Ma'ruza № konchilik ishlari texnologiyasi. Foydali qazilma konlarini yer osti usulida qazib olish
Download 201.5 Kb.
|
Ma'ruza № 9.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shtolnya
9.1 – rasm. Yer osti kon laximlari.
1 – stvol, 2 – ko’r stvol, 3 – ko’tarilma, 4 – shtolnya, 5 -kvershlag, 6 – shtrek, 7 – ort, 8 – rudatushirgich, 9 – spiralsimon o’tish yo’lagi, 10 – shurf, 11 – stvolatrofi maydoni, 12 – kopyor, Gorizontal kon laximlari. Shtolnyalar, kvershlaglar, shtreklar, proseklar, ortlar va tonnellar gorizontal kon lahimlari bo’lib, ularning ba'zilari konni ochuvchi, ba'zilari esa, konni qazishga tayyorlovchi laximlar hisoblanadi. Shtolnya – bevosita yer yuzi bilan tutashadigan gorizontal kon laximi. Shtolnya konlarni razvedka qilish yoki foydali qazilma yotqizihini ochish mahsadida barpo etiladi. Tonnel – har ikki tomoni yer yuzi bilan bevosita tutashadigan yer osti gorizontal kon laximi bo’lib, asosan, transport ishlarini bajarishga xizmat qiladi. Kvershlag – kon yotqiziqlari (qatlamlari) cho’ziqligiga perpendikulyar o’tkaziladigan, yer yo’zi bilan bevosita tutashmaydigan gorizontal kon laximi. Kvershlaglar odatda, ochuvchi kon laximlari sirasiga kiradi va qazib olingan foydali qazilmalarni, materiallarni, ishchilarni, uskunalarni tashish bilan bir qatorda shaxtani shamollatish ishlariga xizmat qiladi. Shtrek – yer yuzi bilan bevosita tutashmaydigan gorizontal kon laximi bo’lib, shaxta maydonidagi foydali qazilma zahirasining bir qismini qazishga tayyorlash uchun barpo etiladi. Shtreklar kon yotqizig’i qiya joylashgan bo’lsa, u holda faqat yotqiziq (qatlam) cho’zig’lig’i bo’yicha, gorizontal joylashgan bo’lsa, istalgan yo’nalishda o’tilishi mumkin. Shtreklar bajaradigan vazifalariga nisbatan bosh, oraliq, tashish, shamollatsh, konveyer va boshqa nomlar bilan yuritiladi. Prosek – yer yuzi bilan bevosita tutashmaydigan, shtrekka parallel o’tiladigan gorizontal kon laximi. Prosek shtrekni o’tish davrida uni shamollatish va kesma ishlarini bajarish maqsadida o’tiladi. Download 201.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling