3- ma’ruza. Ko’pxujayrali radial simmetriyali umurtqasizlarning morfologik xususiyatlari


Kovakichlilarning gavda simmetriyalari


Download 27.65 Kb.
bet2/2
Sana23.01.2023
Hajmi27.65 Kb.
#1112988
1   2
Bog'liq
3-Ma\'ruza

Kovakichlilarning gavda simmetriyalari. Kovakichlilarning gavdasini simmetriya o’qi orqali cheksiz ravishda o’tkazilishi mumkin bo’lgan chiziqlar faqat ularning lichinkalarida uchraydi. Yuqorida aytganimizdek bunday simmetriya turi monakson simmetriya deb aytgan edik. Misol uchun gidroidlar va sakkiz nurli marjonpoliplarning planula lichinkasining gavda simmetriyasini ko’rsatish mumkin.
Voyaga yetgan ayrim kovakichlilarda aniq bo’lmagan ko’p nurli simmetriya turi uchraydi. Masalan, Protohydra deb ataluvchi paypaslagichsiz gidroidida shunday.
Aksariyat gidroidlarda ma’lum sondagi simmetriya o’qiga ega bo’lgan sikli uchraydi, ya’ni simmetriya o’qining soni ulardagi paypaslagichlar soni va joylashish joyiga bog’liq bo’ladi. Masalan, Clavatella deb ataluvchi gidroidining gidrantida g’uj bo’lib joylashgan 8 ta paypaslagichiga ega. Shunga binoan unda 8 nurli radial simmetriyani hosil qiladi. Boshqa bir turida, ya’ni Cladonema da 8 ta paypaslagichlar bo’lsa ham, ularning 4 tasi kesishib oral qutbda, 4 tasi birinchi 4 taning orasidagi bazal joyda joylashgan. Shunga binoan undagi simmetriya 4 nurli simmetriyani hosil qiladi.
Gidroidlarda yoki umuman kovakichlilarda 3 nurli, 5 nurli simmetriya juda ham ko’p uchraydi. Ushbu holat shu hayvonlar uchun xos belgi deb hisoblanmaydi. Faqat istisno sifatida bo’lishi mumkin.
Gidroidlarning gidromeduzalar deb ataluvchi guruhi vakillari ma’lum sondagi aniq nurli simmetriyaga egadir. Ushbu son ularda mavjud bo’lgan radial kanallarning soniga bog’liqdir. Masalan, Solmaris degan gidromeduza 24 nurli simmetriyaga ega yoki narkomeduzalarda nurlar soni 64 ta, 8 ta, 6 ta va 2 ta ham bo’lishi mumkin. Aksariyat gidromeduzalarda (masalan, Leptolida) 4 nurli simmetriya shakli ustunlik qiladi, chunki ulardagi radial shakllar 4 ta shunga binoan gonadalari ham 4 ta, qirg’oq tanachalari va paypaslagichida ham 4 ta bo’ladi.
Yuqori taraqqiy etgan ssifomeduzalarda ma’lum bir turg’un sondagi radial simmetriya uchraydi. Ularning asosiy ko’pchiligida 4 nurli simmetriya shakli uchraydi. Ushbu shaklni Discomedusae Peromedusae deb ataluvchi turkum vakillarida ko’rish mumkin, chunki ularda 4 nurli simmetriya aniq ifodalangan, ya’ni gavda shakli soyabonsimon, 4 ta ropaliya, 4 ta paypaslagich (g’uj bo’lib 4 ta paypaslagichlar to’plami) va 4 juft gonadalardan iborat.
Ssifomeduzalarning diskomeduza turkumining anchagina turlarida rapaliyalar, paypaslagichlar va kanallar 8 soni uch, besh, yetti va sakkiz karra oshib borishi mumkin. Masalan, Kuragea meduzasida ropaliyalar 8 ta, paypaslagichlar 8 x 7=56 ta, qirg’oqtanachalari 8 x 8 = 64 ta, radial kanallar 8 x 2 = 16 ta.
Marjonpoliplarning ham nurli simmetriya belgisi turli tumandir. Lekin ushbu nurli simmetriya ssifomeduzalarnikiga nisbatan kamroq taraqqiy etgan. Ulardagi nurli simmetriya birinchi navbatda gavda shakli hamda paypaslagichlarining joylashuvida namoyon bo’ladi, lekin ichki tuzilishini tahlil qiladigan bo’lsak, ikki tomonlama simmetriya alomatlari ko’zga tashlanadi.
Hozirgi zamon marjonpoliplari orasida olti nurlilar kenja sinfi vakillarida nurli simmetriya aniq ifodalangan. Olti nurli poliplarning gavda shakli silindrsimon, gavdani pastki asosi yassilashgan uning qarama-qarshi yuqori qutbida og’iz oldi diskasida paypaslagichlar tutami, uning o’rtasida esa tirqishsimon og’iz joylashgan. Vakil Aktinia rondeliti - Aktiniya
Aktiniyaning gavda shakli va paypaslagichlarini joylashishi uning ko’p nurli simmetriyali ekanligini ko’rsatadi, lekin tirqishsimon og’iz ushbu simmetriyani ikki nurli simmetriyaga o’xshatib qo’yadi. Og’izdan ichkariga tushib borgan sayin yassi tomoq nayining ikki cheti ham ushbu belgini tasdiqlaydi. Lekin ichakning tuzilishi, undagi mezenteral iplar muskulli to’siqlar juft - juft bo’lib joylashganligini (6 juftdan bo’lib joylashadi), 6 ta radial kamera (cho’ntak) larning bo’lishi, shu hayvonlarni ko’p nurli simmetriyali ekanligini tasdiqlaydi
Download 27.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling