBning 2017 yil 190sonli “Umumiy o’rta ta’limningdavlat standartlar talablari asosida takomillashtirilgan o’quv dasturlarini tasdiqlash va amaliyotga joriy etish to’g’risidagi buyrug’iga asosan 5 sinf Texnologiya va dizayn yo’nalishi (haftasiga 2 soat, jami 68 soat),shundan Metalga ishlov berish texnologiyasi uchun 2soat Mashina, mexanizm, stanoklar va ulardan foydalanish bo’limida Metalga ishlov berish stanoklari va ular haqida tushuncha. Mashinalarning asosiy qismlari.uchun 2soat ajratilgan.

Korxonalarda muhim mehnat qurollari ishlab chiqariladigan etakchi sanoat tarmokdaridan biri bo’lgan mashinasozlik-texnika taraqqiyotining negizi hisoblanadi.Metallarga mexaniq ishlov berish mashinasozlikdagi umumiy mehnatning qariyb 40 % ini tashkil etadi. Ana shu boisdan metall kesish nazariyasi qaqida fan mashinasozlik mutaxassisliklari, kasb tahlimi mutaxassisliklari uchun muhim ahamiyat kasb etib mutaxassislik predmeti sifatida oliy va o’rta maxsus tahlim tizimida o’kitiladi.

Metallarii Metallarni kesish xaqidagi fan XIX yuz yillikning ikkinchi yarmida shakllana boshladi. Metallarni kesish jarayonlarini haqiqiy ilmiy tekshirishi 1870 yilda I.A.Timening "Soprotivlenie metallov i dereva rezaniyu" kitobini nashr etilishdan boshlandi deb xulosa qilish mumkin. Bu kitob kesish jarayonining fizik asoslarini nazariy o’rganishga asos soldi. I.A.Timening nazariy xulosalari rus olimlari Malqshev (1877), P.A. Afanasev (1884), A.V.Gadolin (1888), K.A. Zvorqkin (1893), A.A. Briks (1896) tomonidan to’ldirilgan, aniqlangan va rivojlantirilgan. K.A.Zvorqkin shu fanni o’rganishga eng ko’p mehnatini sarf qilgan. Uning 1893 yilda "Rabota i usiliya, neobxodimqe dlya otdeleniya metallicheskix sturujek" kitobi nashrdan chiqib, yuqori mukofotga sazovor bo’lgan.

Eng yirik, chet el ishlaridan 1880-1906 yillarda AQSH da o’tkazilgan F.Teylor tadqiqotlari bo’lgan. Teylorning metallarni kesish va ishlab chiqarishni tashkil etish bo’yicha qilgan ishlari natijalarida hozirgi paytda ham qo’llanilayotgan, kesish maromlarini va kesish kuchlarini aniqlash uchun eksperimental formulalarni yaratdi.

XX asr boshlarida kesish kuchini o’rganish bilan bir qatorda kesuvchi asbobning turg’unligini va kesishdagi issiqlik xodisalarini tekshirish ham o’tkazilgan.

1914-1915 yillarda Petrograd politexnika institutda YA.G.Usachyov tadqiqotlari alohida ehtiborga loyiqdir. Bu tadqiqotlar metallarni kesish jarayonini o’rganishdagi yangi yo’nalishning asosi hisoblandi. Bu ishlar natijalari "Dinamometr dlya izmereniya tangensialnogo usiliya na rezes tokarnogo stanka" va "YAvleniya, proisxodyao’ie pri rezanie metallov" maqolalarida eolon qilindi.

A.Time, K.A.Zvorqkin, YA.U.Usachyov kabi olimlarning ishlari eng ko’p ko’zga ko’ringan hisoblanadi. Ular metallarni kesish mexanikasi va fizikasi asoslarini yaratishgan.

1944 yilda V.D. Kuznesovning "Fizika tverdogo tela" kitobi nashr etildi, unda birinchi bo’lib metallarning plastik deformasiyalanish qonunyatlari asosidagi kesish jarayoni tushunchasi berilgan.

Metallarni kesish haqidagi fan oldida, yangi konstruksion materiallar, zanglamas va issiqbardosh qotishmalar, sintetik materiallarni keng ko’lamda qo’llash kabi yangi prinsipial savollar turadi. Kesish jarayonini tekshirishning anoanali usullari va vositalari kuchsiz hisoblanadi. Po’latlar va cho’yanlar uchun o’rnatilgan kesish jaryonining qonuniyatlarini ko’p xollarda yangi ishlab chiqarishda qo’llana boshlagan konstruksion metallarga va ularning qotishmalariga ishlov berishda ko’llash mumkin emas. Kesish jarayonini nazariy va eksperimental o’rganishning yangi bosqichlari, yangi usul, apparatura va o’lchovchi asboblar keng qo’lamda qo’llanilishi bilan harakterlanadi. Kesuvchi asbob va buyumning qatlam yuzasini hosil bo’lishini tekshirishda rentgen qurilmalari va elektron mikroskoplar qo’llanilmoqda. Kesuvchi asbobning eyilishi va o’tmaslanishi tamgali atomlar yordamida o’rganilmoqda, issiqlik xodisalari elektron modellarda kuzatilyapti, rasional kesish maromlarini hisoblash uchun hisoblash mashinalari qo’llanilyapti.

Hozirgi kunda kesish jarayoni kinematikasining nazariy asoslari ishlab chiqildi, deformasiya tezligining harakati va ishlov beriladigan materialni soddalashtirishni hisobga oluvchi qirindini hosil bo’lish sxemalari tuzildi; metalni kesishda va uning o’zgarishi qonunyatlarida ishqalanish koeffisientining tabiati ochildi; kesuvchi asbobning o’tmaslanish nazariyasi tuzildi; yuza qatlamini hosil bo’lish mexanizmi aniqlandi; kesishdagi titrashning asosiy qonuniyatlari ochildi; kesish jarayonida harorat maydonlarini hosil bo’lishi va issiqlikning taqsimlashi o’rganildi; metallarni kesish bilan ishlov berishning nazariy asoslari qo’yildi; kesish kuchini hisoblash uchun nazariy formulalar tuzildi.

Ishlov beriladigan va asbobsozlik materiallarining doirasi borgan sari kengaymokda.YAngi konstruksion materiallarga ishlov berish usullari mukammallashtirilmokda (zanglamaydigan va issiqbardosh po’latlar va qotishmalar, sintetik materiallar va boshqalar), asbobsozlik materiallar, kesuvchi asbobni tayorlash texnalogiyalari, konstruksiyalari, charxlash usullalari mukammallashtirilmokda.

Metallarni kesish xaqidagi fanni rivojlantirishga va uni mustahkamlashga Oliy o’kuv yurtlari, ilmiy tekshirish institutlari va korxonalar xodimlari katta hissa ko’shishgan. Kesish jarayonining qonunyatlari, mutaxassislari tajribalari va yangi fan yutuklarini umumlashtirish va tarqatish fan va ishlab chiqarish xodimlari ittifoqini mustahkamlashni, metallarni kesish nazariyasini va amaliyotini muvaffaqiyatli mukammallashtirish va rivojlantirishning ishonchli kafolati hisoblanadi.

Hozirgi zamon stanoksozlik korxonalari metal kesish stanoklarining eng zamonaviy turlarini ishlab chiqarib, qo’l mehnatini kamaytirib, arzon va sifatli mashinalar ishlab chiqarish borasida talaygina ishlarni amalga oshirmokdalar. Bularga misol qilib avtomat va yarim avtomat stanoklar, sonli dastur bilan boshqariladigan stanoklar robot manipulyatorlar va ishlab chiqarish robotlari amalga oshiradigan texnalogik jarayonlar bilan tuzilgan potok liniyalarni sanab o’tish mumkin. Bularning yorqin misoli tariqasida O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan UzDEU qo’shma korxonasi, Toshkent aviasozlik birlashmasi, CHirchiq o’tga chidamli materiallar zavodi, Toshkent traktor zavodi va boshqalarni sanab o’tish mumkin.


Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling