Ma'ruza № konchilik ishlari texnologiyasi. Foydali qazilma konlarini yer osti usulida qazib olish


Download 201.5 Kb.
bet1/5
Sana08.05.2023
Hajmi201.5 Kb.
#1443311
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Ma'ruza № 9.

Ma'ruza № 9. KONCHILIK ISHLARI TEXNOLOGIYASI. FOYDALI QAZILMA KONLARINI YER OSTI USULIDA QAZIB OLISH.



Reja:

  1. Foydali qazilma konlarini yer osti usulida qazib olish va kon laximlari..

  2. Vertikal kon laximlari..

  3. Gorizontal kon laximlari.

  4. Qiya kon laximlari.





Tayanch iboralar: . kon ishlari, kon laximlari, konlarni qazib chiharish, konni ochish, shaxta maydonini qazishga tayyorlash, foydali qazilmani qazib olish.


Foydali qazilma konlarini yer osti usulida qazib olish va kon laximlari.
Foydali qazilmalardan turli maqsadlarda foydalanish faqat ular massivdan ajratib olinib yer yuziga chiqarib berilgandan so’nggina amalga oshirilishi mumkin.
Foydali qazilmalarni qazishga tayyorlash, massivdan ajratib olish, tashish, yer yuziga chiqarish va boshqa jarayonlar bilan bog’liq bo’lgan ishlar majmui – kon ishlari deyiladi.
Yer qobig’ida konishlarini olib borish natijasida foydali qazilma tanasi va kon jinslari orasida sun'iy bo’shliqlar hosil bo’ladi. Bu bo’shliqlar kon laximlari deb yuritiladi. Kon laximlari bajaradigan vazifalariga ko’ra razvedka va kon qazish (ekspluatatsion) laximlarga ajratiladi.
Konlarni qazib chiharish 3 ta boshichdan tashkil topadi: konni ochish, shaxta maydonini qazishga tayyorlash va bevosita foydali qazilmani qazib olish. Shunga ko’ra ekspluatatsion kon laximlari ham uchga, ya'ni kapital (kon ochuvchi), kon tayyorlov (zahirani bir qismini qazishga tayyorlovchi) va qazish (foydali qazilmani bevosita qazib olishga tegishli) lahimlarga bo’linadi.
O’tilgan joyga nisbatan kon laximlari ochiq va yer osti kon laximlariga ajraladi. Ochiq kon laximlari yer yuzida, yer osti laximlari esa – kon jinslari orasida barpo etiladi. Yer qobig’ida joylashishi bo’yicha kon laximlari vertikal, gorizontal va qiya bo’lishi mumkin. Ular bevosita yer yuzi bilan tutashgan va tutashmagan bo’lishi mumkin.

Download 201.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling