Ma'ruza № konchilik ishlari texnologiyasi. Foydali qazilma konlarini yer osti usulida qazib olish
– rasm. O’ziyurar uskuna yordamida gorizontal kon laximlarini o’tish sxemasi
Download 201.5 Kb.
|
Ma'ruza № 9.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qiya kon laximlari.
- Sirpanma (skat
9.2 – rasm. O’ziyurar uskuna yordamida gorizontal kon laximlarini o’tish sxemasi
a – shpurlarni burgulash va mustaxkamlagichni o’rnatish. b – maydalangan tog’ jinsini qazib yullash. 1 – burg’ulash uskunasi; 2 – mustaxkamlagich; 3 – maydalangan tog’ jinsi; 4 – yuklovchi mashina. Ort – qalin ko’mir qatlamlari yoki ruda yotqiziqlarining gorizontal qalinligi bo’yicha o’tiladigan gorizontal kon laximi. Tutashtirma – bir –biriga yaqin joylashgan qiya laximlarini o’zaro tutashtiruvchi gorizontal kon laximi. Gorizontal kon laximlari ko’ndalang kesim yuzi to’g’ri to’rtburchak, trapetsiyasimon, qiyiq burchakli, gumbazsimon, aylana va boshqa shakllarda bo’lishi mumkin. Qiya kon laximlari. Qiya kon laximlari bevosita yer yuzi bilan tutashishi va tutashmasligi mumkin. Bevosita yer yuzi bilan tutashadigan qiya konlarni qiya shurf, qiya stvol, qiya shtolnya kabi laximlar tashkil qiladi. Bu qiya laximlar konni ochuvchi kapital laximlar bo’lib, konni ochuvchi vertikal laximlar orqali bajariladigan barcha ishlarni bajarishga xizmat qiladi. Bremsberglar, uklonlar, sirpanmalar, yo’laklar va pechlar yer yuzi bilan bevosita tutashmaydigan qiya kon laximlaridir. Bremsberg - yer yuzi bilan tutashmaydigan qiya kon laximi, mexanik qurilmalar yordamida yuqori gorizontdan qazib olingan foydali qazilmani pastki gorizontga tushirishga xizmat qiladi. Uklon – yer yuzi bilan bevosita tutashmaydigan qiya kon laximi. Pastki gorizontdan qazib olingan foydali qazilmani yuqori gorizontga mexanik uskunalar yordamida chiqarib berishga xizmat qiladi. Sirpanma (skat) – yer yuzi bilan bevosita tutashmaydigan qiya kon laximi. Yuqori gorizontdan qazib olingan foydali qazilmani pastki gorizontga o’z og’irlik kuchi ta'sirida tushirishga xizmat qiladi. Yo’lak – yer yuzi bilan bevosita tutashmaydigan, bremsberg yoki uklonning bir tomoni yoki har ikki tomonidan ularga parallel o’tiladigan qiya kon laximi. Yo’laklar odamlar yurishi, materiallarni tashish, shaxtani shamollatish va boshqa yordamchi ishlarni bajarishga xizmat qiladi. Pech – yer yuzi bilan bevosita tutashmaydigan qiya kon laximi. Pechlar, odatda foydali qazilma qatlami bo’ylab, uning qalinligi orasidan o’tiladi. Ular odamlar yurishi, uskuna va materiallarni tashish va boshqa yordamchi ishlar uchun xizmat qiladi. Download 201.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling