3- mavzu. Amaliy mashg’ulot


Bemor soqol mo’ylovlarini olish


Download 347.68 Kb.
bet11/28
Sana05.01.2022
Hajmi347.68 Kb.
#216664
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28
Bog'liq
3 mavzu Bemor gigienasi.

Bemor soqol mo’ylovlarini olish.

Makrad: kosmetik samara, emotsional qulaylikni yaratish.

Tayyorgarlik: bemorga muolajaning moxiyatini tushuntirish.

Jixozlar: elektr sokol olgich bo’lmaganda — suv uchun idish, kompress uchun salfetka, sochiq, xavfsiz ustara (bir marotaba ishlatiladigan), soqol olish uchun krem, uni soqolga surish uchun cho’tkacha. Bemorning xolati yarim utirgan xolda bo’ladi.

O’rindan turmay yotadigan rejimdagi bemorlarga ertalabki yuvinish uchun tushagi oldiga iliq suv va toforacha tutiladi. Ular talabalar yordamida avval qulini, sungra yuzi, buyni va qulohlarini, qultiq sohasini, chov burmalarini, sut bezlari ostidagi burmalarni, ayniqsa ko’p terlaydigan va semiz bemorlarda qunt bilan yuvadilar, aks holda teri burmalarida bichilishlar hosil bo’ladi.

Jinsiy organlar va orqachiqaruv yo’li sohasi ayniqsa hunt bilan parvarishlashni talab etadi. Yuradigan bemorlar shu maqsadda suv oqimi vertikal boltan maxsus unitazlardan foydalanishadi yoki boshqa usulda ostini yuvadilar, yotgan bemorlarning ostini esa sutkasiga kamida 1 marta yuviladi. Bunda bemor chanogi tagiga kleyonka yoziladi. Tagga qo’yiladigan sudno tuti­ladi va tizzalarni bukib, oyoqlarni bir oz kerish taklif qilinadi. Oraliqqa quygichdan ilik; suv yoki kuchsiz kaliy permanganat eritmasi yunaltiriladi. Sungra korntsang bilan qisib olingan steril paxta pilik bilan jinsiy organlardan orqa chiqaruv yo’liga tomon bir necha harakatlar qilinadi. Boshqa paxta pilikchasi bilan oraliqni quritiladi.

Etib kolgan bemorlarda yotoq yaralar paydo bo’lishi ularni yaxshi parvarish qilmaslik oqibatidir. Yotoq yara yuza yoki chuqur yara bo’lib, qon aylanishiping bo’zilishi va to’qimalarning jonsizlanishi natijasida hosil bo’ladi. Ularning paydo bo’lishiga notekis, noqulay solingan, kamdan-kam yig’ib qayta yoziladigan, burmalari va ovqat ushoqlari bo’lgano’rinbosh sabab bo’ladi, ko’ylak va choyshablardagi yamoqlar, og’ir ahvoldagi bemorlarda badan terisining najas va siydik bilan tez-tez ifloslanib turishi sababli bichilishi shunday yaralar paydo bo’lishiga olib keladi. yotoq yaralar aksariyat dumgaza, ko’raklar, dum suyagi, oyoq panjasi, ensa, quymich dumboqlari singari suyak dumboqlari bo’lgan va yumshoqto’qimalar o’rinboshda bosiladigan sohalarda vujudga keladi. yotoq yaralar paydo bo’lish jihatidan xavfli sohalar kamfara spirti, odekolon yoki 25% li nashatir spirti bilan ho’llangan steril doka salfetka bilan sutkasiga kamida 1 marta ishqab artiladi, yengil massaj qilinadi. Monelik qiladigan hollar bo’lmasa, bemorning o’rindagi vaziyatini vaqti-vaqti bilan o’zgartirib turiladi. Eng ko’p bosiladigan joylar tagiga mato uralgan rezina chambar qo’yiladi. Terining qizargan sohalariga (yotoh yara hosil bo’lishining darakchilari) 5—10% li kaliy permanganat eritmasi yoki 1% li brilliant yashilining spirtdagi eritmasini sutkasiga 1-2 marta surtiladi. Bunda xosil bo’ladigan zich qatlam nekrozlangan uchastkalarni infektsiya tushishdan va namlanishdan ximoyaqiladi. Vrach ko’rsatmasi bilak Vishnevskiy malkami surtilgan boglam qo’yiladi, u bitish jarayonlarini tezlashtiradi.

Bemorning soch tirnoqlarini parvarish qilish. Boshni 7—10 kunda iliq suv bilan sovunlab yuviladi, sungra sochlari quruqqilib artiladi va taraladi. Sochni metalldan yasalgan taroqlar bilan taramaslik kerak, chunki ular bosh terisini ta’sirlantiradi. Uzun sochlarni qism-baqism taraladi. Taroqlarni hamisha toza to’tish: natriy gidrokarbonatning issiq2% li eritmasida yuvish va vaqti-vaqtida etil spirti, sirka bi­lan artib turish kerak. Ko’l va oyoqlardagi tirnoqlar- muntazam oldirib (qirqib) turiladi.

Bemor og’iz bushligini parvarish kilish qoidalari. Og’iz shilliq pardasida va tishlarda hosil bo’ladigan karash, shuningdek ovqatqoldiqlari tish cho’tkasi yoki steril doka salfetka bilan kechqurun va ertalab mexanik tozalab turiladi. Tish cho’tkasini tish oraliklari ii ovqatqoldiqlaridan va tishlarning o’zini karashdan tozalash uchun tishlar uqi buylab: yuqori jagda — yuqoridan pastga va pastki jagda — pastdan yuqoriga tomon yurgiziladi. Sungra tish cho’tkasini iliq toza suv bilan sovunlab yuviladi, sovun surtib, keyingi gal foydalanishga qadar qoldiriladi. Qattih ovqatni chaynashda og’iz bo’shlig’ining o’z-o’zidan tozalanishi yuz beradi. Og’ir axvoldagi bemorlarda bu jarayon bo’ziladi. Og’izbo’shlig’ini parvarish qilish tish cho’tkasidan foydalanishda shilliq parda shikastlanishining oldini olish, uni ishqalash, yuvish yoki chayishdan iborat.

Tishlar va til 2% li natriy gidrokarbonat eritmasi, 3% li vodorod peroksid eritmasi, kuchsiz kaliy permanganat eritmasi, fiziologik eritmaga ho’llangan doka yoki paxta pilikchali pintset yordamida artiladi. Har bir tishni alohida-alohida, ayniqsa buyin qismini qunt bilan artiladi. Yuqori jar tishlarni artish uchun lunj shilliq pardasida orqa jar tishlar sathida joylashgan quloq oldi bezining chiqaruv yo’liga infektsiya tushishining oldini olish uchun lunjni shpatelg’ bilan obdan tortib turish lozim.

Og’ir axvoldagi bemorlarda og’iz bo’shliqini har galovqatlangandan sung rezina ballon yordamida yuviladi. Bunnng uchun og’izni artishda ishlatilgan dori eritmalaridan foydalaniladi. Suyuqlikning nafas yo’llariga tushishi uchun bemorni boshini bir oz engashtirib utqaziladi. Buyni va kuksini kleyonka fartuk bilan bekitiladi, iyagiga esa buyraksimon togorachani to’tib turiladi. Og’iz burchagini shpatelg’ bilan tortib turiladi va urtacha bosimdagi suyuqlik oqimi bilan avvallabburmalarini, sungra esa og’iz bushligining o’zini yuviladih

Burun, quloqlar va ko’zlarni parvarish qilish. Burun bo’shlig’i ajralmalaridan nafas olishni qiyinlashtiradigan qatqaloqlar hosil bo’ladi. Ularni tozalash uchun; vazelin moyi surtilgan doka pilikcha kiritiladi va3 minut utgach qatqaloqlar aylanma harakatlar bilan chiqariladi. Bolada burun yo’llarini paxta pilikcha bilan tozalanadi.

Quloqlarni parvarish qilish ularni iliq suv bilan sovunlab yuvish va tashqi eshituv yo’lini quloq serasi (kiri)dan paxta pilikcha yordamida ehtiyotlik bilan tozalashdan iborat.

Agar ko’zdagi ajralmalar kiprik va qovoqlarni yopishtiradigan bo’lsa, kuzni yuvish talab etiladi. Buning uchun borat kislotaning 2% li eritmasi, fiziologik eritma, sovitilgan qaynagan suv ishlagiladi. Kuzni shisha idish — undinka, pipetka, xullangan steril doka shilikcha yordamida yuviladi. Muolajadan oldin vazelin surtilgan termometrii kiritish lo­zim. Harorat ulchangandan sung termometr yuviladi va dezinfektsiya qilinadi.



haroratni kuniga 2 marta: ertalab soat 6 va 7 orasida va kechqurun soat 17 va 18 orasida ulchanadi. Olingan mag’lumotlar temperatura varaqasiga yozib quyiladi.

Pulg’s chastotasini aniqlash. Pulg’s —yurak devorlarining turtkisimon tebranishlaridir. Bilak arteriyasida, pulg’sni aniqlash uchun tekshiruvchi qo’lining 2—4- barmoqlari bilan pastki qismining ichki yuzasiga (arteriya joylashgan joyga) qo’yadi va uni bilak suyagiga ohista bosadi, bosh barmogini tekshirilayotgan odam qo’li panjasining tashqi yuzasiga quyadi. Ung quldagi pulg’sni chap qul bilan, chap quldagini ung qul bilan tekshiradi. Odatda pulg’s 1 minut yoki 30 s mobaynida sanaladi, keyingi xolda natijani2 ga ko’paytiriladi.

Katta yoshdagi sog’lomodamda tinch turganda pulg’s chastotasi 1 minutda 60—80 qisqario’lar atrofida bo’ladi. Yangi turilgan bolalarda pulg’s chastotasi 130— 140. Kasalliklarda pulg’s chastotasi uzgarishi mumkin.

Nafas chastotasini aniqlash. Katta yoshdagi soglom -odamda nafas harakatlari chastotasi minutiga 16—20 ga teng, bunda ayollar erkaklarga nisbatan 2—4 marta ortiq nafas oladi. CHatsalots bolalarda nafas chastotasi minutiga 40—60 marta.



Nafas xarakatlari chastotasi yurak qisqarishlari chastotasiga 1:4 singari nisbatda bo’ladi. Bemor nafasini o’ziga sezdirmay kuzatiladi. Uni kukrak qafasi harakatini kuzatib, aniqlash qulay (nafasning «kukrak» tipi ayollarda, «qorin»tipi erkaklarda ko’proq ifoda langan). Kasalliklarda nafas olish bo’ziladi. Nafas chastotasi, chuqurligi va ritmi uzgarishi xavo yetishmasligi sezgisini vujudga keltiradi, bunga nafas qisishi deyiladi. Bemorning nafasi qisayotganda yostiq, bolish, bosh tomoni ko’tariladigan funktsional karavot yordamida qaddini baland vaziyatda yotqizish, kukrak qafasini qisayotgan kiyimlardan xoliqilish, xonani shamollatish yo’li bilan sof havo kirishiga imkon yaratish, kislorod berish, nafas qisishi kuchayganda vrachga xabar qilish lozim.

  1. Bemor ajratmalarini tekshirish natijalari ko’p jihatdan ularning tug’ri yigilganiga va laboratoriyaga keltirilganiga bog’liq.


Download 347.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling