3- ma’ruza ruda konlarini ochish ruda konlarini tayyorlash reja: Konning yillik unumdorligi


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/24
Sana12.09.2023
Hajmi4 Mb.
#1676096
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
3- ma’ruza ruda konlarini ochish ruda konlarini tayyorlash reja



3- MA’RUZA 

RUDA KONLARINI OCHISH RUDA KONLARINI TAYYORLASH
 
Reja: 
1. Konning yillik unumdorligi 
2. Kon ishlarining er yuzasi holatiga ta’siri 
3. Ochuvchi lahimlar 
4. Stvollar joylashuvi joylarini tanlash 
5. Ruda konlarini ochishning sxemasi va navbati (ketma-ketligi) 
6. Qazishning dastlabki chuqurligi va stvollar chuqurlashuvi odimi 
7. Stvol oldi qo‘rasi 
 
Ochish – yuzadan butun konga yoki uning bir qismiga kirishni ta’minlovchi 
va tayyorlov lahimlarini o‘tkazish imkoniyatini beruvchi kon lahimlarining 
kompleksini o‘tkazish. 
Asosiy ochuvchi kon lahimlari ko‘ndalang kesimining soni va maydoni
asosan, konning yillik ishlab chiqarish quvvatiga (unumdorligiga) bog‘liq, 
ularning joylashuv joyi esa, ko‘pincha, kon ishlarining qazilayotgan kon 
ustidagi er yuzasi holatiga ta’sir etish zonasi o‘lchamlari bilan aniqlanadi. 
1. Konning yillik unumdorligi 
Konning yillik unumdorligi yillik qazib olinadigan rudali massa miqdori 
bilan belgilanadi. Uning miqdori kondagi rudaning sanoat zaxiralarini, qazish 
sharoitlarini va ichki va tashqi bozorda xom ashyoning ushbu turiga bo‘lgan 
talabni hisobga olgan holda belgilanadi. 
Konning yillik iqtisodiy maqsadga muvofiq unumd orligida konni 
qazishning eng yuqori samaradorligiga erishiladi. Kam samaradorlikda ruda 
qazib olishga xarajatlar ortadi, chunki bu sharoitlarda quvvatli yuqori 
unumdorli texnikani qo‘llash qiyindir. Agar konning yillik unumdorligi oshib 
ketsa, unda uni qurishga xarajatlar rudaning shu zaxiralarida oshadi.
Biroq, 
mineral 
xom 
ashyoning 
davlat 
miqyosida 
zaxiralari 
chegaralangan ushbu turiga talab yuqori bo‘lganda, konning yillik unumdorligi 
iqtisodiy maqsadga muvofiqlikdan emas, balki eng yuqori darajada mumkin 
bo‘lgandan (kon imkoniyatlari bo‘yicha unumdorlik) qabul qilinishi mumkin.
Konning yillik unumdorligi uning amalda bo‘lish muddatini, ya’ni, kon qazib 
olinishi mumkin bo‘lgan vaqtni belgilaydi. Hozirgi me’yoriyliklarga muvofiq, 
konning eng oz amal qilish muddati quyidagini tashkil etadi: 500-1000 ming. 
t/yil unumdorlikda 15 yil; 1-3 mln. t/yil unumdorlikda 20 yil; 3-5 mln. t/yil 
unumdorlikda 25 yil; 5-7 mln. t/yil unumdorlikda 30 yil va 7-10 mln. t/yil 
unumdorlikda 35-60 yil. 

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling