Bemorning me’da-ichak sistemasini rentgenologik tekshiruvga tayyorlash
Bunga rentgenokontrast moddalarning qizilo’ngach, meoda, o’n ikki barmoq ichak, ingichka va yo’g’on ichaklar orqali yuborib rentgenologik tekshiruvdan o’tkazish kiradi. Bu tekshirishlar bemorning meoda va ichagini axlat va yeldan xalos qilishga qaratilgan maxsus tayyorgarlikdan keyin amalga oshiriladi. Bemor tekshiruv arafasida dag’al ovqat (qora non, kartoshka, bodom, o’rik va boshqalar) yemasligi kerak. Kechqurun va tekshirish kuni ertalab ichakni tozalash maqsadida tozalovchi huqna (klizma) qilinishi kerak. Tekshirish arafasida va shu kuni ichakda yel hosil bo’lishi (meteorizm)ning oldini olish uchun surgi dori berilmaydi. Meodada ko’p suyuklik yig’ilib qolganda uni bir necha kun davomida yuvib borish kerak. Ichilgan kontrast (dori) moddalar odatda yo’g’on ichakka bir kecha-kunduzdan keyin o’tadi va shuning uchun uni xuqna qilmasdan tekshirish kerak.
Agar bemor tekshirishga yaxshi tayyorlangan bo’lsa, rentgenologik metod diagnostika uchun qimmatli maolumotlar beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |